Nazorat uchun savollar:
1.Erkin iqtisodiy hudud deganda nimani tushunasiz?
2.Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishdan maqsad nima?
3.Qaysi mamlakatlarning EIH tashkil etish bo‘yicha tajribalarini bilasiz va ularning xususiyatlari?
4. Offshor hududlarning savdo hududlaridan farqi nimada?
5. Navoiydagi EIIZning istiqbolini qanday baholaysiz?
7-mavzu. Xalqaro valyuta-moliya va kredit munosabatlar
Reja:
7.1. Xalqaro valyuta tizimining mohiyati va tarkibi
7.2. Xalqaro valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari
7.3. Xalqaro rezerv valyuta birliklari
7.4. Yevropa valyuta tizimi
7.5. Xalqaro valyuta va moliya-kredit bozorlari
7.1. Xalqaro valyuta tizimining mohiyati va tarkibi
Jahon iqtisodiyotida xalqaro valyuta munosabatlari pulning jahon puli funksiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlarni namoyon qiladi. Pul jahon puli sifatida tashqi savdo va xizmatlar, kapital migratsiyasi, foydaning investitsiyalarga ko‘chishi, zayom va subsidiyalar berish, ilmiy-texnik almashuv, turizm, davlat va xususiy pul ko‘chirishlariga xizmat qila boshladi.
Xalqaro valyuta tizimi (XVT) jahon xo‘jaligi doirasida valyuta munosabatlarini tashkil qilishning shaklidir. U jahon kapitalistik xo‘jaligi evolyusiyasi natijasida paydo bo‘lib, huquqiy jihatdan davlatlararo kelishuvlar bilan rasmiylashtirilgan. Xalqaro valyuta tizimining asosiy elementlari quyidagilardan iboratdir:
- valyuta birliklarining milliy va kollektiv zahiralari;
- xalqaro likvidli aktivlarning tarkibi va strukturasi;
- valyuta paritetlari va kurslari mexanizmi;
- valyutalarning o‘zaro almashuv shartlari;
- xalqaro hisob-kitob shakllari;
- xalqaro valyuta bozori va jahon oltin bozori rejimi;
- valyuta-moliya tashkilotlarini (XVF, XTTB va boshqalar) tartibga soluvchi davlatlararo valyuta-kredit tashkilotlarining maqomi.
7.2. Xalqaro valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari
Jahon iqtisodiyotida xalqaro valyuta tizimi dinamik rivojlanib boruvchi tizimdir. U evolyusion rivojlanish bosqichlarda doimo o‘zgaradi va rivojlandi. O‘zining evolyusion rivojlanishida Xalqaro valyuta tizimi to‘rtta xalqaro valyuta tizimlarini o‘zida namoyon qiluvchi to‘rt bosqichni bosib o‘tgan.Xalqaro valyuta tizimida oltin standart deb ataluvchi birinchi tizim stixiyali ravishda XIX asr oxirida vujudga keldi.
Ikkinchi tizim - oltin-deviz standarti Genuya konferensiyasi (1922 y.) qarorlari natijasida vujudga keldi. Keyinchalik u ko‘pchilik kapitalistik davlatlar tomonidan tan olindi. Bunda banknotalar oltin emas, balki keyinchalik oltinga almashtirilishi mumkin bo‘lgan boshqa davlatlar deviziga (banknota, veksel, cheklar) almashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |