Abdulhamid
Choʻlpon
Choʻlpon
(taxallusi; asl ism-sharifi
Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Yunusov
) (1897,
Andijon
—
1938.4.10,
Toshkent
) —
shoir
,
yozuvchi
,
dramaturg
,
tarjimon
, tanqidchi va jamoat arbobi.
Dastlab madrasada (1908-1912), soʻngra rus-tuzem maktabida (1912-1914) oʻqigan. Sharq
mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy,
ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan.
1914-yil Toshkentga kelib,
„Sadoi Turkiston“
gazetasi bilan hamkorlik qilgan.
„Yangi Sharq“
,
„Ishtirokiyun“
(1920-yildan
„Qizil bayroq“
, 1922-yildan
„Turkiston“
) gazetasida adabiy xodim
(1919-1923), Xalq maorif komissarligi qoshidagi Ilmiy kengash (1921-yildan Oʻlka oʻzbek
bilim hayʼati, 1922-yildan Ilmiy hayʼat)da rais (1920-1923),
„Buxoro axboroti“
gazetasida
muharrir (1921-1922),
„Turon“
teatrida direktor (1921; 1922-1923),
„Mushtum“
jurnali va
„Darxon“
gazetasida texnik muharrir, adabiy xodim (1922-1923), Oʻzbek drama studiyasi
(
Moskva
, 1924-1927) va
Oʻzbek davlat drama teatrida
adabiy emakdosh (1927-1931),
SSSR
XKS va Sharq xalqlari markaziy nashriyotida tarjimon (Moskva, 1931-1934), „Mushtum“ va
Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon
Tavalludi
1897
Andijon
Vafoti
1938
.4.10
Toshkent
,
Oʻzbekiston SSR
,
SSSR
Millati
oʻzbek
Sohasi
shoir
,
yozuvchi
,
dramaturg
,
tarjimon
Mashhur ishlari
„Kecha va kunduz“
,
„Novvoy qiz“
,
„Oydin
kechalarda“
,
„Buloqlar“
,
„Tong sirlari“
,
„Soz“
Mashhur sovrinlari
Alisher Navoiy
nomidagi Oʻzbekiston
Respublikasi Davlat mukofoti (1991)
Dini
Islom
„Guliston“
jurnallari hamda „Teatru“ gazetasida adabiy xodim (jamoatchilik asosida, 1935-
1937).
Adabiy ijodi 1913-1914-yillarda Andijonning ijtimoiy va madaniy hayoti haqida xabarlar yozish
bilan boshlangan. 1914-yil Toshkentda
Munavvar Qori Abdurashidxonov
va
Ubaydulla
Xoʻjayev
bilan tanishish Choʻlponning milliy uygʻonish harakati namoyandasi sifatida
shakllanishida muhim omil boʻlgan. Choʻlpon
„Sadoi Turkiston“
gazetasida dastlabki
„Turkistonli qardoshlarimizga“
sheʼri,
„Qurboni jaholat“
,
„Doʻxtir Muhammadyor“
hikoyalari va
„Adabiyot nadir?“
maqolasini eʼlon qilib (1914), shu davr adabiyoti namoyandalari safidan
oʻrin egallagan. Turkiston aholisining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy qoloqlik sharoitida
yashayotganining asosiy sababini
Rossiyaning
mustamlakachilik siyosatida koʻrgan Choʻlpon,
boshqa
jadidlar
qatori, oʻz asarlari bilan xalqning madaniy va maʼrifiy saviyasini koʻtarishga
kirishgan.
1917-yil
Fevral inqilobining
roʻy berishi taraqqiyparvar ziyolilar dunyoqarashini oʻzgartirib
yubordi. Ular, shu jumladan, Choʻlpon mustaqillik uchun kurash endi targʻibiy-tashviqiy
davridan amaliy faoliyat bosqichiga oʻtganini angladilar. Choʻlpon
Turkiston muxtoriyati
hukumatining barpo etilishida faol ishtirok etib, muxtoriyatni sharaflovchi
„Ozod turk bayrami“
sheʼrini yozdi va bu sheʼr oʻzbek davlatchiligi tarixida ilk
madhiya
boʻldi. Shu davrda
Turkistondagi koʻp millatli ziyolilar oʻrtasida
federalizm
gʻoyasi keng tarqalgani sababli
Choʻlpon ayni paytda Z.Validiy bilan birga
Orenburgga
borib, Boshqirdiston muxtoriyat
hukumatining tashkil etilishida ham ishtirok etdi. Federalistlarning fikrlariga koʻra, Turkiston
va
Volga boʻyidagi
turkiy xalqlar
oʻz muxtoriyat hukumatlarini barpo etganlaridagina bu
xukumatlarning
bolsheviklar
tomonidan tan olinishi va birgalikda himoyalanishi mumkin edi.
Muxtoriyat tugatilgach, Choʻlpon
„Ilmiy kengash“
,
„Chigʻatoy gurungi“
,
„Nashri maorif“
tashkilotlari va
„Turon“ teatrida
adabiy, ilmiy-maʼrifiy ishlar bilan mashgʻul boʻldi. Ayni paytda
shoʻro davlatining
mustamlakachilik siyosati oqibatlarini fosh etuvchi sheʼr va maqolalar
yozish bilan istiqlol uchun kurashda davom etdi. Ammo respublika madaniyat xodimlarining
2-qurultoyi 1927-yildan keyin Choʻlponga qarshi boshlangan kurash uni siyosiy faoliyatdan
uzoqlashishga, hatto 1931-1935-yillarda Moskvaga qochib borib, musofirlikda yashashga
majbur etdi.
Jadidlarga qarshi boshlangan kompaniya Choʻlponni ham chetlab oʻtmaydi. Taʼqib va
tazyiqlarga qaramay, u qizgʻin ijodiy faoliyat bilan shugʻullanadi. 30-yillarning boshida yana
Ijodi
Vafoti
Moskvaga
ketgan va
SSSR
Markaziy Ijroiya Komitetida tarjimon boʻlib ishlagan. Choʻlpon
1937-yil 14-iyulda qamoqqa olinadi va 1938-yil 4-oktyabrda
Toshkentda
Boʻzsuv boʻyida qatl
etiladi.
Choʻlponning adabiy merosi
sheʼriyat
,
nasr
,
dramaturgiya
,
publitsistik
va adabiy tanqidiy
maqolalar hamda tarjimadan iborat.
Sheʼriy asarlari
Choʻlponning sheʼriy asarlari
„Oʻzbek yosh shoirlari“
,
„Uygʻonish“
(1922),
„Buloqlar“
(1923),
„Tong sirlari“
(1926) va
„Soz“
(1935) toʻplamlarida, shuningdek, turli gazeta va jurnallarda
eʼlon qilishgan. Ular gʻoyaviy-tematik yoʻnalishiga koʻra 2 guruhga ajraladi: sof lirika va
ijtimoiy-siyosiy lirika. Ishqiy kechinma va tabiat manzaralari tasvirlangan sheʼrlarida Choʻlpon
jahon lirik sheʼriyatining mumtoz vakillari darajasiga koʻtarilgan. Sheʼrlari lirik qahramonning
boy va goʻzal ruhiy olamini, tabiat manzarasini, tabiatda kechayotgan jarayonlarni katta
mahorat bilan aks ettirgan.
„Goʻzal“
,
„Sezgi“
,
„Sirlardan“
,
„Men shoirmi?“
singari sheʼrlari bilan
barmoq vazniga asoslangan yangi oʻzbek sheʼriyatini yuksak taraqqiyot bosqichiga olib
chiqdi. Barmoq vazni Choʻlpon va
Fitratning
ijodiy izlanishlari bilan 20-yillarning
boshlaridayoq yangi oʻzbek sheʼriyatining asosiy vazniga aylandi.
Tarixiy davr va tarixiy sharoit Choʻlpondan muhabbat va tabiat lirikasidan koʻra shu davrdagi
oʻzbek xalqining ijtimoi-ysiyosiy, iqtisodiy va madaniy ahvolini yaxshilashga qaratilgan asarlar
yozishni taqozo etdi. Vatan va millat manfaati bilan yashagan shoir davrning shu talabi bilan
bolsheviklar olib borgan siyosatning mustamlakachilik mohiyatini fosh etishga, xalqni zulm
va zoʻravonlikka qarshi hurriyat uchun kurashga daʼvat etishga qaratilgan sheʼrlar yozdi
(
„Buzilgan oʻlkaga“
,
„Xalq“
,
„Vijdon erki“
,
„Kishan“
va boshqalar). Choʻlpon bu sheʼrlari bilan
adabiyotning kurash quroliga aylanishi mumkinligini isbotlab berdi. Shoirning yurak qoni bilan
yozilgan bu sheʼrlari vatandoshlarida oʻzbek diyoriga otashin muhabbat, mustamlakachilarga
nafrat, erk va hurriyat gʻoyalariga sadoqat tuygʻularini tarbiyaladi. Agar Choʻlponning „koʻngil
lirikasi“ anʼanalari keyinchalik
Oybek
,
Hamid Olimjon
,
Mirtemir
,
Zulfiya
,
Erkin Vohidov
,
Abdulla
Oripov
,
Rauf Parfi
va boshqalar ijodida muvaffaqiyat bilan rivojlantirilgan boʻlsa, uning ijtimoiy
mazmun bilan yoʻgʻrilgan sheʼriyati anʼanalari keyinchalik davom ettirilmay qoldi.
Hikoyalari
Choʻlpon isteʼdodiga xos lirik nazokat va nafosat shoir nasriy asarlarining ham oʻziga xosligini
belgilab keladi. Choʻlpon qaysi mavzuga murojaat etmasin, badiiy voqelikni poetik til va
Adabiy merosi
obrazlar orqali mujassamlantirishga erishdi. Shu maʼnoda uning 20-yillarda yozgan
„Oydin
kechalarda“
,
„Qor qoʻynida lola“
,
„Novvoy qiz“
singari hikoyalari oʻzbek adabiyotidagi lirik
nasrning dastlabki mumtoz namunalaridir. Choʻlpon bu hikoyalarida oʻzbek xotinqizlarining
ayanchli taqdirini turli badiiy rejada tadqiq etar ekan, har bir jamiyatning taraqqiyot darajasi
shu jamiyatning xotin-qizlarga boʻlgan munosabati bilan belgilanadi, degan gʻoyani bu asarlar
osha „qizil ip“ yangligʻ oʻtkazgan. Umuman, oʻzbek xotin-qizlarining mustamlakachilik
sharoitidagi taqdiri tasviri Choʻlpon sheʼriy ijodining ham, kichik epik asarlarining ham,
„Kecha
va kunduz“
(1936) romanining ham asosiy gʻoyaviy yoʻnalishini belgilab bergan.
Nasriy ijodi
Choʻlpon nasriy ijodining muhim qismini publitsistika tashkil etadi. U
„Yoʻl esdaligi“
,
„Vayronalar orasidan“
kabi qator ocherk va publitsistik maqolalarida 20-yillardagi mustamlaka
oʻlka hayotining mudhish manzaralarini tasvirlagan. Choʻlpon bu asarlarida realistik tasvir
sanʼatini mukammal egallagan yozuvchi sifatida gavdalanadi. Choʻlpon yozuvchilik
mahoratining shunday qirralari
„Kecha va kunduz“
romanida, ayniqsa, yorqinroq aks etgan.
Choʻlpon
Abdulla Qodiriy
bilan birga oʻzbek adabiyotida realistik roman va hikoya janrlarining
taraqqiyot tamoyillarini belgilab berdi.
Sahna asarlari
Choʻlponning dramaturgiya sohasidagi dastlabki izlanishlari 1919-yilga oid. U shu yili
„Temirchi“
,
„Gunoh“
,
„Choʻrining isyoni“
singari kichik sahna asarlarini yozdi. 20-yillarning
boshlarida esa Choʻlponning
„Yorqinoy“
,
„Xalil farang“
,
Oʻldiruvchi
(1921),
„Sevgi va saltanat“
,
„Choʻpon sevgisi“
(1922)
pyesalari
maydonga keldi (bu asarlarning aksari bizgacha yetib
kelmagan).
Tarjimonlik sohasidagi faoliyati
Choʻlpon „Turon“ teatriga
direktorlik
qilgan yillarida sahna sanʼati va dramaturgiya sirlarini,
shuningdek,
rus tilini
puxta egallagani tufayli 1924-yil
Moskvada
tashkil etilgan oʻzbek drama
studiyasiga adabiy emakdosh etib yuborildi. U hali rus tilini bilmagan vatandoshlariga
moskvalik mashhur
artist
va
rejissyorlarning
maʼruzalarini tarjima qilib berishdan tashqari,
oʻzi ham studiyachilar uchun sahna asarlari (
„Yorqinoy“
,
„Yana uylanaman“
,
„Qorovul uyqusi“
,
Lev Sverdlin
bilan hamkorlikda),
„Uzun quloq bobo“ni
yozib, rus va
yevropa
dramaturglarining
pyesalari (K.Gotssi,
„Malikai Turondot“
,
Nikolay Gogol
,
„Tergovchi“
,
Vladimir Bill
Belotserkovskiy
,
„Labbay“
,
Molyer
,
„Xasis“
)ni tarjima qilib berdi.
Choʻlpon 1927-yilda Moskva va
Boku
drama studiyalari qatnashchilari bazasida Oʻzbek davlat
namuna truppasi (1929-yildan
Oʻzbek davlat teatri
) tashkil etilgach, mazkur truppa (teatr)
ning adabiy emakdoshi sifatida faoliyat olib bordi. Shu davrda uning kishilar va jamiyat
hayotidagi nuqsonlarni hajv etuvchi
„Mushtumzoʻr“
,
„Hujum“
(V.Yan bilan hamkorlikda, 1928),
„Oʻrtoq Qarshiboyev“
(1929) kabi pyesalari sahna yuzini koʻrdi. Choʻlpon ayni paytda teatr
tarjimoni sifatida ham samarali ijod qilib, K.Goldonining
„Ikki boyga bir qarol“
,
Lope de
Veganing
„Qoʻzi buloq“
,
William Shekspirning
„Hamlet“
, F.Shillerning
„Bosmachilar“
,
Bill
Belotserkovskiyning
„Poʻrtana“
, S.Levitinaning
„Hukm“
, A.Faykoning
„Portfelli kishi“
,
V.Tretʼyakovning
„Naʼrangni tort, Xitoy!“
, Vs. Ivanovning
„14–69 raqamli zirhli poyezd“
pyesalarini oʻzbek tiliga oʻgirdi. Choʻlpon adabiy emakdosh, dramaturg va tarjimon sifatida
Uygʻur
bilan birga professional oʻzbek teatriga tamal toshini qoʻydi.
Maqolalari
Choʻlponning adabiyot va sanʼat masalalariga bagʻishlangan faoliyati kichik-kichik
maqolalardan iborat boʻlsada, ularning ayrimlari dasturiy ahamiyatga ega. Choʻlpon 1914-
1915-yillarda yozgan
„Adabiyot nadir?“
va
„Muhtaram yozuvchilarimizga“
maqolalari bilan
adabiyot va sanʼatning xalq va jamiyat oldidagi vazifasini, tarbiyaviy-maʼrifiy ahamiyatini aniq
belgilab berdi. U oʻzbek va xorijiy xalqlar adabiyoti namoyandalari („Marhum Tavfiq Fitrat“,
„Ikki yuqotish“, „Rizo Tavfiqbek“, „Tagor va tagorshunoslik“, „Ulugʻ hindi“, „Joʻrj Dandon“, „Katta
maktab egasi“, „Uvaysiy“, „Ustodning xislatlari“),
teatr
va
musiqa
sanʼati („Abo Muslim“, „Iblis“,
„Shayx Sanʼon“, „Oydin“, „Malikai Turondot“, „Meyerxold teatri“, „Tursunoy sahnada“, „Ashulaga
ishkiboz“, „Qiziqlar“, „Otabola sanʼatkor“, „Bazmcholgʻu toʻdasi“, „Ukraina bandurachilari“), til
(„Shohnoma“ning turkcha tarjimasi", „Tilimizning ishlanishi“) va tarjima („Tarjima toʻgʻrisida
jindak“, „Soʻz, soʻz, suz“) masalalariga bagʻishlangan maqolalari bilan 20-yillarda adabiy
tanqid, sanʼatshunoslik, tilshunoslik va tarjimashunoslik sohalarining paydo boʻlishi va
shakllanishiga katta hissa qoʻshdi.
Tarjima asarlari
Choʻlpon adabiy merosining salmoqli qismini tarjima asarlar tashkil etadi. U
Moskvada
yashagan yillarida moddiy ehtiyoj orqasida koʻpgina oʻtkinchi asarlarni tarjima qilishga
majbur boʻldi. Lekin shu bilan birga Choʻlpon
Aleksandr Pushkin
(
„Boris Godunov“
,
„Dubrovskiy“
),
Nikolay Gogol
(
„Tergovchi“
), I.S.Turgenev (
„Choʻri qiz“
), I.Franko („Million“,
„Feruza“), L.Andreyev („Gubernator“, „Osilgan yetti kishining hikoyasi“), A.P.Chexov
(„Qochoq“), A.M.Gorkiy („Ilgaklar“, „Ona“) singari rus va boshqa xalqlar adabiyotining mumtoz
asarlarini ham katta mahorat bilan tarjima qilib, zamonaviy milliy tarjima maktabiga asos
soldi. Choʻlpon tarjimasidagi
William Shekspirning
„Hamlet“
tragediyasi oʻzbek tarjima
sanʼatining shoh namunasidir.
Choʻlpon shoʻro davlatining doimiy tazyiqi va nazorati ostida yashagani sababli uning koʻplab
qoʻlyozmalari oʻgʻirlandi. U 1937-yilda
„xalq dushmani“
sifatida ayblanib, qamoqqa olinishi
arafasida va keyin ham barcha qoʻlyozma asarlari kuydirib tashlandi. Shunga qaramay,
Choʻlpondan bizga qadar yetib kelgan 10 jild hajmdagi original va tarjima asarlar oʻzbek
xalqining katta madaniy va maʼnaviy boyligidir.
Oʻzbekiston
mustaqil respublika deb eʼlon qilingach, Choʻlponning oʻzbek madaniyatini
rivojlantirish va xalq ommasini istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishiga qoʻshgan
hissasi yuksak baholandi. Choʻlponga
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat mukofoti
(1991) va
„Mustaqillik“
(1999) berildi. 1997-yil Choʻlponning 100 yilligi keng
nishonlanib,
Andijonda
Choʻlpon uy-muzeyi tashkil etildi, Tillar pedagogika instituti va litsey
Choʻlpon nomi bilan ataldi.
Oʻzbek milliy akademik drama teatrida
Choʻlpon xayoti va ijtimoiy
faoliyati haqida hikoya qiluvchi
„Kunduzsiz kechalar“
(
Usmon Azim
asari) spektakli
sahnalashtirildi.
Choʻlponning
„Oʻzbek yosh shoirlari“
(1923),
„Goʻzal yozgʻichlar“
(1925),
„Adabiyot parchalari“
(1926) majmualarida chop etilgan sheʼrlari, oʻz sheʼrlari asosida nashr qilingan
„Uygʻonish“
(1922),
„Buloqlar“
(1923),
„Tong sirlari“
(1926),
„Soz“
(1935) kabi toʻplamlari yangi oʻzbek
sheʼiyati taraqqiyotida muhim oʻrin tutadi.
Uning
„Kecha va kunduz“
(1936) romani,
„Doʻxtur Muhammadyor“
(1914),
„Qor qoʻynida lola“
,
„Novvoy qiz“
,
„Oydin kechalarda“
hikoyalari yangi davr oʻzbek nasri rivojiga salmoqli hissa
boʻlib qoʻshildi.
Choʻlponning
„Yorqinoy“
(1920),
„Xalil farang“
(1921),
„Choʻrining isyoni“
(1926),
„Yana
uylanaman“
(1926),
„Mushtumzoʻr“
(1928),
„Oʻrtoq Qarshiboev“
(1928),
„Hujum“
(1928) kabi
dramalari uning dramaturg sifatida ham samarali ijod qilganligini koʻrsatadi.
Milliy istiqlol va ozodlik gʻoyalari Choʻlpon ijodining leytmotivini belgilaydi.
Choʻlpon Pushkinning
„Dubrovskiy“
,
„Boris Godunov“
asarlarini, Gorkiyning
„Ona“
romani va
„Egor Bulichev“
peʼsasini, Lohutiyning
„Evropa safari“ni
, Gotsiyning
„Malikai Turandot“
,
Shekspirning
„Hamlet“
dramalarini oʻzbek tiliga tarjima qilish orqali oʻzbek va jahon adabiy
aloqalari rivojiga munosib hissa qoʻshdi.
Xotira
Choʻlpon dastxati. Goʻzal sanʼatlar.
Choʻlpon ijodi bilan
OʻzMU
professorlari O. Sharofiddinov, U. Normatov, N. Karimov, D.
Quronov, B. Doʻstqoraevlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Choʻlponga Navoiy
nomidagi Davlat mukofoti berildi. Uning
„Kecha va kunduz“
romani asosida videofilm
yaratilgan.
Choʻlponning tanlangan asarlari birinchi marotaba rus tilida 2009-yil Moskvadagi
Voskresenye nashriyotida chop etildi. Ushbu toʻplam uning
„Kecha va kunduz“
romani,
„Yorqinoy“
pesasi va 1915-1938-yillarda yaratilgan bir qator sheʼrlarini oʻz ichiga olgan.
Tanlangan asarlar
Hamid Ismoilov
tomonidan tarjima qilingan.
Shu yilning o‘zida
„Kecha va kunduz“
romanining
Stéphane A. Dudoignon
tomonidan
fransuz
tiliga
tarjimasi
Fransiyada
Bleu Autour
nashriyotida chop etildi.
2008-yil
Parijda
chop etilgan Oʻzbekiston sheʼriyati antologiyasida („Anthologie de la poésie
d’Ouzbékistan“) Choʻlponning bir nechta sheʼrlari fransuz kitobxonlariga havola qilingan.
Tarjilonlar
Hamid Ismoilov
va
Jean-Pierre Balpe
.
Abdulhamid Choʻlpon.
Kecha. T.: Oʻzdavnashr, 1936.
Choʻlpon.
Yana oldim sozimni. T.: Adabiyot va sanʼat. 1991.
Choʻlpon.
Adabiyot nadir. T.: Choʻlpon, 1994.
Abdulhamid Choʻlpon.
Kecha va kunduz. Birinchi kitob: Kecha. T.: Sharq, 1995 (XX asr
oʻzbek romani).
Abdulhamid Choʻlpon.
Goʻzal Turkiston. T.: Maʼnaviyat, 1997.
Choʻlpon.
Asarlar. Uch jildlik. T.: Xazina, 1997-1998.
Abdulxamid Chulpon.
I prozvuchit eщe moy saz, per. s uzbekskogo Xamidom Ismaylovim,
Moskva: Voskresene, 2009.
Tchulpân.
Nuit, fransuz tilida, tarjimon va so‘zboshi muallifi Stéphane A. Dudoignon. Saint-
Pourçain-sur-Sioule : Bleu autour, 2009; 464 bet (Collection „d’un lieu l’autre“).
[1][2][3][4]
Sharafiddinov O. Choʻlponni anglash. T.: Xazina, 1994.
Abdulhamid Choʻlpon asarlari xorijiy tillarda
Nashr qilingan asarlari
Adabiyot
Soʻnggi tahrir 21 kunlar avval Malikxan tomonidan amalga oshirildi
Karimov N. Choʻlpon. T.: Fan, 1991.
Choʻlponning badiiy olami (toʻplam). T.: Fan, 1994.
Murodov J.Cholpon haqida. T.: Ohangaron Hayoti Gazetasi, 2014
1.
Choʻlponning badiiy olami, T., 1993; Sharafiddinov O., Choʻlponni anglash, T., 1994;
2.
* Sharafiddinov O., Choʻlpon, T., 1991; Karimov N., Choʻlpon, T., 1991;
3.
Quronov D., Ruhiy dunyo tahlili, T., 1994; Karimov N., Istiqlolni uygʻotgan shoir, T, 2000;
Karimov N., Choʻlpon (maʼrifiy roman), T., 2003.
4.
* Yana oldim sozimni, T., 1991; Asarlar [3 j.li], 1-2j., 1999; Adabiyot nadir, T., 1993.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Abdulhamid_Cho
ʻ
lpon&oldid=2
329734
" dan olindi
Manbalar
Vikipediya
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Do'stlaringiz bilan baham: |