Bilishi kerak:
Pedagogik faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTMsi rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, kafedra yillik va istiqbolli rejalarini bilishi;
Malaka talablari:
Pedagogik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega;
Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.
Klassifikator bo‘yicha:
T/r
|
Lavozim nomi
|
MMSK bo‘yicha kod
|
Xodimlar toifasi
|
Ma’lumotining eng past darajasi
|
O‘MKTMTYKM va OTYMK bo‘yicha kodi
|
2261
|
O‘qituvchi, assistent
|
2320
|
M
|
Oliy ma’lumot
|
Bilimlarning qo‘llanish sohasiga ko‘ra
|
STAJYOR-O‘QITUVCHI LAVOZIM VAZIFALARI:
Stajirovka utish jarayonida ilmiy tadqiqot uslublarini egallash, tajriba o‘tkazish texnikasini o‘zlashtirish, uz ixtisosligi bo‘yicha eng yaxshi yutuqlarni o‘rganish;
Stajyor-o‘qituvchi sifatida stajirovka o‘tayotgan kafedraning ilmiy tadqiqot rejalari bo‘yicha ishlarni olib borish;
Kafedraning o‘quv tarbiyaviy, siyosiy va boshqa sohadagi ishlarida aktiv qatnashish;
O‘quv yili davomida OTMsi ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan va yillik ish rejasiga kiritilgan dars soatlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
O‘quv yili davomida o‘zining yillik ish rejasida ko‘rsatilgan davlat granti xamda xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha ishlar ilmiy loyihalarda ishtirok etishni amalga oshirish hamda rejalashtirilgan ilmiy, ilmiy uslubiy maqola va boshqalarni e’lon qilish;
O‘quv yili davomida o‘zining yillik ish rejasida ko‘rsatilgan o‘quv uslubiy xamda yangi pedagogik va axborot texnologiyalari bo‘yicha elektron darsliklarni tayyorlashda kafedraning professor va dosentlari bilan hamkorlik qilish;
O‘quv yili davomida o‘zining ish rejasida keltirilgan ma’naviy- ma’rifiy ishlarni to‘laligicha amalga oshirish, mahalliy hokimiyat va OTMsi tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etish;
OTMsining moddiy texnika bazasini rivojlantirish uchun byudjetdan tashqari mablag‘lar topish, OTMsiga homiylar yordamini jalb etish bo‘yicha kafedraning faoliyatida ishtirok etish;
OTMsi jamoat ishlarida qatnashish va jamoat topshiriqlarini bajarishni o‘z zimmasiga olish;
Ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish;
Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |