1. Oshishdan xejerlash;
2. Pasayishdan xejerlash.
Oshishdan xejerlash kelgusida korxona iste’mol qiladigan moddiy resurslar narxlarini (yoki valuta kurslarini) oshishi ehtimolidan sug`urtalanishi zarur holatlarda qo`llaniladi. Masalan, resurs bahosi (yoki valuta kursi, qimmatli qog`oz narxi) uch oydan keyin o`sadi deb taxmin qilinmoqda va u korxonaga 3 oydan keyin kerak bo`ladi. Baholarning (kursning) oshishidan ko`riladigan yo`qotishlarni kompensatsiya qilish uchun, resurslarni bugungi kundagi baholarda sotib olish shartnomasini qo`lga kiritish lozim bo`ladi. Agar 3 oydan keyin resursning bahosi oshib ketgan taqdirda ham, fyuchers shartnomasini sotgan subyekt resursni shartnoma sotilgan sanadagi (3 oy oldingi) baholarda yetkazib berish majburiyatini zimmasiga oladi. Shu yo`l bilan oshishdan xejerlashni amalga oshiruvchi xejer o`zini kelgusida baholarni oshishidan ko`rilishi mumkin bo`lgan zarardan sug`urtalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |