Bog'liq 2 MA\'RUZA Eksperimental psixologiya tushuncha, tarixi
1.4. Gipoteza ( fanning farazi ) Gipoteza- bu tasdiqlanmagan va isbotlanmagan, nazariyadan chiquvchi ilmiy fikr.
Fan metodologiyasida gipotezalar nazariy va empirik holatlar kabi eksperimental gipotezalarga ajratiladi. Nazariy gipotezalar ichki nutqiy nazariyalar va nazariy bilimlar asosida vujudga keladi. Bu gipotezalar haqida Feyerbend nutqni ajratadi. Fan gipotezalari tugallanuvchi, davom ettiriluvchi harakterga ega bo‘lishi kerak.
Ikkinchi tur gipotezalar eksperimental usullar bilan muammolarni hal etuvchi holatlardir.
Eksperimental gipotezalar albatta nazariyaga asoslanishi shart emas.
Insonning faolligi uning dunyosini muammosiz bo‘lishini ta’minlaydi. Muammolar ruhiy faollik bilan ham bog‘liq. Atrof olamga ko‘ra gipotezalarni 3 ta turga ajratish mumkin. Birinchi turi nazariyalarga yoki borliq modellariga asoslanadi va ularni ochib beradi. Ikkinchi turi ta’limiy eksperimental gipotezalar, ular voqea va asoslar orasidagi munosabatni ifoda etadi. Ular Feyerbendning “ Hamma o‘tadigan” tamoyillari asosida shakllanadi. Uchinchi turi empirik gipotezalardir. Ular qandaydir model yoki nazariyalar asosida rivojlanadi va shakllanadi. qadimgi variantda bunday gipotezalar Kozmi Prutkovaning qarashlarida ifoda etiladi: “ Burninga e’tibor ber, u tuklar bilan qoplangan “ eksperimentdan keyin bunday faraz isbotlangan.
Isbotlangan gipotezalarni natijalariga ko‘ra ajratish mumkin:
A) hodisa
B) hodisalar orasidagi aloqa
V) hodisalar orasidagi aloqaning sabablari.
Gipotezaning A turini ko‘rib chiqamiz bunda bitta odamda qancha ramziylik borligi ifoda etiladi. Gipotezaning B turi bunda bola intellekti va ota-onalarning bunga bo‘lgan munosabati tushuntiriladi. Gipotezaning V turida sabablar tushuntiriladi.
Gottsdanker gipotezalarning quyidagi eksperimental turlarini ajratadi:
Kontr gipoteza asosiy betaraflik avtomatik tarzda;
Kontr eksperimental gipotezalar faqat laboratoriya eksperimentidan iborat.
Aniq eksperimental gipoteza – asosiy sabab va laboratoriya orasidagi aloqa.
Eksperimental maksimal ( yoki minimal ) ko‘rsatkichli gipoteza- mustaqillik va nomlanishning maksimal bilishlari bilan ko‘rsatiladi. Faqatgina juda ko‘plab eksperimentlar natijalari asosida isbotlanadi.
Absolyut eksperimental gipotezalar ko‘p xarakterli eksperimentlarda o‘tkaziladi.
Bir munosabatli eksperimental gipotezalar bitta mustaqil va mustaqil bo‘lmagan holatlar orasidagi munosabatlar. Bu eksperimental gipotezani o‘tkazish uchun bitta munosabatga doimiy eksperiment o‘tkazilgan bo‘lishi, ikkinchisi esa unga nazoratli hodisa bo‘lishi kerak.
Qo‘llovchilar gipotezalarni statistik va fan turlarini farqlaydilar. Fan gipotezalari taklif etilgan muammolarning qarorlaridan shakllangan. Statistik gipotezalar matematik statistika asosida shakllanadi. Istalgan fan gipotezasi statistik ma’lumotlarni talab etadi. Har bir sabab qonuniyatlari aloqalarini yoki voqealarni isbotlashda ko‘plab tushuntirishlar keltirish kerak. Gipoteza 2 ta tarkib : asosiy va alternativdan iborat. Statistik gipotezalar 2 ta tushunchada qo‘llaniladi: N ( Farqlanish haqidagi gipoteza ) va N ( Ish haqidagi gipoteza ).
Eksperimental gipoteza eksperiment tuzilmasi uchun, statistik gipotezalar esa tomonlarning qayd etish uchun olinadi. Ular o‘z tuzilmasiga ega va har biri dalillarga tayanishadi.
Bitta eksperimentni tushuntirish uchun birgina emas, balki bir nechta nazariyalar hisobga olinadi.
Shubhasiz, statistik gipotezalar juda zarur va eksperimental gipotezalarni to‘ldiruvchisidir. Eksperimental gipotezalar birinchi o‘rinda, statistik gipotezalar esa ikkilamchidir.
Gipotezalar mavjud nazariy borliq bilimlari: dalillar, qonun-qoidalarsiz eksperiment o‘tkaza olmaydilar.
Nazariyani eksperimentda tekshirib bo‘lmaydi. Nazariy xulosalar universal hisoblanadi. Agar nazariyadan chiqadigan xulosalar eksperiment jarayonida tasdiqlanmasa , nazariy isbotlanmaydi.
Eksperiment natijasini ifodalovchi xulosalar assimmetrikdir, ya’ni gipoteza inkor qilinishi mumkin bo‘lgan, lekin hech qachon qat’iyan qabul qilinmaydi. Har qanday gipoteza keyingi tekshirishlarda aniqlanib keladi.