-
- Suhbat. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo‘lingan ma’lumotlarni boyitish, mavjud holatga to‘g‘ri baho berish, muammoning echimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub’ektlari imkoniyatlarini muammo echimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat maqsadga muvofiq holda indiviudal, guruhli hamda ommaviy shaklda o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to‘la-to‘kis namoyon bilishga erishish muhimdir
Suhbat jarayonida quyidagilarga rioya qilish lozim: - Suhbat jarayonida quyidagilarga rioya qilish lozim:
- Suhbat uchun oldindan savol tuzish;
- Vaqti va o‘tkazish joyini belgilash;
- Suhbat ishtirokchilarining soni va kasblaridan xabardor bo‘lish;
- Suhbat uchun qulay sharoit va erkin gaplashish imkonini yaratish;
- Suhbatdoshning kimligini, xarakter xususiyatini hisobga olib bachkana bo‘lmaslik;
- Suhbat natijalarini zudlik bilan tahlil qilish, qiyoslash, tegishli xulosa chiqarish
Do'stlaringiz bilan baham: |