“TATU xabarlari” jurnali mualliflarining ma'lumoti uchun
“TATU xabarlari” jurnali tahririyati mualliflardan
maqolani tayyorlash
jarayonida quyidagi qoidalarga rioya etishni so‘raydi:
1.
Maqola masalaning qo‘yilishi, tadqiqot usuli, olingan natijalar bayoni va
ularning qo‘llanilish sohalari ko‘rsatilishini o‘z ichiga olishi kerak.
2.
Maqola tarkibi: mazmunnoma (annotatsiya) rus, o‘zbek,
ingliz tillarida
(ingliz tilidagi mazmunnoma 250 ta so‘z atrofida bo‘lishi kerak), kirish,
asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati qayd etish tartibi
bilan.
3.
Maqola hajmi, illyustratsiya va manbalar bilan birgalikda 15 betdan
oshmasligi kerak.
4.
Maqola qo‘lyozmasi
va unga tegishli hujjatlar
elektron shaklda
qabul
qilinadi
: maqolaning matni (birinchi va ikkinchi nusxalari), ekspertiza
xulosasi (ish olib borilgan tashkilot rahbariyati tomonidan nashr etishga
ruxsat), mualliflar haqida ma'lumot –
ish joyi, lavozimi, ilmiy daraja va
unvoni, telefon raqami va elektron pochtasi.
5.
Maqola UDK shifri bilan keltirilishi lozim.
Maqola oxirida, maqolada
keltirilgan natijalar, tadqiqotlar qaysi loyihada (grant, shartnoma)
amalga
oshirilganligi keltirilgan bo‘lishi kerak.
6.
Maqolalar rus, o‘zbek va ingliz tillarida nashr etilishi mumkin.
“TATU xabarlari” jurnali rubrikalari
Algoritmlar va dasturiy mahsulotlar
Kommunikatsion tarmoq va tizimlar
Signallar va tasvirlarga
ishlov berish
Axborot xavfsizligi
Qisqa ilmiy ma'lumot
Nashr etishning asosiy qoidalari
Ishda keltirilgan ma'lumotlar uchun maqola muallif(lar)i javobgar.
Tahririyat yuborilgan maqolalarni qaytarmaydi.
Maqolalar taqriz qilinadi.
Agarda
maqola ilmiy qiymatga ega bo‘lmasa, talabga ko‘ra
rasmiylashtirilmagan bo‘lsa tahririyat maqolani qabul qilmaslik huquqiga ega.
Tahririyat
maqolani
nashr
etish
uchun
qabul
qilganligi
haqida
ma'lumotnoma bermaydi.
Rasmiylashtirish qoidalari
Matnli muharriri va formulalar muharriri: Microsoft Word 97-2003
versiyalari.
Maydonlar: tepadan, pastdan - 2sm, chapdan - 3sm, o‘ngdan - 1.5sm, birlik
interval 1sm.
Shrift hajmi 14 Times New Roman standartida.
Formulalar aylanali qavslar bilan raqamlanadi va rasm sifatida saqlanmasligi
kerak.
Jadvalning tartib raqamidan so‘ng nomi bo‘lishi kerak.
Rasmlar raqamlari ketma-ket bo‘lishi kerak, grafik muharririda bajarilishi va
Microsoft Word ga qo‘yilishi kerak.
Rasmlar skanerlangan bo‘lmasligi shart.
Foydalanilgan adabiyotlarga ko‘rsatkichlar
kvadrat qavslar orqali, xalqaro
qoidalar bo‘yicha rasmiylashtiriladi (muallif, nomi, nashriyot, yil, nomer, betlar).
Jurnal tahririyati quyidagi manzilda joylashgan:
100202, O‘zbekiston
Respublikasi, Toshkent shahri,
Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi 108,
TATU, “D” bino, 3-qavat, 305-xona. Telefon: (+998-71)238-65-06, elektron
manzil:
raximov022@gmail.com
Maqolalarni qabul qilish seshanba va juma kunlari 15
00
dan 17
00
gacha.