2.Ishlab chiqarishda tavakkalchilik asoslari
Biz yuqorida xalq xo’jaligi va tarmoqlar qarorlari bilan uzviy bog’liq bo’lgan riskning iqtisodiy muammolarini qarab chiqdik. Bu tadqiqotlar tashkilot darajasida ishlab chiqarish va tadbirkorlikni rivojlantirish tavakkalchiligi bilan bog’liq yana bir katta muammolar guruhi bilan to’ldirilishi lozim. Bu muammolar doirasida biz oldingiga nisbatan ichki va tashqi bozor bilan bog’liq bo’lgan, tashkilot darajasidagi riskning xususiyatini hamda unga bog’liq ko’plab masalalarni chuqurroq o’rganishimizga to’g’ri keladi.
Ishlab chiqarish darajasidagi risk ikkita katta kategoriyaga ajratiladi:
Kundalik faoliyat sohasi qarorlari bilan bog’liq risk, unga isrofgarchilik, noto’g’ri xatti-harakat va tabiiy ofatlar bilan bog’liq risklar kiradi. Biz bularni yuzaki qarab o’tamiz.
Iqtisodiy taraqqiyot muammolari bilan bog’liq risk, - bu guruhni biz batafsil o’rganamiz.
Kundalik faoliyat sohasi qarorlari bilan bog’liq riskning turlaridan birinchisi oddiy aksiyalarni sug’urtalash bilan bog’liq, yuqotishning ‘aydo bo’lish klassik tavakkalchiligi hisoblanadi.
Real xavf-xatar ortishi bilan o’suvchi riskdagi vaziyatda sug’urta to’lovi, kapital quyilma samaradorligini hisoblashda hisobga olinuvchi omil sifatida namoyon bo’ladi. SHuningdek, uskuna-jihozlarning bekor turib qolganida joriy xarajatlarning ortishi tavakkalchiligi, boy berilgan foyda tavakkalchiligi sug’urtachi tomonidan qoplanmaydi.
Aynan shu ikkinchi ko’rinishdagi risk kundalik faoliyat bilan bog’liq. Ishlab chiqarish vazifalari bilan bog’liq qarorlarni qabul qilishda, doimo 2 jihatni chuqur tahlil qilishga to’g’ri keladi:
Birinchidan, mahlum vaqt oralig’ida ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan mahsulotlar miqdori;
Ikkinchidan, mavjud ishlab chiqarish darajasini saqlab turish uchun rejalashtirilayotgan muddat.
Xuddi shuningdek, yangi zavod qurilishda kapital quyilma o’zini qanday darajada oqlay olishini aniqlash uchun albatta vaziyatning bu ikki tomoni tahlil etilishi lozim.
Yirik ishlab chiqarish maxsus mashina parkida qisqa muddatli ishlab chiqarishi jarayonida kapital quyilmalarni past darajada to’ldiradi, kichik o’lchamli ishlab chiqarish, katta ishlab chiqarish jarayonida.
Maxsus mashina parki misolida yirik ishlab chiqarish. qisqa muddatli jarayonda, katta ishlab chiqarish jarayonidagi kichik o’lchamli ishlab chiqarishga nisbatan kapital quyilmalarni past darajada rag’batlantiradi.
Birinchi holatda, mavjud mashina ‘arkini takomillashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi, bu holat esa ko’proq talabning davomiyligiga mos keladi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish variantlari to’g’risida qarorlar qabul qilishda, ko’p holda bir turdan mahsulotdan ikkinchi tur mahsulotni ishlab chiqarishga tez moslanuvchi jihozlarni o’rnatishga ehtiborni qaratish lozim. Aslida haqiqiy vaziyatda ayrim sanoat tarmoqlarida masalan, og’ir va kimyo sanoati ishlab chiqarishda qisqa muddatli maqsadlarga mo’ljallangan jihozlar yuqori samarali bo’ladi. Aynan shaming uchun ham talab tez o’zgarib turuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga moslashgan sanoat tarmoqlarda, o’zini qisqa muddatda qayta tashkil etishga moslashuvchi tashkilotlar kamroq riskga boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |