Turli didaktik materiallar ham algebraik materiallarni o`rgatishda katta axamiyatga ega.
Bosma didaktik material o`zaro yordamni uyushtirishga ham imkon beradi. Yozma ravishda berilgan savollar o`qituvchi bilan o`quvchi o`rtasida suxbat uchun asos bo`ladi. Bosma didaktik materialning afzallik tomonlari anchagina bo`lib ular quyidagilar xisoblanadi.
1). Bosma didaktik material o`qituvchining o`tilganlarni takrorlash, ishini engillashtiradi.
2). O`quvchilarni berilgan mashqni bajarishga bevosuta aloqasi bo`lmagan ishlarni (shartnin ko`chirib yozish va hokazo kabilardan) ozod qiladi.
3). O`quvchilarning darsdagi mustaqil ishlari xissasini oshiradi.
4). Kitob, jadvallar, grafiklar va hokazolar bilan ishlash malakasini singdiradi.
5). O`qitish prosezining uzluksizligini ta`minlaydi. (xatolar ustida ishlash yengillashadi, xatolar tuzatilgandan keyin xuddi shunga o`xshash ish beriladi)
6). O`lchash, grafik chizish, xisoblash maxoratini shakllantirish jarayonini kontrol ostiga olishga imkon beradi.
7). Ayniqsa, “bo`sh” oquvchilar aqliy faoliyatining turlilanishini ta`minlaydi. (kollektiv sharoitda esa ularning tashabbusi aktiv o`rtoqlari tomonidan odatda bo`g`ib qo`yiladi)
8). Nazorat va o`z – o`zini nazorat malakalarining shakillanishiga yordam beradi va hokazo.
Shu bilan birga didaktik materiallar kamchiliklardan ham xoli emas. Lekin, foydali tomonini xisobga olib, ishlash jarayonida kamchiliklarni bartaraf etib borishga xarakat qilamiz.
Bosma didaktik materilaning ko`pincha turli xillaridan ko`p marta foydalanishni ta`minlash uchun topshiriq kartochkani bir varoq oddiy qog`ozga (qisqich, to`g`nog`ich bilan maxkamlab) qo`shimcha qilinadi, bu topshiriq kartochkaning o`quvchi o`z testini yozadigan joyi qirqilib (daricha ochib) qo`yiladi. Bunday xolatda kartochkadan ko`p marta foydalanish mumkin bo`ladi.
Bosma didaktik materialning hamma afzalliklarini ko`ngildagidek amalga oshirishga imkon beradigan turlarini ishlab chiqish birinchi darajali vazifalardan biridir. O`qituvchi qo`lida shu xildagi ilmiy asoslangan topshiriqlar sistemasi bo`lganda bosma didaktik materiallar matematikani o`qitish prosezini boshqarishda ta`sirli vositalardan biri bo`la oladi.
Demak, didaktik material o`qitish, o`rgatish vositasi xisoblanar ekan, demak, mavzularga moslab chiqarilgan har bir ko`rgazma qurol ham didaktik material xisoblanadi. Ko`paytirish jadvallari, geometrik shakllar, formulalar, masalalar yechish uchun berilgan chizmalar. Bosma shakldagi, qo`lda chizilgani, o`rgatish uchun berilsa ular didaktik ular didaktik materiallar xisoblanadi.
Ko`pgina ko`rgazma qurollarni: jadvallar, ba`zi modellar, individual foydalanish uchun abak, payetka, xisoblash materiallari, tarqatma materiallarning ba`zi turlari va boshqalarni o`quvchilarning o`zlari yasashi mumkin. Har bir ko`rgazmali qurolni tayyorlash o’quvchilarda unga nisbatan qiziqish xosil qiladi. Uni matematik strukturasini bilish ishtiyoqi tug`iladi. Bu esa o`quv materialini yaxshi tushunishga va o`zlashtirishga olib keladi. Masalan, “ ichida qo`shish va ayirish” mavzusini o`tilayotganda mustaxkamlash uchun mashqlar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |