Registrlar turlari va tasnifi
Tezkor xotiraning yacheykalari bilan birgalikda qisqa vaqtli tezkor ma’lumotlarni registrlarda saqlash ham mumkin. Registrlar protsessor tarkibiga kiradi va dasturlash orqali ularga murojaat o‘rnatilishi mumkin.
Registlarga murojaat xotira yacheykalariga nisbatan tezroq bajariladi, shuning uchun registrlarni ishlatish dastur ishini sezilarli darajada tezlashtiradi.
Intel firmasining protsessorlarida registrlar 2 guruxga bo‘linadi: sistemali va amaliy maqsadga yo‘naltirilgan. Quyida foydalanuvchiga mo‘ljallangan amaliy maqsadga yo‘naltirilgan registrlarni ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |