Odam tanasi muskullarining asosiy guruhlari
Skelet muskullari odam tanasining turli qismlarida quyidagi tartibda joylashgan: bosh, bo'yin, gavda, qo'l va oyoq muskullari.
Bosh muskullari bajaradigan ishiga ko'ra, chaynash va mimika muskullariga bo'linadi. Chaynash muskullariga chakka, xususiy chaynash hamda tashqi va ichki qanotsimon muskullar kiradi. Mimika muskullariga ko'zning aylana muskuli, qoshlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi, og'izning aylana muskuli, yonoq muskuli, yuqori va pastki lablarning kvadrat muskullari, pastki labning uchburchak muskuli, og'iz burchagida joylashgan kulgu mus¬kuli va burun muskullari kiradi. Mimika muskullari odamning har xil ruhiy holatlarini ifodalashda ishtirok etadi. Vlar, ayniqsa qiziqchilarda yaxshi rivojlangan bo'ladi, chunki ular bu mus¬kullarni maxsus mashq qildiradi. Bu muskullar suyaklarga birikmaydi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |