1-MAVZU. YO‘LLARNI YUZAGA KELISHI
R E J A
1So‘qmoqlardan yo‘llarni yuzaga kelishi.
2Qadimgi savdo yo‘llari. Harbiy yo‘llar.
3.Davlatni boshqarish uchun yo‘llar.
4.SHahar ko‘chalarining tarmoqlari.
Tayanch so‘z va iboralar: So‘qmoq, yo‘llar, g‘o‘la, qoplama, hayvonlarni harakati uchun so‘qmoqlar, savdo yo‘llari, shahar ko‘chalari.
So‘qmoqlardan yo‘llarni yuzaga kelishi.
Insoniyat tarixida yo‘l qurilishining boshlanishi deb bir yo‘ldan ko‘p marta o‘tish oqibatida yo‘lni ongli ravishda jihozlash ishlarini bajarilishi tushuniladi. “Insonga nisbatan yo‘llar avvalroq paydo bo‘lgan” degan noto‘g‘ri tushuncha talqin qilinib kelingan. Bunda odamlarning hayvonlarni suv ichish joylariga yoki mavsumiy ko‘chish joylariga ko‘chish jarayoni uchun solingan so‘qmoq yo‘llardan foydalanishi tushuniladi. Mavjud yo‘lllardan foydalanish va kerakli yo‘nalish bo‘yicha aqlan joylashtirilgan yo‘llar orasidagi qat’iy chegarani ajratishni eslatib o‘tish mumkin.
Ibtidoiy-jamoa tuzumining oxiriga kelib odamlarning so‘qmoq yo‘llardan yurishini yo‘llarning paydo bo‘lishi deb hisoblasa bo‘ladi. Yo‘llarning paydo bo‘lishini amerikalik olim L.G.Morgan (1818-1881) tasniflashi bo‘yicha “Yovvoyilikning yuqori pog‘onasi” boshlanganda, ya’ni oddiy dehqonchilik va chorvachilik hamda o‘tror aholining paydo bo‘lishidan deb hisoblasa bo‘ladi.
Odamlar guruh bo‘lib turli maqsadlarda ovlarga borishganda o‘zlariga qulay bo‘lgan joylardan harakatlanishgan, asosan bu joylar daryolar bo‘ylab bo‘lgan,chunki undan pastki joylarda botqoqlik bo‘lib bu joylardan o‘tish qiyin bo‘lgan. Bir izdan ko‘p marta o‘tish natijasida so‘qmoqlar paydo bo‘lgan, ular birinchi navbatda aholi yashash joylaridan chiqishda, kechuvlarga boradigan joylardan yoki ko‘p yiqilgan daraxtzorlardan suv oqovalarini odamlar kechib o‘tadigan joylardandir.
Bu so‘qmoqlarda harakatlanishda ularga turli xil yuklar bilan qaytishlarida harakatlariga halaqit berganliklari uchun yo‘llarida uchragan toshlar va yiqilgan daraxtlarni yoki ularni shoxlarini olib tashlab, o‘ljani olib o‘tish uchun moslashtirilgan. K-harbiy ikki aravali (Jazoir sahrosidagi Tassilin-Adjer tekisligida (plato). Eramizdan oldingi 1 ming yillik; b-to‘rt g‘ildirakli hayvon qo‘shilgan arava va ot qo‘shilgan ikki g‘ildirakli arava (Kiruna, Shvetsiya XV eramizdan avval).
Dastlab ot aravalar bir o‘qli harbiy g‘ildirak, bayram tantanalarida yurish g‘ildiraklari va dafn marosimlarida foydalanish g‘ildiraklari sifatida qo‘llanilgan. Ko‘chmanchi qabilalar tomonidan cho‘l xududlarida transport maqsadida hayvonlardan foydalanish boshlangan, bunda mahalliy er sharoitida yurish uchun to‘sqinlik bo‘lmagan. Ot-aravalarda yuklarni tashish birmuncha kechroq, o‘troq dehqonchilik qilish davrida boshlangan.
Qo‘shni qabilalar bilan harbiy nizolar qo‘shni xalqlarni qaram qilib olish maqsadidagi urushlarga aylanib ketgan.
Qurol kuchi bilan ushlab turuvchi quldorlik davlati rahbarlarining oldida ikki masala turardi:
Eng qadimiy g‘ildirakli tashuvchi arava Maxenjodaro (Pokiston)da qazish ishlarida topilgan. U taxminan eramizdan 4000 yil avvalgi davrga ta’luqli. 1949 yilda SSSRda g‘ildirakli tashuvchi (arava)larning qoldig‘i topilgan bo‘lib, u eramizdagi 3000 yil avvalgi davrga to‘g‘ri keladigan bo‘lib Dnepropetrovekga yaqin Dnepr sohilidagi “Ctrojevaya mogila” qo‘rg‘onidadir.
O‘zbekistonda S.P.Tolstov ekspeditsiyasi aeroqurilishlar usulini qo‘llab X-XI asrlarga ta’luqli “Xorazmshoh podsho” yo‘lini aniqladi 4-rasm. Bu yo‘l Urganchdan chiqib Janubiy EMbe orqali Ural va Volga daryolariga chiqqan. Karvonsaroy va quduqlar karvonning bir kunlik yo‘li 25 km masofada o‘zaro joylashishgan. Karvonsaroylarning arxitekturasida kesilgan toshlarning va burchaklarida dekorativ ishlov berilgan xom-ashyolarning bo‘lishi Xorazmning Volga bo‘yicha qiziqishidan dalolat beradi.
2-mavzu. QADIMGI YO‘LLAR VA ULARNING TUZILISHI
R E J A
1Qadimgi Rimning yo‘l tarmog‘i va ulardagi yo‘l to‘shamasi konstruksiyalari.
2Tonnellar va ko‘priklar.
3Qadimgi Markaziy va Janubiy Amerika davlatlari yo‘llari.
Do'stlaringiz bilan baham: |