Malaka talablari:
Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish xususiyatlariga;
O‘rta maxsus ma’lumotiga ega bo‘lishi;
O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.
Klassifikator bo‘yicha:
№
|
Lavozim nomi
|
MMSK bo‘yicha kod
|
Xodimlar toifasi
|
Ma’lumotining eng past darajasi
|
O‘MKTMTYKM va OTYMK bo‘yicha kodi
|
2131
|
Pasportist
|
4191
|
T
|
O‘rta maxsus ma’lumot
|
3240100
|
SLESAR-SANTEXNIK (MEXANIK)NING LAVOZIM VAZIFALARI:
O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga rioya qilish;
Ventilyasiya, isitish, gaz, ichimlik suvi, kanalizasiya, yong‘in xavfsizligi va qozonxona tizimlarining uzluksiz va sifatli ishlashini tashkil qilish;
Gaz, issiqlik energiyasi, issiq va sovuq suv va boshqalarning iqtisod qilinishi va maqsadli ishlatilishini ta’minlash;
Santexnika ho‘jaligidagi avariyalar va yaroqsiz holatga kelgan vositalarning hisobini yuritish va tahlil qilish;
Bo‘ysunuvchi personal tomonidan harakatdagi qoida va instruksiyalarga rioya qilinishini nazorat qilish;
Universitetning gaz, issiq va sovuq suv, issiqlik energiyasi iste’moli bo‘yicha hisob-kitobini yuritish, universitetning energiya balansini tayyorlash;
Tashqi tashkilotlar bilan gaz, issiq va sovuq suv, issiqlik energiyasi iste’moli bo‘yicha shartnomalar rasmiylashtirish;
Ventilyasiya, isitish, gaz, ichimlik suvi, kanalizasiya, yong‘in xavfsizligi va qozonxona tizimlarining profilaktika ishlari va ta’mirlanishining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi hamda ularning texnik holati ustidan nazoratni amalga oshirish;
Santexnika tizimi va uskunalari ekspluatasiyasi bo‘yicha hamda bo‘ysunuvchi personalning lavozimlar instruksiyasini ishlab chiqish;
Universitetni qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Zarur materiallar va asbob-uskunalar uchun buyurtmalar rasmiylashtirish, omborda saqlanayotgan moddiy-texnik vositalar hisobini yuritish;
Santexnika tizimi va uskunalarini qayta ta’mirlash va modernizasiya qilishni loyihalashtirish tashkilotlariga buyurtma berish va ishlarning bajarilishini nazorat qilish;
Instruksiya va qoidalarning buzilishidan kelib chiqqan qoidabuzarliklarga nisbatan chora ko‘rish uchun kerakli hujjatlarni rahbariyatga taqdim etish;
Santexnika xo‘jaligi ekspluatasiyasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |