Bilishi kerak:
Ish yuritishga oid nizomlar va yo‘riqnomalarni, ichki mehnat tartibi qoidalarini, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi hamda yong’inga qarshi himoya qoidalari va me’yorlarini bilishi.
Malaka talablari:
Kompyuterda ishlashni, yozishni, orfografiya qoidalari va tinish belgilarni, har xil hujjatlarni chop etish vaqtida materialni joylashtirish tartibini, namunaviy shakllardan foydalangan holda ishga oid xatlarni chop etish qoidalarini o‘zlashtirgan bo‘lishi;
O‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi zarur.
Klassifikator bo‘yicha:
№
|
Lavozimlar
nomi
|
MMSK
bo‘yicha
kod
|
Xodimlar
toifasi
|
Ma’lumotining
eng past
darajasi
|
O‘MKTMTYKM
va OTYMK bo‘yicha kodi
|
513
|
Ish
yurituvchi
|
4115
|
T
|
O‘rta maxsus
|
3240100,
3350600,
3330200
|
TYUTOR
O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga rioya qilish;
Talaba yoshlarga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish asosida ularda milliy istiqlol tafakkurini shakllantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, yuksak ahloq, huquqiy bilimlarni, ma’naviy yetuklikni chuqur egallab, qonunlarimiz ustivorligini tan oladigan, mehnatsevar, erkin shaxs sifatida ularni komil inson qilib tarbiyalash;
Talaba yoshlarni boy tarixiy, milliy va diniy an’analarimizga yot bo‘lgan illatlar: terrorizm, diniy aqidaparastlik, narkomaniya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash ruhida tarbiyalash;
Talabalar manfaatini muntazam himoya qilish, ularga yaratilayotgan sharoitlar va ulardan foydalanish imkoniyatlarini yoshlarga yetkazish uchun faol harakat qilish, ularga o‘qish, ilm-fan bilan shug‘ullanish, yashash va dam olish uchun, shuningdek, talabalar uylarida va xususiy xonadonlarda yaratilgan sharoitlarni yaxshilashga harakat qilish;
Talabalar ota-onalari, ular yashayotgan xususiy xonadon egalari va mahalla faollari bilan doimiy aloqada bo‘lish, xususan, chekka viloyatlardan kelib yirik shaharlarda tahsil oladigan talaba-yoshlarga ijtimoiy-psixolik xizmat va yordam ko‘rsatish, rivojlanib borayotgan axborot oqimlari (xususan hurujlari) orasida talabaning maqsadi va manfaatiga to‘g‘ri keladigan ma’lumotlar olish va foydalanishga mutaxassisning hamrohlik qilish;
Talaba yoshlarni sport va sog‘lomlashtirish to‘garaklariga jalb etish, ularni faol yashash va dam olishga o‘rgatish, nogiron va kam ta’minlangan talabalarga alohida homiylik qilish hamda ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash;
Talaba yoshlarda ijodiy fikrlashni shakllantirish, ijtimoiy- gumanitar fanlarga qiziqtirish, ularni tashabbuskor ilmiy faoliyatga yo‘naltirish hamda ularda tadbirkorlik xususiyatlarini takomillashtirish;
Talaba yoshlarda mehnat intizomini mustahkamlash, ularda o‘z-o‘zini boshqarishni rivojlantirish, ularning universitetdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy tadbirlarida faol ishtirokini ta’minlash;
Akademik guruhlarda murabbiy darslari va "Ma’naviyat kunlari"ni dars jadvali asosida o‘tilishini tashkil etish hamda uning samaradorligini ta’minlash;
Talabaning ruhiy, ahloqiy, ma’naviy-ma’rifiy xususiyatlarini va u haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni yorituvchi kundalik hamda murabbiy darsi va ish rejadagi turli xil tadbirlarni qayd qilish jurnalini tutish;
Talabalarga berilayotgan bilim, ta’lim texnologiyalari va o‘quv-uslubiy materiallar sifati yuzasidan nazorat o‘rnatish, ularga axborot-resurs markazi jamg‘armalari va manbalaridan keng hamda unumli foydalanishga ko‘maklashish;
Talabalarning o‘z ustida ishlashini tashkil etish, ularga berilayotgan bilimlarni o‘zlashtirishni nazorat qilish. Talaba haqidagi dekanatga tushayotgan ma’lumot asosida guruh sardori bilan birgalikda o‘qituvchilar bilan suhbatlashish. O‘zlashtirishi past talabaga yordam uyushtirib, a’lochi talabani unga biriktirishi, qo‘shimcha darslar va maslahatlar tashkil etish, fanlar bo‘yicha qarzlarini ma’lum muddatda topshirishini belgilash va uni nazorat qilish, guruhning umumiy fikrini shakllantirish;
Iste’dodli va iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni maqsadli tayyorlash hamda ilmiy to‘garaklar va klublarga jalb etish, turli ilmiy tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar, Respublika olimpiadalari va forumlarida talabalarning ishtirok etishlarini tashkil etish, dekanat bilan birgalikda ularni rag‘batlantirish uchun tavsiyalar berish;
Talabalarning xalqaro grantlar va loyihalarida qatnashishlariga ko‘mak berish va rag‘batlantirish, ilm-fan va tadqiqotlarda faol ishtirok etayotgan talabalarni rektorat va jamoat tashkilotlari tomonidan rag‘batlantirishni tashkil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |