Tavarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash fanining mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishidagi ahamiyati



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/39
Sana03.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#314835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflashni mamlakat iqtisodiyotidagi orni

SO`Z BOSHI 

Mustaqillikka  erishganimizdan  so’ng  respublikamizda  qishloq  xo’jaligi 

sohasiga alohida e’tibor berilmoqda.  O’zbekiston endigina mustaqillikka erishgan 

90-yillarning  boshlarida  yosh  respublikamiz  oldida  juda  ko’p  muommolar 

ko’ndalang  turardi.  Eng  muhim  masalalardan  biri  bu  aholini  oziq–ovqat 

mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashdan iborat edi. Eng katta muommo shundan 

iborat  ediki,  sobiq  ittifoqning  bazasiga  aylanib  qolgan  O’zbekistonga  shu 

choqqacha    ko’plab  turdagi  oziq-ovqat  mahsulotlari  boshqa  joylardan  olib 

kelinardi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarining asosiy  turlarini o’zimizda yetishtirish 

va  bu  mahsulotlar  bo’yicha  boshqa  davlatlarga  qaram  bo’lib  qolmaslik  nafaqat 

iqtisodiy, balki siyosiy mustaqillikni ham ta’minlovchi muhim omillardan biri edi 

[1]. 


          Bugungi  kunning  dolzarb  muammosi  bu  2008-yilda  boshlangan  jahon 

moliyaviy  iqtisodiy  inqirozi,  uning  ta'siri  va  sal'biy  oqibatlari,  yuzaga  kelayotgan 

vaziyatdan chiqish yo’llarini izlashdan iborat. 

 

Yuzaga  kelayotgan  vaziyatdan  chiqish  yo’llarini  izlash  mustaqil 



O’zbekistondagi har bir mutasaddi tashkilotlarning, kerak bo’lsa har bir elim deb 

yurtim deb yonib yashayotgan vijdonli insonlarning zimmasiga muhim va sharafli 

vazifalarni  yuklaydi.  Shu  jumladan  qishloq  xo’jaligining  barcha  sohalari 

zimmasida  ham  amalga  oshirilishi  kerak  bo’lgan  muhim  ishlar  o’z  yechimini 

kutmoqda. 

           Vatanimiz  ravnaq  etishi  bilan  xalq  forovonligi  o’sadi,  turmush  tarzi 

yaxshilanib boradi, uning xayotga bo’lgan qiziqishi ortadi. Vatan ravnaqi esa juda 

ko’p sohalarning rivojlanishi bilan bevosita bog’liqdir. 

          Har bir sohalar qatori qishloq xo’jaligi sohasida ham oldinga siljish sezilarli 

bo’lmoqda . Bunung yaqqol misoli sifatida O’zbekisron Respublikasi I.A.Karimov 

tomonidan  2009-yil  “Qishloq  xo’jaligi  va  farovonligi”  yili  deb  e’lon  qilindi.  Bu 

shundan  dalolat  beradiki  ishlab  chiqarishda,  oziq  ovqat  sanoatida,  insonlarning 

turmush tarzida va boshqa bir qator sohalarda qishloq xo’jaligining ahamiyati katta 



 

ekanidan  dalolat  beradi.  Xozirgi  kunda  har  bir  davlat  iqtisodiyotida  qishloq 



xo’jaligi  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Shuni  inobatga  olgan  holda  O’zbekiston 

qishloq  xo’jaligi  bilan  xaqli  sur’atda  faxrlanadi.  Mamlakatimizda  amalga 

oshirilayotgan ijtimoiy iqtisodiy siyosat xalqimizning moddiy farovonligini yanada 

yaxshilash,  aholining  kundan-kunga  o’sib  borayotgan  moddiy  va  ma'naviy 

ehtiyojlarini  qondirishga  qaratilgan.  Bunda  ishlab  chiqarilayotgan  xalq  iste'mol 

mollarining sifatini yaxshilash, ularning turlarini yanada kengaytirish hamda jahon 

bozorida  raqobatbardoshligini  oshirish  alohida  ahamyat  kasb  etadi.Bugun  biz 

tarixiy  bir  davrda  —  xalqimiz  o‘z  oldiga  ezgu  va  ulug‘  maqsadlar  qo‘yib,  tinch-

osoyishta  hayot  kechirayotgan,  avvalambor  o‘z  kuch  va  imkoniyatlariga 

tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishyo‘lida ulkan natijalarni 

qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. 

     Biz o‘z taqdirimizni o‘z qo‘limizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, 

shu  bilanbirga,  taraqqiy  topgan  davlatlar  tajribasini  hisobga  olgan  holda,  mana 

shunday  olijanob  intilishlar  bilan  yashayotganimiz,  xalqimiz  asrlar  davomida 

orziqib  kutgan  ozod,  erkin  va  farovon  hayotni  barpo  etayotganimiz,  bu  yo‘lda 

erishayotgan 

yutuqlarimizni 

xalqaro 


hamjamiyat 

tan 


olgani—bunday 

imkoniyatlarning  barchasini  aynan  mustaqillik  berganini  bugun  hammamiz 

chuqur anglaymiz. 

      Biz  xalqimizning  dunyoda  hech  kimdan  kam  bo‘lmasligi,  farzandlarimizning 

bizdan  ko‘rakuchli,  bilimli,  dono  va  albatta  baxtli  bo‘lib  yashashi  uchun  bor  kuch  va 

imkoniyatlarimizni  safarbar  etayotgan  ekanmiz,  bu  borada  ma’naviy  tarbiya  masalasi, 

hech  shubhasiz,  beqiyos  ahamiyat  kasb  etadi.  Agar  biz  bu  masalada  hushyorlik  va 

sezgirligimizni,  qat’iyat  va  mas’uliyatimizni  yo‘qotsak,  bu  o‘ta  muhim  ishni  o‘z  holiga, 

o‘zi bo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va 

ulardan  oziqlangan  ma’naviyatimizdan,  tarixiy  xotiramizdan  ayrilib,  oxir-oqibatda  o‘zimiz 

intilgan umumbashariy taraqqiyot  yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin[2]. 

Eng  avvalo  bizning  ta`lim  tizimiga  bo`lgan  munosabatimizni  ham  tubdan 

o`zgartirish  kerak.  Ta`lim  islohoti  bizni  demokratik  o`zgarishlar,  yangi  jamiyat 



 

barpo  etish  yo`lidan  dadil  yetaklovchi,  barchamizni  harakatlantiruvchi  ichki  kuch 



bo`lmog`i  zarur.  Ta`lim-tarbiya  tizimini  o`zgartirmasdan  turib,  odamlar  ongini, 

demakki, ularning turmush tarzini ham o`zgartirish mumkin emas.  

         Ta`lim  tizimini  isloh  etish  vazifalari  muvaffaqiyatli  hal  etilsa,  ijtimoiy 

siyosiy  iqlim  keskin  o`zgaradi,  odamlar  onggida  demokratik  qadriyatlar  qaror 

topadi, inson jamiyatdagi o`rnini ongli ravishda o`zi belgilaydi. 

Jamiyatni  yangilash,  erkin  demokratik  davlatni  shakllantirish,  taraqqiyot  va 

ravnaq yo`lidagi barcha sa`y-harakatlarimizni biz aynan mana shu tamoyil asosida 

tashkil  etishimiz kerak[3].



 

O`zbekiston  tuprog`ining  noyob  unumdorligi  uning  muhim  hususiyati 

bo`lib,  bu  hol  respublikani  qudratli  agrosanoat  salohiyatiga  ega  mamlakatga 

aylantirish imkonini berdi. Qulay iqlim sharoitlari, dehqonchilik sug`orish usulida 

olib  borilishi  respublikada  qudratli  qishloq  ho`jalik  resurslari  bazasini  hamda 

qishloq xo`jalik xomashyosini qayta ishlaydigan korxonalarni rivojlantirish uchun  

yaxshi  sharoit yaratdi. 

O`zbekiston  qadimdan  sug`orma  dehqonchilik  mamlakati  bo`lib  kelgan. 

Sug`orma  dehqonchilik oziq-ovqat  sohasida  respublika  mustaqilligining  negizi  va 

asosiy eksport mahsulotining manbaidir.  

Respublika  zamonaviy  texnologiyalardan  foydalangan  holda  ipakchilik 

sanoati  qora  ko`lchilik  mahsulotlarini,  charm  buyumlarini  ishlab  chiqarishni 

kengaytirish uchun katta salohiyatga ega. O`zbekistonning ko`pgina noyob mineral 

hom  ashyo  va  qishloq  ho`jaligi  resusrlariga  jahon  bozorlarida  talab  katta.  Bu  hol 

uni o`zaro ma’nfaatli savdo-iqtisodiy munosabatlar o`rnatish uchun jozibador qilib 

qo`ydi.  Chet  ellik  manfaatdor  sheriklar  ishtirokida  iqtisodiyotning  rivojlangan 

zamonaviy  tuzilmasini  shakllantirish  uchun  amaliy  sharoitlar  yaratadi.  Bunday 

iqtisodiyot  yaqin  yillar  ichidayoq  mamlakatning  barqaror  va  olg`a  rivojlanishini, 

xalqimizning farovonligi yuksak darajaga yetishini ta`minlashi mumkin[4].


Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish