Matematik musobaqalarda o`quvchilar orasida nizo kelib chiqishiga yo`l qo`ymaslik uchun tanlangan misol va masalalar deyarli bir xil bo`lib, faqat sonlaridagina farq qilinsa, maqsadga muvofiq bo`ladi. Bu sinfdan tashqari ishlar esa o`quvchilarni matematikaga qiziqishini oshiradi.
Eng quvonarli tomoni o`quvchilar puxta o`rgangan o`yinlarini ko`cha ko`yda, uyda, tanaffuzlarda bir – birlari bilan o`ynab, bilimlarini mustaxkamlaydilar. Yerlarga kvadratlar chizib uni to`ldiradilar. “Son o`yla, men topaman” deb bir – birlari bilan o`ylangan sonni topish jarayonida bir nechta amallar bajaradilar. Yerga doiralar chizib, o`zlarini nomerlab aytilgan sonni xosil qilish uchun, og`zaki xisoblab birlashadilar, ajraladilar va hokazo. Shakllarni qirqib, mozayka ko`rinishida misollar yozib, javobini o`rniga qo`yib, avvalgi shaklni tiklaydilar. Bular o`quvchilar uchun juda qiziqarlidir.
Ayniqsa, yo`llarda matematik topishmoqlarni aytib, o`z bilimlarini mustaxkamlaydilar. Qiziqarli savollar har qadamda o`quvchilar hamroxi bo`lib, ularning fikrlash qobilyatini oshiradi.
Masalan:
1) ta cho`pning nechta uchi bor, yarimta cho`pnichi ( )
2) Alisher bir oyog`i bilan tursa kg, ikki oyog`i bilan tursa necha kg ( )
Yoki matematik topishmoqlar ham har qadamda uchrashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |