3-§. Ifodalarni o’rgatishda o’quvchilar qiziqishini oshuruvchi o’qitishning zamonaviy metodlari
Biz yuqorida didaktik materyalar haqida so`z yuritik. Shu didaktik materiallar ichida matematika o`qitishda, noan`anaviy darslar uchun foydalanish mumkin bo`lgan didaktik o`yinlar bilan yoki matematik o`yinlar bilan berilgan didaktik materiallar ham bor.
Ularda matematika o`qitishda didaktik o`yinlar ta`rifi matematika o`qitishdagi roli quydagicha tariflangan.
Bolalarni matematika o`rganishga tayyorlashda ishni nimadan boshlash kerakligi yangicha yechimni taqozo etadi. Matematikani “jiddiy” o`rganish uchun bolalarni partaga o`tqazishdan oldin balki ular bilan matematik o`yin o`tkazish lozimdir.
Didaktik o`yinlar o`qitish vazifasiga hizmat qiladi va qiziqarli, maroqli, tushunarli darajada olib boriladi. O`quvchilar g`olib chiqish maqsadida jon dili bilan mashq qiladilar. Berilgan har bir topshiriqni, albatta, bajarishga odatlanib qoladilar. Didaktik o`yinlar har bir darsning maqsadini, har bir mashiqning maqsad va vazifalarini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi.
Didaktik o`yinlar ta`limning ko`rgazmaliligini, o`qituvchining nutqini va bolalar harakatini o`z ichiga oladi. Buning natijasida idrokda (ko`rish, eshitish, sezish) birlik tug`iladi. Bu esa o`qituvchining aytganlarini bolalarning zexnan o`ylab olishiga va o`sha aytilganlarni ifodalab berishlariga, ya`ni didaktik o`yinlar qoidalarini tuzilish xususiyatlari o`quvchilar faoliyatini taxlil qilish imkonini beradi. Didaktik o`yinlarning bu tarzda tuzilish xususiyatlari o`quvchilar faoliyatini taxlil qilish imkonini beradi. Shuning uchun ham barcha bolalar o`yin vaqtida qiziqish bilan harakat qiladilar.
Har bir didaktik o`yinda ko`pchilik bolalar yoki butun sinf o`quvchilar ishtirok etadilar. Masalan “doiraviy misollar” o`yinida hamma bolalar masala yechadi. ”Zanjircha” da ta, ”Do`koncha” da - bola, ”Narvoncha” da esa deyarli hamma o`quvchilar masala va misollar yechadilar.
Bundan tashqari, o`yin jarayonida hatto bolalardan ba`zi birlari ishtirok etmasa ham, Ular o`yinda imo – ishoralar vositasida qatnashadilar. Masalan, ko`zlarini yumib, kim necha marta taqqillatganini tinglaydilar, “eng yahshi hisobchi”, “kim aniqroq va tezroqq” o`yinlarida o`z o`toqlarining misolni qanchalik to`g`ri noto`g`ri echayotganlarini kuzatib boradilar.
Didaktik o`yinlar hamjihatlik va intizomlilikni tarbiyalashga yordam beradi. Chunki, har bir o`yin g`alaba qozonishga intilish bilan bog`liq bo`lib, o`yin shartlari va qoidalariga qat`iy va izchil rioya qilishni talab qiladi, ”kim aniqroq va tezroqq”, “bo`sh kelma!”, “eng yaxshi xisobchi“, “ko`rganni eslab qolish diktanti” singari o`yinlar o`tkazish paytida o`quvchilar sinf xonasida jimjitlik bo`lishiga, o`quvchilarning o`zlarini tuta bilishlariga, partadan tovush chiqarmay turib, oyoq uchida doskada chiqa olishlariga, o`z o`rinlariga osoyishtalik bilan kelib o`tirishlariga, tovushlarni diqqat bilan tinglashlariga, raqamlarga zexn bilan qarashlariga erishadilar.
Darsda o`yinqaroqlik bilan o`tiradigan va o`qituvchini bitta dars davomida - martagacha tanbex berishga majbur etadigan bolalar ham uchrab turadi. Biroq o`yin o`tkazilayotgan vaqtda bunday bolalarning hulq atvori tamoman o`zgarib ketadi. Ular darxol o`zlarini tutib oladilar. O`qituvchining o`yin qoidalarini ko`rsatib berishini kutib o`tirmaydilar ham. Qoidalarni o`zlari bajonidil va mustaqil bajaradilar.
Didaktik o`yinlar jarayonida bolalarda uyushqoqlik, vaqtni iloji boricha tejay bilish xislatlari tarbiyalanadi.
Didaktik o`yinlar tirishqoqlik, matonatlilik, boshlangan.
Sinfdan tashqari ishlarni o`tkazmasdan turib, fanni o`rganishga qiziqishni uyg`otish mushkul. Tajribalar shuni ko`rsatadiki, boshlang`ich maktabdayoq bolalar matematik ertaliklarda qiziqib qatnashadilar. Ayniqsa, musobaqa elementlari bo`lgan turli matematik o`yinlarda zavq bilan ishtirok etadilar. Matematika turnirlariga va konkurslariga astoydil qatnashadilar. Matematik gazetalar chiqaradilar va uni qiziqib o`qiydilar. Olimpiyadalarda ishtirok etishga qiziqadilar va unga tayyorgarlik paytida, turli didaktik materiallardan berilgan misolni mustaqil hal etish yo`llarini izlab har qanday qonun qoidalarni qo`lqab ko`radilar. O`zlarining muvoffaqiyatidan ruxlanadilar, xursand bo`ladilar.
O`rtoqlaridan ortiqcha narsa bila olsalar shodlanadilar. Lekin, matematikani o`rganishga bo`lgan qiziqishni tarbiyalash muammosi, har xolda ko`proq sinf ishlariga taalluqlidir.
Mana bunday qonuniyat payqalgan. O`qishga jumladan matematikani o`rganishga bo`lgan qiziqishning paydo bo`lishi fikrlash qiyinchiliklarini yengishga bog`liqdir. Shuning uchun har xil tipdagi masalalarni yechish, bir xil andozada bo`lmagan masalalarni hal qilish, uni hal qilish uchun turli hayotiy usullarni qo`llash ham o`quvchilarning o`qishga bo`lgan qiziqishini, faolligini oshirish vositalari bo`lib xizmat qiladi.
O`quvchilarning darslik bo`yicha egallagan bilim, malaka va ko`nikmalarini kengaytirish va chuqurlashtirish, ularning bilish faoliyatini aktivlashtiradi.
“Yoshlarning matematik istedodining o`sishiga ko`maklashishda – deb uqtiradi akademik A. N. Kolmogorov o`zining “о профессii математiкi” degan broshyurasida, eng muxim vazifalardan biri maktabda to`garak, olimpiada va matematikaga qiziqishni propoganda qiluvchi sinfdan tashqari ishlardir”.
Amaliy tajribalar shuni ko`rsatadiki, kattaroq musobaqa tarzidagi o`yinlar ko`pincha sinfdan tashqari ishlar paytida amalga oshiriladi.
Qiyinroq misol, masalalar echish, o`quvchilar tafakkurini rivojlantirish, zarur umumlashtirishni qila olish qobilyatlarini rivojlantirish va hokazolar sinfdan tashqari ishlar mazmuniga kiradi. Qiziqarlilik xarakteridagi mashqlar: matematik labirintlar, ajoyib kvadratlar, arifmetik fokuslar, topishmoqlar, matematik ertaklar, matematik ertaliklar va ularda o`tkaziladigan K.V.N. lar va hokazolar. Matematikadan sinfdan tashqari ishlardagi didaktik o`yinlar xisoblanadi. Sinfdan tashqari ishlardagi didaktik o`yinlarning keng tarqalgan turi bu K.V.N. dir. Unda quyidagicha didaktik o`yinlardan foydalanish mumkin.
“
Do'stlaringiz bilan baham: |