Tavsiyanoma
Men, abdunabi Boboyorov 1954 yilda tug’ilganman. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining 1996 yildan buyon a’zosiman. Guvohnomam raqami 4358. Men Sa’dulla Turdiyevni yaxshi ijodkor, jamoatchi muxbir sifatida 70 yillardan buyon yaqindan taniyman. Uning tuman, viloyat, Respublika nashrlarida chop etilgan barcha sohadagi, jumladan ijtimoiy mavzudagi maqolalarini muntazam ravishda o‘qib boraman.
Ayniqsa, jamiyatning barcha jabhalarida xizmat qilayotgan zamondoshlarimiz hayotini aks ettiruvchi maqolalari, hayotimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va yangiliklar xususidagi chiqishlari doimo gazetxonlar e’tiborini qozonib kelganligidan xabardorman.
Sa’dulla Turdiyev hanuzga qadar, yangilanayotgan yurtimizda sodir bo‘layotgan muhim o‘zgarishlar jarayonini milliy matbuotimiz orqali xalqmizga yetkazish maqsadida jonkuyar ijodkor, jamoatchi muhbir sifatida ishtirok etib kelmoqda.
Men fidoiy inson, faol ijodkor Sa’dulla Turdiyevni O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zoligiga munosib deb, ishonch bildiraman.
Tavsiyanomani yozuvchi A.Boboyorov
17.03.2021
Do'stlaringiz bilan baham: |