Tavakkalchilikni boshqarish


Tavakkalchilikni boshqarish nazariyasi



Download 1,79 Mb.
bet3/88
Sana10.06.2022
Hajmi1,79 Mb.
#653097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Bog'liq
УМК таваккалчиликни бошқариш

Tavakkalchilikni boshqarish nazariyasi

XX-asrning so’ngidagi buyuk siyosiy tavakkalchilik «ulkan imperiyani» yemirilishuvini tezlashtirib dunyo xaritasida o’nlab mustaqil davlat paydo bo’lishiga sabab bo’ldi.


«Xavf-xatar» so’zi rus adabiyotida «risk» deb nomlanadi. Aniqrog’i xavf-xatar to’g’ridan-to’g’ri tarjima qilinsa «opasnnostg’» deb aytiladi. Xavf-xatar borligini bila turib qilingan xarakat tavakkalchilik yoki risk deyiladi. Bu yerda tasodifni o’rni juda katta.
Gomerni qaxramoni Odisey bir biriga urilib yopilib ochilib turadigan qoyalar orasidan o’tib ketish uchun tavakkal xarakat qiladi. Ammo bu tavakkalchilik zamirida puxta ishlab chiqilgan xisob-kitob yotadi.
O’zbek adabiyotlarida risk tushunchasi SH.Abdullaevaning «Bank risklari va kreditlash» kitobida, akademik M.SH.SHarifxodjaevning «Menejment asoslari» kitobida uchratishimiz mumkin.
Ana shu risolalarda «risk» so’zi istemolga portugalcha so’zdan olingan bo’lib «suv ostidagi qoya» degan mahnoni bildirar ekan. S.N. Ojogovda «risk» bu «muvaffaqiyatga intilish, baxtli xodisa, umid» degan mahnosini bildiradi. V.T. Sevrukda esa «risk» bu zarar ko’rish yoki manfaatni qo’ldan chiqarish bilan bog’liq extimollar o’lchamidir degan tahrifni beradi.
Professor V.M. Usoskin «Risk doimo noaniqlik bilan kelib, oxirgi o’z navbatdagi oldindan ko’ra bilish qiyin yoki mumkin bo’lmagan voqealar bilan bog’liq bo’ladi» deb izoxlagan.
E. S. Stoyanova «Risk bu o’zlashtirilgan variantga nisbatan daromad olmaslik yoki zarar ko’rish extimolidir» deb tahrif keltirsa, boshqa bir gurux mualliflar risk bu korxona resurslarining bir qismini yo’qotish yoki daromad olmaslik, qo’shimcha xarajatlar qilish xavfidir, deb aytishadi.
Risk albatta zarar bo’lish ehtimolini mahlum bir darajada oldindan ko’rish yoki sezishdir. Bu masala yuzasidan SH.Abdullaevaning fikrlari biz uchun juda qiziq. «Har bir faoliyatni amalga oshirishda ikkilanish yoki xavf xatar bo’lishi mumkin». Lekin ularni risk mazmunida ifoda qilib bo’lmaydi. Xavf-xatar deganda biz oldinadan biron bir salbiylikka yoki zarar, talofatga olib keluvchi jarayon mavjudligini bilamiz va biz qo’rquv xadiksirash bilan shu voqealikka yondashamiz. Bizning fikrmizga, xavf-xatar oldindan mavjud voqelikdir, yahni aksariyat xollarda xavf-xatar birlamchi, risk ikkilamchi. Odatda xavf-xatar mavjudligini bilib turib, uni ijobiy hal qilishga qaror qilib riskni yuzaga keltiradi. Xavf-xatar aksariyat hollarda salbiy natijalarga olib keladi. Xavf-xatar bo’yicha ijobiy natijaga faqat risk qilish orqaligina erishishimiz mumkin. Xavf-xatar kamaytirish yoki umuman yo’q qilish bo’yicha risk qilinmasa, u doimo salbiy natijaga olib keladi va uning natijaviy imkoniyati kengroq bo’lishi mumkin.
Masalan, yong’in - bu xavf-xatar. Yong’in o’chirilmasa, u katta zarar keltiradi. Biz shu yong’inni o’chira olamizmi yoki yo’qmi? Agar o’chira olsak, qanday natijaga erishamiz. SHularni hisob-kitob qilgan holda biz riskka boramiz.
O’zbek tilining izoxli lug’atida «tavakkal» tushunchasi –uzoq mulohaza qilib o’tirmay, «nima bo’lsa bo’lar, yo ostidan, yo ustidan zaylida qilingan xarakat» mahnosida talqin qilinadi. Tavakkalchilik tushunchasi esa tavakkalchi, tavakkal bilan ish qiluvchi mahnosini beradi.
Amerikalik ishbilarmonlarga xos bo’lgan tavakkalchilikni Amerika iqtisodiyotiga chapani muxojirlar bilan olib kelganlar va singdirganlar. Ular o’trok va extiyotkor yerli aholini o’z ishbilarmonlik faoliyatida tavakkalchilik xam qilib majbur etishgan.
Amerikacha tahrifga ko’ra, tavakkalchilik-bu biron ish bilan shug’ullanish oqibatida zarar ko’rib qolishdan qutilib qolish imkoniyati. Albatta, bahzi xavflarni sug’urta kompaniyalari bilan shartnoma tuzish orqali oldini olish mumkin. Biroq, xavfni asosiy og’irligi, yahni:
- menejerning xatosi:
- narx o’zgarishi:
- talabning susayishi:
- noto’g’ri tanlangan loyixa:
- ishchilarning noroziliklari va boshqalar ishbilarmonning yelkasiga tushadi.
Ammo, umuman, Amerika tajribasi ishbilarmonlikning tavakkalchiliksiz mumkin emasligidan guvoxlik beradi. Kimki xech bir tavakkal qilmasa, oxir-oqibatda xonavayron bo’ladi.
Ishbilarmon xali chiqargan maxsulotining bozori yurishishi kafolatiga ega bo’lmasdan ular ustida tadqiqotlar olib borishga, ishlab chiqarishni kengaytirish va yangilarini qurishga tavakkal qilib o’n ming yoki millionlarni sarflaydi. Uning xar bir xarakatida omadsizlik xavfi yashiringan.
Xavflilik omili mablag’ va quvvatlarni tejashning kuchli rag’batlantiruvchisi xisoblanadi. U:
- korxona (firma)ni loyixalar rentabelligini ming bora taxlil etishga.
- xarajatlar bo’yicha hisob-kitobni puxta bilishga.
- quvvatlarni sotib olish va kadrlarni yollashga o’ta jiddiy yondoshishga majbur etadi.
Shunday qilib, tavakkalchilik xar qanday ishlab chiqaruvchi yoki xar qanday bank faoliyatining vaziyatga bog’lik tomoni bo’lib, shu faoliyatning oxiri nima bilan tugashi noaniqligini va omad yurishmasa, oqibatda zarar ko’rishi mumkinligini aks ettiradi.


Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish