Termiz Davlat Universitetining Pedagogika Instituti Pedagogika-Psixologiya va Boshlang'ich ta'lim fakulteti Boshlang‘ich ta‘lim yo‘nalishi 2-bosqich 204-guruh talabasi O'zbekiston Respublikasi davlat stipendiyasi uchun nomzod Zoirova Sevinchbonu Xurshid qiziga
TAVSIYANOMA
Zoirova Sevinchbonu Xurshid qizi 2002-yil 27-oktabr sanasida Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tug'ilgan.
2020-yilning 30-sentabridan boshlab Termiz davlat universitetining Pedagogika institutida grant asosida tahsil olib kelmoqda.
Zoirova Sevinchbonu Xurshid qizi o'qishi davomida respublika, viloyat hamda ko'plab tadbirlarga faol ishtirok etib kelmoqda.
Jumladan, Respublika miqyosida o'tkazilgan "EduOn-ta‘lim granti" tanlovida faol ishtirok etib sertifikat, Respublika miqyosida tashkil etilgan "iBook.uz stipendiyasi" tanlovida ham faol ishtiroki uchun, respublika miqyosida tashkil etilgan "Registon stipendiyasi"tanlovida ham faol ishtirok etib, sertifikat, Respublika miqyosida tashkil etilgan "Registon ta‘lim granti" tanlovida ham faol ishtiroki uchun rag‘batlantiriladi va Respublika miqyosidagi 3 bosqichli "Ingliz tili fan olimpiadasi" da ham faol qatnashib sertifikat bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, Zoirova Sevinchbonu Xurshid qizi ilmiy, ijodiy faoliyatida ham yutuqlarga erishgan bo'lib, 2022-yil ASIAN JOURNAL OF RESEARCH IN SOCIAL SCIENCES AND HUMANITIES" nomli jurnalida "HIGH SPIRITUAL GENERATION-THIRD RENEISSANCE BUILDERS" nomli maqolasi bilan chop ettirgan.
2021-2022-yillar davomida ko'plab respublika online tanlovlar faol qatnashchisi.
Telegram ijtimoiy tarmoqlari orqali o'tkazilgan tanlovlarda, jumladan, "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan o'tkazilgan tadbirlarda ham faol ishtirok etib kelmoqda.2021-yil fakultetlar orasida o'tkazilgan "Quvnoqlar va Zukkolar" tanlovida "Eng quvnoq qiz" nominatsiyasi bo'yicha sertifikat bilan taqdirlandi.Termiz davlat universitetining pedagogika instituti talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlar o'rtasida o'tkazilgan "Zakovat" intellektual o'yinlarida jamoa bilan faol ishtirok etib faxrli 3-o'rinni egallab, faxriy yorliq bilan taqdirlanadi hamda "Maqsadlilar" jamoasining "Xayrli oyda-xayriya "turnirida ham jamoa bilan faol ishtirok etib tashakkurnoma bilan taqdirlanadi. 2022-yil "Milliy lisboslar-ma‘naviyat ko'zgusi" mavzusidagi ma‘naviy-ma‘rifiy ko'rik tanlovida faol ishtiroki uchun tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.
Zoirova Sevinchbonu Xurshid qizi bundan keyin ham mustaqil O'zbekistonimizning ravnaqi uchun samarali mehnat qiladi va yosh avlod ma‘naviy yuksalishi uchun xizmatlarini ayamaydi deb ishonch bildiraman va O'zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyasi uchun nomzod sifatida tavsiya qilaman.
Termiz Davlat Universitetining
Pedagogika instituti “Boshlang'ich ta'lim”
kafedrasi o'qituvchisi R.D.Norqobilova
Do'stlaringiz bilan baham: |