Namangan viloyati Norin tumani
Axborot –kutubxona markazi
Axborot - bibliografiya xizmati
“Aholi sog‘ligi-yurt boyligi”
TAVSIYAVIY RO‘YXAT
Tuzuvchi: D.Ummatov
a
So‘z boshi
1950 yil 7 apreldan beri har yili 7 aprelni dunyo hamjamiyati Umumjahon
Sog‘liqni saqlash kuni sifatida nishonlab kelmoqda. Ma’lumki, 1948 yil 7 aprel
Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha assambleyaning Birinchi yig‘ilishida
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ga asos solingan kun. Jahon sog‘liqni
saqlash tashkiloti (JSST) – Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning
sog‘liqni saqlash sohasiga ixtisoslashgan nufuzli muassasasi bo‘lib, uning
tarkibiga hozirda 194 ta a’zo davlatlar kiradi.JSST Shveysariyaning Jeneva
shahrida joylashgan bosh idorasi hamda 6 ta mintaqaviy va 150 ta
mamlakatdagi vakolatxonalariga ega. JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
tashkilotning Yevropa mintaqasidagi vakolatxonasiga qarashli. O‘zbekiston
1992 yilning 25 mayda JSSTga a’zo bo‘lgan. JSSTning O‘zbekistondagi
vakolatxonasi 1993 yilda Toshkentda o‘z faoliyatini boshlagan. Vakolatxona
sog‘liqni saqlash tizimiga yaxlit yondashuv asosida barqaror sog‘liqni saqlash
siyosatini ishlab chiqishda yordam ko‘rsatish, umumiy yetakchilikni
ta’minlash, mahalliy darajada texnik aloqalarni o‘rnatish, standartlarni
belgilash va shartnomalar tuzish, inqiroz davrida sog‘liqni saqlash tadbirlarini
muvofiqlashtirish va amalga oshirish kabi vazifalarni qamrab oladi.
Davlatimiz rahbarining 2018 yil 7 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi
sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan 2019 – 2025 yillarda
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi
yaratishda JSST ekspertlarining ulkan yordamini alohida ta’kidlash lozim.
Xalqaro ekspertlarning ko‘magi tufayli sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishni
yaxshilash, majburiy tibbiy sug‘urta va elektron sog‘liqni saqlash tizimini joriy
etish, sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish, yuqumli
va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, salomatlik uchun zararli bo‘lgan odatlarga
karshi kurash kabi qator vazifalar bo‘yicha samarali choralar ko‘rilmoqda.
Adabiyotlar ro‘yxati
1. Beknazar,Jumanazar.
Ona va bola tayanchi.-T.:Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiy
nashr.,2001.95 b.
2. Yosh onalarga shifokor maslaxatlari.-T.:Abu Ali ibn Sino nomidagi
tibbiyot nashr.,2000.-168 b.
3. O‘smir bolalarning balog‘at davri.-T.,Abu Ali ibn Sino nomidagi
tibbiyot nashr.,2004.-16 b.
4. Salomatlik darslari.Metodik qo‘llanma.-T.,-Toshkent .,2006.-111 b.
Jinsiy ta’lim va yoshlarning reproduktiv salomatligi.-T.: Toshkent.,
2003.-71 b.
5. Yagodingskiy V.N.
O‘quvchilarga
chekish
va
ichishning
zarari
xaqida.T.,O‘qituvchi,1986,13 b.
6. Nasriddinova N.N.
Ichkilik –og‘u.-2-nashri.-T.:Meditsina,1986.-30 b.
7. Shoumarov G‘.B.
O‘smirlar olami.T.: 2003.-49 b.
8. Jalolov Sh.
Navqiron avlod- katta kuch va saloxiyat./ Xalq so‘zi, 2021 yil-30
yanvar. 1-3 betlar.21 son.
Do'stlaringiz bilan baham: |