TAVSIYANOMA
Men Hakim Nasriddinovni 1974-yildan beri yaqindan taniyman. 1984-yildan boshlab O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o`zbek tili, adabiyoti va fol`klyori institutida birga ishlaymiz. Bu davr ichida u atamashunoslik soxasida yetuk mutaxassis sifatida tanildi, filologiya fanlari nomzodi bo`ldi. Uning dissertatsiya ishi bir qancha maqolalari ilmiy puxtaligi bilan ajralib turadi.
H.Nasriddinov intizom va qat`iayatliligi bilan jamoada obro` qozongan,
totuv oilaning boshlig`i. Institut ilmiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib kelmoqda. Shu sababli men Hakim Nasriddinovni “O`zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyotida ilmiy muharrir sifatida ishlash uchun tavsiya qilaman.
(imzo) filologiya fanlari
nomzodi A.Madvaliyev
|