Sifat masalasi
- xo’jalik faoliyatini hamma jihatlarini qamrab oladi.
Yuqori sifat
- bu mehnat va moddiy resurslarni tejash eksport imkoniyatlarini
oshirish pirovard natijada esa jamiyat ehtiyojlarini yaxshiroq yanada to’laroq
qondirish demakdir. Mamlakat oldida turgan xilma─xil iqtisodiy va sotsial
vazifalarni muvaffaqiyat bilan hal etish uchun unumdorligini jadal ko’tarishni
iqtisodiy mohiyati shundan iboratki. Xalqaro standartlarda ISO 9000 da
yozilishicha, mahsulot sifati mahsulotlari barcha xususiyat va harakterlarini
majmui sifatida tushunib ular iste’molchilarni ehtiyojlarni qondirish xususiyatlarini
ko’rsatadi. Sifat deganda uni ya'ni mahsulotni ko’rsatadigan xizmatdan kelib
chiqib foydali xususiyatlarining ularning majmuiga aytiladi. Oziq-ovqat
mahsulotlarining sifat ko’rsatkichlarini sinflash mahsulotning sifati deganda uning
sifat ko’rsatkichlarini qiymatlaridan kelib chiqib aytamiz. Mahsulot sifatini sifat
hislatlarini maza, hid, konsistensiya, rangi va tashqi ko’rinishi beradi. Miqdor
deganda esa, bu xususiyatlarning har biri miqdoriy qiymati tushuniladi.
Mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlarini birlamchi, kompleks va umumiy
ko’rsatkichlar guruhiga ajratadi. Oziq-ovqat kompleks ko’rsatkichlariga
organaletik qiymat, energetik qiymat, diologik qiymat iste'moliga tayyorgarlik
kiradi. Energetik qiymatni belgilab beruvchi moddalarga uglerod, yog’lar va
oqsillar kiradi. Biologik qiymatga esa mahsulot tarkibidagi oqsil topilmaydigan
aminokislotalarni sifati va miqdori, ularning hazm bo’lish xususiyatlari
hisoblanadi. Umumiy ko’rsatish deb mahsulotlarning ovqatlik qiymatiga aytiladi.
Masalan, konserva mahsulotlarini kompleks ko’rsatkichlari bo’lib kimyoviy
tarkibning ko’rsatkichi, energetik qiymati, estetik ko’rsatkichi, bezararlik
ko’rsatkichlari hisoblanadi[7,12].
47
Bozor iqtisodiyoti ish boshlay borishi bilan kun tartibiga eng muhim faktor
bo’lib, oziq-ovqat mahsulotlarini raqobatbardoshligi hisoblanadi. Bu hol ichki va
tashqi bozorlarda, inson faoliyatida standartlashtirish muhim ro’l o’ynaydi.
Shunga oid me’yoriy texnik hujjat qilingan. Bu hujjatda quyidagilar qayd qilingan:
1.
Eng
asosiy
mahsulotlari
bo’lib
iste’molchilarni,
ishlab
chiqaruvchilarni davlat manfaatlarini qo’riqlash;
2.
Mahsulotlarning o’zaro almashtira olish;
3.
Fan va texnikaning rivojlanish darajasiga mos xalq xo’jaligi va
aholining ehtiyojlari asosida yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlarni
ishlab chiqarish;
4.
Hamma turdagi resurslarni tejashga mahsulot va korxonani texnik
iqtisodiy darajasini yaxshilashga olib keladi;
5.
Sotsial-iqtisodiy va ilmiy texnikaviy rejalarni amalga oshirish;
6.
Xalq xo’jaligining barcha ob'ektlaridan xavfsizlikni ta'mmnlash;
7.
Davlatimizning mudofa qudratini oshirish va tayyorgarlikni puxta
amalga oshirish.
Standartlashtirish ob'ektlarini asosiy qoidalari quyidagilar hisoblanadi.
Standartga keltirish standartga keltirish ob'ektlari va standartga keltirishning
maqsadi tushuniladi. Shulardan birinchisi standartga keltirish bunda ba'zi hollarda
keltirish o’rniga solish bo’lishi mumkin. Ma'lum sohada aniq mavjud bo’lgan yoki
potensial vaziyatlarga nisbatan hamma tomondan va ko’p marta foydalanish uchun
qoidalarni belgilash vositasida maqbul darajada tartibga solishda va erishishga
qaratilgan faoliyat, standartga keltirishning ob’ekti esa mahsulot yoki uni
yaratishni, ishlab chiqarishni, joriy qilishni ta'minlaydigan qoidalardir. Korxona
standartini tayyorlashda va uni ishlab chiqarishga joriy etishda quyidagi tadbirlar
amalga oshiriladi:
-standartlashtirilgan jarayonni va ob'ektni aniqlash;
-jarayon va ob'ektni yaxshilab o’rganish;
-texnik topshirig’ini tuzish uni korxona rahbarlari muhokamasida o’tkazish;
48
-korxona standartining birinchi loyihasini tayyorlash;
-loyihani u aloqador bo’lgan bo’lim va tashkilotga taqriz va taklif qilish
uchun tarqatish;
-korxona standartining 2-chi redaksiyasini ilmiy-texnika sovetida ko’rib
chiqish va foydalanishga topshirish.
Korxona standartini muhokama qilishda qancha ko’p xodim ishtirok etsa,
standartni qo’llanishda samaradorlikka shunchalik tez erishiladi. Korxona
standartini ishlab chiqarish hamda joriy etish butun ishchilar ishi bo’lib, umumiy
mehnat intizomini mustahkamlaydi, ish unumdorligini va mahsulot sifatini
oshiradi. Natijada sifatsiz mahsulotlar chiqishini oldi olinadi. Har qanday
mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini shakllanishida ularga qo’yiladigan asosiy
talablardan mahsulotlarni tayyorlashda ishlatiladigan uskunalar tayyorlanadigan
xom ashyo mahsulotlarini, normativ texnik hujjatlar tomonidan qo’yiladigan
talablar, ularni ishlashda qo’yiladigan resepturasi qadoqlash tashish mahsulotni
sifat ko’rsatkichlarini mukammallashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Ayniqsa
hozirgi bozor iqtisodiyoti paytida har bir mahsulotni sifat ko’rsatkichiga juda katta
talablar qo’yilmoqda. Shuning uchun hozirgi sharoitda mahsulotlarni bozordagi
harid tomonlari sifat ko’rsatkichlari bilan aniqlanadi. Shuning uchun mahsulotga
talab bozor iqtisodiyotida o’sib boradi. Mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari doim
yuqorilashib boradi. Firmalar orasida raqobatchilik ortib boradi. Ohirgi paytda
mahsulotning sifat ko’rsatkichini aniqlashda, ayniqsa oziq-ovqat mahsulotlarini
o’rganishda kvalimetriya usuli qo’llaniladi. Boshqarishda mahsulotlarni faqat bir
ko’rsatkich bilan ularga baho berish mumkin. Masalan, namatakning tarkibidagi
askarbinni miqdoriga qarab uni sifat ko’rsatkichiga baho beriladi. Agarda tayyor
mahsulotni sifat ko’rsatkichlarini har tomonlama o’rganilganda uning fizik
kimyoviy tomonlari o’rganilsa bu usul kompleks usul deyiladi va bu usul
mahsulotlarni normativ texnik asoslarini tashkil etadi. Demak har qanday
mahsulotlarni ishlab chiqarish u mahsulotlar bazi ko’rsatkichlariga ega bo’lishi
kerak.
Tekshiruvchi
tashkil
otlar
tarafidan
mahsulotlar
tekshirilganda
49
tekshirilayotgan mahsulotlar albatta biznes talabiga javob berishi kerak. Shuning
uchun ishlab chiqarish mashxur bo’lgan injener texnik xodimlar tekshirish uchun
bazi ko’rsatkichlarga ega bo’lgan mahsulotlar taqdim etish kerak.
─Defferensial ko’rsatkich orqali sifat ko’rsatkichlarini aniqlash
formulasi.
─Bazaviy ko’rsatkichlari.
─Mahsulotlarni ko’rsatkichlari.
─Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlari.
Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini tekshirishda ishlatiladigan har xil
usullar texnik mahsulotlarni birlamchi ko’rsatkichi keng holda bo’lsa hamda
o’tkaziladigan tekshirishlar defferensial usullar bilan xulosa qilishi imkoniyati
bo’lmagan taqdirda u holda xar-xil usullar qo’llaniladi. Bu holda mahsulotlarni
tarkibidagi sifat ko’rsatkichlarini aniqlovchi asosiy ko’rsatkichlarga to’liq holda
ta’sir ostiga oladi va bu bilan sifatning plandagi darajasiga erishish imkonini
yaratib beradi. Korxona sifatining metodik prinsiplari sistema standartlarini
muntazam ravishda belgilangan davrda qayta ko’rib chiqishni nazarda tutadi. Bu
paytda sifat sohasidagi, fan va texnikadagi barcha yangiliklarni, ertangi kun
talablariga bo’lgan zaruriyatni hisobga olgan holda ularga o’zgartirishlar kiritiladi.
Mahsulotlarni ishlab chiqarishini rejalashtirish doimo bozor qonunlari asosida
iste’molchilarni talabini o’rganib borishni davlat miqiyosida amalga oshirish
kerak. Ishlab chiqarish tovarlarga iste’molchilarning talabi bo’lmasa bu tovarlarni
yaratish ularni ishlab chiqarishga tadbiq etish yangi tovarlarni sifat
ko’rsatkichlarini yaxshilash to’g’risidagi ilmiy nazorat va ishlab chiqarish
tamoyillarini bir vaqtda amalga oshirish kerak bo’ladi. Hozirda xalqaro mehnat
bozorida resurslar taqsimoti va ko’p rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarish
tovarlarini yuqori sifat ko’rsatkichlariga ega ekanligi bu dunyo miqiyosida texnika
tehnologiyalarni rivojiga yangi-yangi uskunalarni yaratishga ishlab chiqarish
tovarlari raqobatini oshirishga olib bormoqda. Shu borada rivojlangan mamlakatlar
zamonaviy uskunalar bilan o’zlarining ishlab chiqarish korxonalarni yangidan
50
ta'min etilishi shu davlatlarda mahsulotlarni ishlab chiqarish potensiali oshib
borishiga olib kelmoqda. Normativ texnik hujjatlarda GOST mahsulotlarni sifat
ko’rsatkichlarini boshqarish deb ishlab chiqarishda texnika texnologiya bilan
ta'min etilishi. Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlari ishlab chiqarishga kiritishda,
ishlab chiqarish davrida ish uskunalarini ekspalatasiya potensiali ta'min etishdagi
iste’molchilar talabini doimo qondirishda sifat ko’rsatkichdarini boshqarish
ma’lum tomonga yo’naltirish uchun qilinadigan barcha ishlar va ishlab chiqarish
uchun ta'sir etadigan barcha faktorlar mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini
ta'mindashda asosiy omil hisoblanadi. Ishlab chiqarish potensialini boshqarishda
sifatli mahsulotlarni yaratishda 4 ta faktor katta ro’l o’ynaydi:
─Ishlab chiqarish oldingi davr proektlash ya'ni loyihalash davri deyiladi;
─Mahsulotlarni ishlab chiqarish davri;
─Mahsulotlarni yetkazish ya'ni realizasiyalash davri;
─Mahsulotlardan foydalanish ya'ni iste’mol davri.
1-davrda, ishlab chiqarishga kerak bo’lgan mahsulotlarni rejalashtirish davrida
shunga o’xshash mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini yuqori darajaga yetkazish
ta'minlovchi omillarni o’ylab topish lozim.
Bozor iqtisodiyotining asosiy qonuni esa talab va taklif bo’lgani uchun har
bir ishlab chiqarilgan iste’molchilarni qo’ygan talabi katta ahamiyatga ega.
Shuning uchun bozor sharoitida iste’molchilarni talabi davriga nisbatan ishlab
chiqarish korxonalariga doimo yangi taklif beriladi. Shu sababli tovarlarning sifat
ko’rsatkichlari doimo yaxshilanib borishligi va ularni bozor sharoitida
raqobatbardoshligi oshib boradi. Shuning uchun xalq-xo’jaligida yangi turdagi
sigmentlar bunyod etiladi. Ishlab chiqarilayotgan tovarlarning sifatlari yaxshilanib
ularga bo’lgan talab ortadi. Shuning uchun bozor sharoitida ishlab chiqarish
strukturasi bilan iste’molchilar orasida doimo raqobat sodir bo’ladi. Shuning uchun
bozor sharoitida ishlab chiqarishdagi korxonalar mahsulotni ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarni miqdori ishlab chiqarish potensialligi, ya’ni korxonani yuqori
talablarga moyil bo’lgan uskunalarga injener-texnik xodimlar keltirilgan xom-
51
ashyoning sifatiga va ishlab chiqarilgan tovarlar sifat ko’rsatkichlariga ko’p
jihatdan bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |