Tayanch so‘z



Download 256 Kb.
bet9/58
Sana16.03.2022
Hajmi256 Kb.
#496269
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58
Bog'liq
ma\'ruza

O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari. O‘zbekiston mustaqillikka erishgan ilk yillaridan diniy sohaga o‘zbek xalqi­ ning milliy ma’naviyatining ajralmas qismi sifatida alohida e’ti­ bor qaratildi. 1992­yil 2­iyul kuni Oliy Kengashning X sessiyasi­ da O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov quyidagi muhim fikrlarni bayon etgan: «Din odamzodni hech qachon yo­ mon yo‘lga boshlamaydi. Din bu dunyoning o‘tkinchi ekanini, oxiratni eslatib turadi, odam bolasini hushyor bo‘lishga, harom yo‘llardan uzoq yurishga, yaxshi bo‘lishga, yaxshi iz qoldirish­ ga undab turadi. Biz dinga bundan keyin ham barcha shart­sha­ roitlarni yaratib beramiz. Diniy rasm­rusumlarga, bayramlarga, diniy tarbiya va ta’limga yurtimizda doimo jiddiy e’tibor berila­ di». Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekistonda davlat va din munosa­ batlari quyidagi tamoyillar asosida olib borilmoqda:

    • dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish;

    • diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;

    • diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolat­ lash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik;

    • ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foy­ dalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash zarurati;

    • dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikni e’tirof etish.

Mustaqillik yillari dinning huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati­ da tutadigan o‘rni va mavqeyi aniq belgilanib, bu sohada mustah­ kam qonunchilik poydevori yaratildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida «diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun ol­ dida tengdirlar», degan demokratik tamoyil mustahkamlab qo‘yil­ gan. Fuqarolar millati, irqi va dinidan qat’i nazar, teng huquqli ekanligi belgilanib, ularning vijdon erkinligi, urf­odatlari, milliy an’analari hurmat qilinishi kafolatlangan.


«Agar biz adolatli davlat, erkin jamiyat qurmoqchi bo‘lsak, bu oliyjanob maqsadni amalga oshirish yo‘llari ming yillik diniy aqida- lar bilan mushtarak ekanligini yodda tutishimiz lozim. Bu muqad- das maqsad yo‘lida, kerak bo‘lsa, jon fido qilish zarur deganimiz- da, aynan adolatli davlat va dinning ildizlari mushtarak ekanligini unutmaylik. Ana shunda, o‘ylaymanki, Yaratganning o‘zi bizning bar- cha xayrli ishlarimizga madadkor bo‘ladi, sabr-toqat va kuch-quvvat bag‘ishlaydi».
Islom Karimov

Ushbu konstitutsiyaviy qoida 1998­yil 1­may kuni qabul qilingan yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilot­ lar to‘g‘risida»gi Qonunning 5­moddasida ham o‘z ifodasini topgan. Qonunda tarixiy, madaniy, ijtimoiy omillarni hisobga olin­ gan holda davlat va diniy tashkilotlar orasidagi munosabatlar belgilangan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida din davlat­ dan ajratilgan. Hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalari­ ga nisbatan biron­bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


Davlat turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va ularga e’tiqod qilmay­ digan fuqarolar, har xil e’tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi, mutaassiblik va ekstremizm asosida diniy munosabatlarni keskin­ lashtirishga, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti­harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi. Muayyan dinga e’tiqod qiluvchilarni boshqasiga kiritishga qaratilgan prozelitizm va missionerlik faoliyati qonunan man etiladi.
Sekulyarizatsiya tamoyillariga asoslangan holda davlat diniy tashkilotlar zimmasiga o‘zining hech qanday vazifasini bajarishni yuklamaydi, ularning qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan faoliyati­ ga aralashmaydi hamda hech qaysi diniy tashkilotning faoliyatini yoki dahriylik targ‘ibotiga oid faoliyatni mablag‘ bilan ta’minla­ maydi. O‘z navbatida, diniy tashkilotlar hech qanday davlat va­ zifalarini bajarmaydi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillariga diniy omil asosida tazyiq o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Yashirin diniy faoliyat taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari diniy mohiyatdagi siyosiy partiya va jamoat harakati hamda respublikadan tashqarida tu­ zilgan diniy partiyalarning filiallari va bo‘limlarini tuzish, ter­ rorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklasha­ digan boshqa g‘arazli maqsadlarni ko‘zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalarning faoliyatini man etadi. Shuningdek, dindan davlat va jamiyatga qarshi targ‘ibot olib borishda, dinlar va mil­ latlararo adovat uyg‘otish, ijtimoiy barqarorlikni izdan chiqarish, aholi o‘rtasida vahima uyg‘otish hamda davlat, jamiyat va shaxs­ ga qarshi qaratilgan boshqa xatti­harakatlarda foydalanishga as­ lo yo‘l qo‘yilmaydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning sohadagi keyingi yirik ta­ shabbuslaridan biri 2017­yilning 14­fevral kuni «Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonni imzolashi bo‘ldi. Markaz tashkil etilishi­ dan ko‘zlangan maqsad islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma, vatandoshimiz Abu Iso Termiziy (Imom Ter­ miziy) va termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish, muqaddas yurtimiz zamini azal­azaldan ulug‘ allomalar, aziz­avliyolar vatani bo‘lib kelganini yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilish, milliy­diniy qadriyatlarimizni asrab­avaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalashdir. Ushbu Markazning ochilishi borasidagi ishlar nufuzli xalqaro islomiy tashkilotlar to­ monidan ham e’tirof etildi. Jumladan, Butunjahon musulmon ulamolar kengashi Bosh kotibi Ali Qoradog‘iy Imom Termiziy xalqaro ilmiy­tadqiqot markazi tashkil etilishi munosabati bilan O‘zbekiston hukumati va ahlini tabriklab, «O‘zbekiston yurti juda ham ko‘plab muhaddislar, faqihlar va boshqa qator sohalarda yetuk olimlarni yetishtirib chiqargan. Ular sababli islom madaniyati, balki butun insoniyat madaniyati boyidi. Mana shunday yurt uchun bun- day markazlarni ochilishi ajablanarli ish emas. Shuning uchun men

Download 256 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish