Tayanch iboralar Sug‘urta – ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida qoplash.
Sug‘urta klassi- muayyan umumiy belgilar bo‘yicha birlashtirilgan sug‘urta turlari yig‘indisi.
Sug‘urta turi- sug‘urtalovchi tomonidan ishlab chiqiladigan va sug‘urta qildiruvchiga sug‘urtaning bir yoki bir nechta klassi doirasida ko‘rsatiladigan aniq sug‘urta xizmati.
Majburiy sug‘urta – sug‘urta shakllaridan biri bo‘lib, unda sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchilar o‘rtasida sug‘urta munosabatlari qonun kuchida yuzaga keladi.
Ixtiyoriy sug‘urta - tomonlarning xohish-irodasiga ko‘ra amalga oshiriladigan sug‘urta munosabatlari.
Sug‘urta summasi – sug‘urta obyektini haqiqatda sug‘urtalangan qismining pul ko‘rinishidagi qiymati.
Sug‘urta shartnomasi – sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi sug‘urta turi shartlariga mos ravishda ularning o‘zaro majburiyatlarini tartibga soluvchi kelishuv (huquqiy bitm).
Sug‘urta limiti – moddiy qiymatliklar va sug‘urtaviy mas’uliyatlarni sug‘urtalash mumkin bo‘lgan maksimal pul summasi.
Sug‘urta himoyasi – konkret obyekt tomonidan ko‘rilgan zararni bartaraf qilish yoki qoplash bo‘yicha munosabatlar.
Sug‘urtalovchi – sug‘urtani amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot.
Sug‘urta qildiruvchi – sug‘urta badallarini to‘lovchi va konkret sug‘urta munosabatlarida qatnashuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.
Sug‘urtalanuvchi – hayoti, sog‘ligi yoki mehnatga layoqati sug‘urta obyekti bo‘lgan shaxs.
Sug‘urta mas’uliyati – sug‘urtalovchining sug‘urta holatlari ro‘y berganda sug‘urta qoplamalari yoki sug‘urta summalarini to‘lash bo‘yicha majburiyati.
Sug‘urta qoidalari – ixtiyoriy sug‘urta shartlarini belgilovchi me’yoriy hujjatlardan biri.
Fuqarolik javobgarligi – fuqaro va yuridik shaxslarning uchinchi shaxslar (jismoniy va huquqiy) oldidagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan javobgarlikning bir turi bo‘lib, u zarar yetkazuvchining harakat yoki harakatsizligi natijasida uchinchi shaxsga zarar yetkazilganda yuzaga keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar 1. Гвозденко А.А. Основы страхования: Учебник. – 2-е изд., перераб. и доп. – М.: Финансы и статистика, 2003. – 320 с.
2. Mahmudova L. Sug‘urta ishi-O‘quv qo‘llanma—T.-TAKI 2004
3. Основы страховой деятельности: Учебник./ Отв. ред. Проф. Т.А. Федорова. - М.: Издательство БЕК, 2002.-768 с.