I.3.
O'zbekiston Respublikasi standartlashtirish va sertifikatsiyalash
axborotlar markazi, uning tovarlarni akreditatsiyalash va sifatini
boshqarishdagi roli
O’zstandart standartlashtirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining milliy
tashkiloti hisoblanadi. O’zstandartning standartlashtirish sohasidagi faoliyatining
asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
a)
O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish davlat tizimining amal qilishi va
takomillashuvini ta'minlash respublika standartlari va texnikaviy shartlarini
mahsulotning raqobatbardorligini ta'minlash maqsadida davlatlararo standartlar
(GOST), xalqaro, regional standartlar va etakshi xorijiy mamlakatlar (firmalar)ning
milliy standartlari bilan uygunlashuvini ta'minlash;
b)
Standartlar va texnikaviy shartlarda mahsulotlar (jarayonlar, xizmatlar)ning
sifatiga oid aholining hayotiga, sog’ligi va mol-mulkiga xavfsizlikni ta'minlashga,
atrof-muhitni muhofaza qilishga, resurslarni tejashga, qo’shhilib va bir-birini
almashtirib ishlashga majburiy talablarni belgilash;
c)
Korxonalar va tashkil otlarda ularning idoraviy bo’ysunishidan va
mulkchilikning shaklidan mustasno holda mahsulot (jarayonlar, xizmatlar)ning
sifatini iste’molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat yo’li
bilan baholash nazorat qilish va kuzatish olib boriladi.
Standartlashtirish metrologiya va sertifikatlashtirish O’zbekiston Respublikasi
davlat axborotlar markazining tarixi 1923 yil 18 apreldan boshlangandir. Shu kuni
Turkiston Respublikasi HKK qaroriga binoan “O’lchovlar va tarozilar to’g’risi”da
22
nizomi tasdiqlandi va Ichki savdo-sotiqni yo’lga qo’yish bo’yicha qo’mita
huzurida o’lchovlar va tarozilar Turkiston byurosi tashkil qilindi. [5,6]
Toshkent shahrida savdo-sotiqda qo’llaniladigan O’lchov asboblari va
tarozilarni tekshirish palatasi tashkil etildi. Uning ta'sir doirasiga butun Turkiston
Respublikasi kirgan edi. 1924 yilda standartlar va o’lchov vositalari ustidan
dastlabki davlat nazorati laboratoriyalari (DNL) tashkil qilindi.
1924 yilda Tekshirish palatasi O’rta Osiyo O’lchov asboblari va tarozilar
palatasiga
aylantirildi.
U
Qirg’iziston,
Tojikiston
va
Turkmaniston
Respublikalarida metrologiya xizmatining to’ng’ichi bo’lgan edi.
1930 yil martida O’zbekiton Xalq Komissarlari Kengashi huzurida
Standartlashtirish bo’yicha qo’mita tashkil etildi. 1931 yilda u O’lchov asboblari
va tarozilar palatasi bilan birlashtirildi. Urushdan keyingi yillarda har bir viloyat
markazida davlat nazorati laboratoriyalari (DNL) tashkil etildi. Ularning ichiga
O’zbekiston Vazirlar Kengashi huzuridagi O’lchov asboblari ishi qo’mitasi vakili
rahbarlik qilgan. 1966 yilda DNL standartlar va o’lchash texnikasi ishini davlat
nazoratidan o’tkazish O’zbekiston Respublikasi laborotoriyasi (O’zSMM)ga
aylantirildi. 1922 yilda O’zSMM O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Standartlashtirish metrologiya va sertifikatlashtirish O’zbekiston davlat
markazi (O’zstandart) qilib qayta tashkil etildi.
MDH qatnashchilari bo’lgan davlatlar hukumatlari boshliqlarining Kengashida
1992 yil 13 martdagi majlisda standartlashtirish metrologiya va sertifikatlashtirish
sohasida kelishilgan siyosatni amalga oshirish to’g’risida qabul qilingan bitimga
binoan (Moskva) standartlashtirish metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida
davlatlararo Kengash tuzildi. Bu Kengash zikr qilingan sohalarda kelishilgan
siyosat yurgizishi to’g’risida o’zaro kelishilgan qarorlar ishlab chiqadi. O’zstandart
to’la huquqli vakil - davlatlararo Kengash a'zosi bo’lib hisoblanadi.
Kengash quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
23
─standartlashtirish metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida davlatlararo
hamkorlik qo’shma faoliyatining turli nufuzli yo’nalishlari va shakllarini ishlab
chiqish va kelishib olish;
─asosiy yo’nalishlarni, ilmiy tadqiqotlarni, ilmiy - texnikaviy dasturlar, rejalar
va loyihalarni ko’rib chiqish va qabul qilish.
1993-yil yanvarida O’zbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya
Federasiyasi
Hukumati
o’rtasida
standartlashtirish
metrologiya
va
sertifikatlashtirish sohasida hamkorlik to’g’risida MDH dagi boshqa mamlakatlar
bilan ham ana shunday bitimlar tuzilgan. 1993 yilda Standartlashtirish bo’yicha
xalqaro
tashkilot
(ISO)ning
qaroriga binoan O’zstandart O’zbekiston
Respublikasining Standartlashtirish bo’yicha milliy idorasi sifatida ana shu
tashkilotning a'zosi etib qabul qilindi.
O’zstandartning
standartlashtirish
metrologiya
va
sertifikatlashtirish
sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik rivojlantirilmoqda. Turkiya standartlari
instituti va HHR ning texnika nazorati bo’yicha Davlat Byurosi bilan bitimlar
imzolangan.
Standartlashtirish metrologiya va sertifikatlashtirish va mahsulot sifatini
tekshirish sohasida tadqiqotlar olib borish va kadrlar tayyorlash O’zbekiston
standartlash metrologiya va sertifikasiya instituti (O’zSMSI) tomonidan olib
boriladi. Metrologiya aniqlik beruvchi fanlar bo’lib, u xalq xo’jaligining barcha
tarmoqlarida va sohalarida juda keng qo’llaniladi. Metrologiya fani fizika, ximiya,
matematika, mexanika, astronomiya, geologiya va boshqa fanlarning o’lchov
birliklarining tashkil etadi.
Standartlashtirish qo’mitasi barcha ishlab chiqarish tashkilotlarini tasdiq
etilgan standartlar bilan taminlash, amaldagi o’lchagich asboblarini nazorat qilish,
mahsulotlarga sertifikat berish ishlarini amalga oshiradi[7].
24
Do'stlaringiz bilan baham: |