Bomdod nomozi 2 rakat sunnat va 2 rakat farzdan iborat. Bomdod nomozining avval 2 rakat sunnati quyidagicha o`qiladi:
“Alloh roziligi uchun qibla tomonga yuzlanib, bugungi bomdod nomozining 2 rakat sunnatini o`qishni niyat qildim” deb niyat qilinadi. Bunda qo`llar 2 yonga tekis tushgan bo`ladi.
“Allohu akbar” deyiladi va qo`llarning bosh barmoqlari quloqning yumshoq joyiga tekkiziladi.
Qo`llar bo`glanadi, O`ng qo`l kafti chap qo`l ustiga qo`yiladi. O`ng qo`lning bosh va kichik barmoqlari bilan chap qo`l bilagi ushlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |