O‘zbekiston hukumatini, shuningdek u yerdagi musulmonlarni ushbu qilinayotgan muborak ish munosabati bilan tabriklayman».
Musulmonlarning ehtiyojlari, takliflarini inobatga olgan Prezidentimiz tashabbuslari balan yurtdoshlarimizning muqad das shaharlarga haj va umra ziyoratlarini amalga oshirishlari uchun sharoitlar yanada yaxshilandi hamda 2016yilda 5200 ki shi haj, 6000 nafar ziyoratchi umra ibodatini ado etgan bo‘lsa, 2017yildan boshlab haj ziyoratiga 7200, umra ibodatiga esa 10 000 nafar yurtdoshlarimiz yo‘l oldilar.
2017yil 15iyunda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan «Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash
davr talabi» mavzusidagi yig‘ilishda O‘zbekiston Respublika si Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Samarqandda – Imom Buxo- riy ilmiy markazida hadisshunoslik, Imom Moturidiy markazi qoshi- da kalom ilmi, Farg‘onada – Marg‘inoniy ilmiy markazida islom huquqi maktabi, Buxoroda – Bahouddin Naqshband markazida tasavvuf, Qashqadaryoda – Abu Muin Nasafiy markazida aqida ilmi maktabini tashkil etsak, o‘ylaymanki, bu juda foydali bo‘la- di. Kelgusida chuqur bilimli imom-xatiblar, islomshunos mutaxas- sislar, ulamolar tayyorlashda, eng muhimi, farzandlarimizni buyuk ajdodlarimizning bebaho merosi ruhida, sog‘lom e’tiqod ruhida tar- biyalashda bu maktablar tayanch bo‘lib xizmat qiladi» deb, ta’kid lagan edilar.
2017yildan «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» doirasida, yillar davomida DEOga mansublikda ayblanib, «Qo ra ro‘yxat»da turgan vatandoshlarimiz bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, 16 mingga yaqin fuqarolar maxsus hisobdan chiqarildi. Davlatimiz rahbari islohotlar olib borishda faqatgina yur timiz bilan chegaralanib qolganlari yo‘q. O‘zlarining tinchlik va rivojlanishga xizmat qiladigan g‘oyalarini jahon arenalarida ham dadil turib targ‘ib qilmoqdalar. Xususan, 2017yilning 10sen tyabr kuni Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan Islom ham korlik tashkilotining fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sam mitidagi nutqida ham yurtimiz allomalari hamda yurtimizda din
sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar haqida so‘zladilar. Unda yurtimizda fan va texnologiyalarni rivojlantirish borasi da amalga oshirilgan ishlar va kelajakda amalga oshirilishi na zarda tutilgan bir qator islohotlar to‘g‘risida ayta turib, bugungi musulmon olami ushbu sohalarda oqsayotgani, mazkur masala larni hal etishda o‘zaro hamkorlik va hamjihatlikning ahamiyati ni alohida ta’kidlab, bir necha dolzarb takliflarni o‘rtaga tash ladilar. Jumladan:
musulmon olami yosh olimlari xalqaro markazini tuzish;
musulmon dunyosida erishilayotgan ilm-fan yutuqlarini mu- nosib taqdirlash hamda ularni xalqaro miqyosda ommalashtirish uchun Islom hamkorlik tashkilotining maxsus mukofotini ta’sis etish;
a’zo davlatlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishi, aholining munosib hayot darajasini ta’minlash maqsadida Fan va texnologi- yalar bo‘yicha sammitni har uch yilda bir marta o‘tkazishni va ush- bu taklif qo‘llab-quvvatlangan taqdirda, keyingi sammitni 2020-yil- da O‘zbekistonda o‘tkazish.
Yurtimizda din sohsida amalga oshirilayotgan islohotlar xalqa ro miqyosdagi ekspertlar, mutaxassislar, ulamolar tomonidan ham yuqori baholanayotganini alohida qayd etish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |