Xilvatiy
Xilvatiy (taxallusi; asl ismi Mulla Yoʻldosh Toʻraboy oʻgʻli) (1858— hozirgi Namangan viloyati
Uychi tumani Jiydakapa qishlogʻi — 1921) — shoir. Namangandagi Azizxoʻja madrasasida
mudarris va bosh mudarris boʻlgan. Oʻzbek va fors tillarida ijod qilgan. Sheʼrlarida Bedil, Jomiy,
Navoiy, Fuzuliy anʼanalarini davom ettirgan, ularga nazira, tatabbuʼ va muxammaslar bogʻlagan.
X.dan bizgacha 2 ta dastxat (shoir oʻzi yozgan) devoni saqlanib qolgan. 1devonga jami 6886
bayt oʻzbek tilida va 53 ta — 770 bayt fors tilidagi sheʼrlar kiritilgan. 2devoniga esa 4540 bayt
oʻzbek va fors tilida yozilgan sheʼrlari jamlangan. Devondagi sheʼrlar orasida boshqa oʻzbek va
fors shoirlari sheʼrlari ham uchraydi (239 bayt). X. asarlarining asosiy kismini ishqmuhabbat
mavzuidagi lirik sheʼrlar tashkil etadi. Uning ijodida sarguzashtiy sheʼrlar alohida urin tutadi. X.
hayotlik chogʻida uning 3 ta — "Mavludi sharifi turkiy", "Sayr uljibol min sayr irrijol" ("Erkaklar
sayridan boʻlmish togʻ sayri"), "Chirogʻi maktab" sheʼriy risolasi chop etilgan va ular xalq orasida
mashhur boʻlgan. "Sayri jibol" (1328) masnaviy usulida yozilgan boʻlib, asarda Pochcha ota
havosi, manzaralari, oʻsimlik dunyosi va suvlari haqida xikoya qilingan. "Charogʻi maktab" —
axloqiy, diniytarbiyaviy sheʼriy asar. Bu asar aqoidlar (eʼtiqodlilar) haqida yozilgan va boshlangʻich
maktab bolalariga moʻljallangan. Unda Allohning sifatlari, uning yaratuvchiligi, mutlaqligi,
Qurʼonda zikr kilingan 25 paygʻambar nomlari, oxirgi paygʻambar Muhammad (sav) sifatlari:
meʼroj voqeasi va boshqa sheʼriy tarzda bayon etilgan. X. ustozi Langariy domlaning iltimosiga
koʻra, "Mavludi sharif"ni turkiyda yozgan. Bu mumtoz adabiyotda paygʻambar mavludlari haqida
oʻzbek tilida yaratilgan birinchi sheʼriy rivoyat (doston)dir. Mazkur asar 1908, 1911, 1912, 1916
yillari Gʻulom Hasan Orifxonov bosmaxonasida bir necha bor chop etilgan. Asar 2000 y.
"Namangan" nashriyotida (tuzatilgan matni) A. Qurbonov va I. Abdullayev tomonidan qayta nashr
etilgan. X.ning uzi tartib bergan "Devoni Xilvatiy" qoʻlyozmasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik
instituti fondida, ikkinchisi esa X. jiyanining oʻgʻli Abdulla Yoʻldoshev qoʻlida saqdanadi.
Abduqayum Pardayev.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Soʻnggi tahrir 6 yillar avval Ximik1991Bot tomonidan amalga oshirildi
Vikipediya
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Xilvatiy
&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Xilvatiy&oldid=1820092
" dan
olindi
boʻlsa).
Do'stlaringiz bilan baham: |