Tavakkalchilikni boshqarish


-Mavzu: Korxona tavakkalchiligini boshqarish tizimi va jarayoni



Download 1,79 Mb.
bet6/88
Sana10.06.2022
Hajmi1,79 Mb.
#653097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Bog'liq
УМК таваккалчиликни бошқариш

2-Mavzu: Korxona tavakkalchiligini boshqarish tizimi va jarayoni

Reja

  1. Korxona tavakkalchiligi va xo’jalik yuritish siyosati.

  2. Xavf-xatarini taxlil qilishning umumiy tamoyillari.

  3. Tavakkalchilikni boshqarish jarayoni.

  4. Tavakkalchilikni boshqarish tizimini tashkil etish va rivojlantirish.

5. Tavakkalchilikning xuquqiy asoslari va uning chegaralari.


1. Korxona tavakkalchiligi va xo’jalik yuritish siyosati.

Korxona raxbari va xar bir tadbirkor xo’jalik tavakkalchiligi va xo’jalik yuritish siyosatini bilish kerak. Chunki, mahmuriy va buyruqbozlik davridagi nisbatan erkin sharoitida xo’jalik yuritishda javobgarlik o’lchab bo’lmas darajada yuqori bo’ladi. Bu zarar bilan bog’liq. Shu sababli tadbirkor Prezidentimiz ishlab chiqqan 5 ta tashabbusni xo’jalik yuritish jarayonida oqilona, qo’llay olishi kerak. Tadbirkor xar qanday xo’jalik yuritishda foyda (daromad) olish bilan bir qatorda bo’lishi mumkin bo’lgan ziyonni (zararni) doimo esda tutishi va uni xisob –kitob qilishi zarur.


Tavakkalchilik xar qanday tadbirkorlik va biznes faoliyatining vaziyatga bog’liq bo’lgan tamoni bo’lib, shu faoliyatning oxiri nima bilan tugashi noaniqligini va omad yurishmasa, oqibati yomon bo’lish mumkinligini aks ettiradigan jarayondir.
Xo’jalik tavakkalchiligi foydadan maxrum bo’lish va boshqa sabablarga ko’ra zarar ko’rish singari yomon oqibatlar ro’y berish extimoli bilan ifodalanadi.
Xavf xatardan xoli bo’lish uchun tavakkalchilik darajasi bilan ishchanlik faoliyati o’rtasidagi eng maqbul nisbatni tanlab olish kerak. quyidagi xollarda xavf xatar darajasi ortishi mumkin:

  • To’satdan va kutilmaganida o’rtacha muammo ko’ndalang bo’lib qolganida;

  • Bankning oldinlari orttirgan tajribasiga to’g’ri kelmaydigan yangi vazifalar o’rtacha qo’yilganida;

  • Raxbariyat zarur va shoshilinch choralar ko’ra olmaydigan va bu narsa moliyaviy zarar yetkaza oladigan maxallarda;

  • Bank yoki boshqa tashkilot faoliyatinnng mavjud tartibi yoki qonunlarining nomukkamalligi aniq vaziyatga to’g’ri keladigan chora – tadbirlarni ko’rishga xalal beradigan vaziyatlarda.

Xavf xatarning turlari ko’p, ulardan xoli bo’lish, saqlanishning usullari xam xar xil, quyida ularning bahzilari ustida to’xtalib o’tamiz.
Sug’urta qilishni talab etmaydigan xavf xatarlar
Sug’urta qilishni talab etmaydigan xavf xatarlarning yomon oqibatlarini kamaytirish usullari jadvalda kelitirilgan.

Xavf xatar xili

Sug’urta qilishni talab etamaydigan xavf-xatarlarning yomon oqibatlarini kamaytirish usullari

Tijorat faoliyatiga doir xavf-xatarlar

Moliyaviy faoliyat ko’rsatkichlari nisbatini to’g’ri aniqlang va saqlab boring. O’z biznesingizga qilinadigan investitsiyalarning rentabelligini oshiradigan usullarni izlab toping

Resurslarni noo’rin taqsimlash xavf-xatari

Ishlab chiqarish mo’ljallanayotgan maxsulot miqdoriga qarab resurslarni taqsimlashda ustivor yo’nalishlarni aniq belgilab oling.

Iqtisodiy beqarorlik va talabning o’zgarishi

Bularni doimo oldindan bilib, faoliyatni o’zlashtirishda xisobga olish zarur.

Raqiblarning xatti-xarakatlari

Raqiblar faoliyatini muntazam ravishda taxlil qilib borish yo’li bilan ularning qiladigan xatti-xarakatlarini oldindan ko’rish va o’z qarorlaringizda xisobga olish kerak

Xodimlarning noroziligi

Xizmatchilar uchun mo’ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni ularning talab va istaklarini nazarda tutgan xolda yaxshi o’ylab ko’ring. Psixologik jixatdan qulay sharoit yarating

Moliyaviy xavf-xatar

Moliyaviy mablag’larni moxirlik bilan ishlatib boring, passiv mablag’larni foyda keltiradigan loyixalarga joylang yoki foyda keltiradigan qilib qarzga bering

Menedjerlarni xatolari

Biznesning bosh bo’g’inlarida nazorat va takrorlash tizimini joriy eting

Baxolar, talabning o’zgarishi, foyda miqdorining o’zgarishi

Keyingi faoliyatni o’zlashtirish va olib borish uchun bu omillarni ilmiy asosga tayanib oldindan bilib olish kerak

Noto’g’ri tanlab olingan loyixa xavf-xatari

Loyixani mahqul yoki nomahqul deb topadigan barcha dalil isbotlar va xujjatlarni sinchiklab tekshirib ko’ring, kerak bo’lsa, xamma variantlarni xisoblab chiqish uchun modellash usulidan foydalaning

Sug’urtalash mahqul bo’lgan xavf-xatarlar :



  • Yong’in va boshqa tabiiy ofatlar;

  • Avtomobil xarakatlari;

  • Korxona faoliyatining to’xtab qolish xatari;

  • Korxona xodimlarining ehtiborsizligiga oid xavf-xatarlar;

  • Yukning tashish paytida yo’qolib qolishi yoki unga zarar yetkazish xavfi;

  • Xizmatchilarning insofsizlik qilib korxonaga moddiy va mahnaviy zarar yetkazishni extimoliga qadar aloqador xavf;

  • Butun loyixaning bajarilishiga javobgar xodimlardan biri yoki bir guruxining o’z vazifalarini bajarmasligiga bog’liq xavf-xatarlar;

  • Aql-zakovati va boshqa turdagi faoliyati bilan korxonaning muvaffaqiyatini tahminlab beradigan raxbar, yetakchi xodimning kasallanishiga bog’liq xavf-xatarlar;

  • Xodimning vafot etishi, kasallanishi yoki baxtsiz xodisaga aloqador xavf-xatar;

Tadbirkorlik faoliyatidagi tavakkalchilikda bo’lishi extimol bo’lgan xavf-xatarni ehtiborga olish va buni xo’jalik yuritish siyosati bilan muvofiqlashtirish zarur
Tadbirkor o’z faoliyatida zarar ko’rmasligi uchun bo’lishi mumkin bo’lgan xavf-xatarni oldini olish uchun tavakkalchilikni iqtisodiy asoslarini va uning chegaralarini bilish kerak. Buning uchun tadbirkor iqtisodiy qonunlarni, bo’lishi mumkin bo’lmagan xavf-xatarlarni sabablarini yaxshi o’rganishlari lozim.
Xavf-xatarni kamaytirish va foydalik (daromad) darajasini oshirish yo’llarini tadbirkor aniqlashi kerak. Buni bir qancha usullari bor. Ular quyidagilardan iborat:

  1. Qo’shimcha ishchi kuchiga, bozorning axvoliga va xususiyatlari to’g’risidagi axborotlarga ega bo’lgan va yetarlicha moliyaviy mablag’larga ega bo’lgan korxonalar orasida sheriklar qidirish;

  2. Tor soxalarning qaysi birida xavf-xatar xammadan ko’p bo’lsa, o’sha soxada tashqi maslaxatchi ekspertlar xizmatidan foydalanishi kerak.

  3. Yaxshiliklarni bajonidil qabul qiladigan tayinli istehmolchilar vazifasini yoki doimiy mijozlarni ko’zda tutib ish olib borish;

  4. Xavf-xatarni oldindan bilish, nozik joylarni va xavf-xatar manbalarini aniqlab olish;

  5. O’z-o’zini sug’urta qilish uchun korxona aylanma mablag’larini bir qismi xisobiga rezerv jamg’armasi tuzish;

  6. Biznesni va xodimlarni sug’urta qilish yo’li bilan xavf-xatarni bir qismini boshqa shaxslar yoki korxonalarga o’tkazish;

Quyidagi omillar xavf-xatardan xoli bo’lishga yordam beradi:

  • Milliy valyutadagi qathiy baxolar yoki chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan kursining oldindan belgilanishi;

  • Eksport va import xavf-xatarini o’zaro moslashtirish;

  • O’z milliy banklaridan foydalik shartlar bilan qarz olish;

  • Banklar bilan mahlum muddatga mo’ljallangan maxsus valyutalarga bitimlarni tuzish

Xavf-xatar omillariga quyidagilar kiradi:

  • eksport va import xavf-xatarini o’zaro moslashtirish;

  • o’z milliy banklaridan foydali shartlar bilan qarz olish;

  • banklar bilan mahlum muddatga mo’ljallangan maxsus valyuta bitimlarini tuzish;

Xavf-xatarini omillariga quyidagilar kiradi:
Iqtisodiy omillar – pul qadirsizlanishi, ishsizlik darajasi;
Siyosiy omillar – mamlakatdagi vaziyat, soliq siyosati texnologik o’zgarishlar, xom ashyo bazasi;
Kompaniyalarga tegishli o’ziga xos omillar – ishchilar va boshqaruv xodimlarini tayyorgarlik darajasi.

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish