Tatu kompyuter injinering



Download 12,56 Kb.
Sana25.11.2019
Hajmi12,56 Kb.
#27145
TATU Kompyuter injinering

fakulteti

Multimediayalari texnologiyalari

yo'nalishi 1-kurs talabasi

Anvardinov Jasurbekga

Tavsifnoma

Anvardinov Jasurbek o‘rta maktabni a’lo baholar bilan tugatgach, 2019 - yilda Toshkent axborot texnologiylari universitetining Kompyuter injinering fakulteti Multimedia texnologiyalari yo’nalishiga hujjat topshirdi va test savollaridan yuqori ball to‘plab o‘qishga qabul qilindi.

0‘qishga kirgan dastlabki kunlardan boshlab o‘z qobiliyati bilan boshqa talabalardan ajralib turdi. Jamoat ishlarida faol qatnasha boshladi. Universitet «QVZ» a’zosi sifatida talabalar o‘rtasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlami o‘tkazdi. U matematika fanini yaxshi biladi.«Sonlarni bo’linish qoidalari» mavzusidagi ma’ruzasi Buyuk Britaniyaning Cambridge universiteti rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.

U — yaxshi sportchi. Futbol bo‘yicha bir qancha musobaqalar sovrindori.

Anvardinov Jasurbek o‘z ustida tinmay ishlaydi, a’lochi va iqtidorli talaba sifatida universitet talabalari orasida yaxshi obro'ga ega.

U doimiy ravishda o‘z malakasini, siyosiy-ma’naviy va huquqiy saviyasini oshirish ustida qat’iyat bilan ishlaydi.

J.Anvardinov — kamtarin, to‘g‘ri so‘z, do‘stlarga nisbatan g‘amxo‘r va mehribon.

Tavsifnoma «Yoshlar ittifoqi» jamg'armasi tashkil etgan Buyuk Britaniya Cambridge universitetiga talabalikka yuborish uchun o‘tkazilayotgan tanlov tashkiliy hay’atiga taqdim etildi.

Dekan Jiyanbekov Xurshidjon ________

Kasaba uyushmasi raisi Erkin Muxtorov ________

01.11.2019



Bayonnoma

Toshkent axborot texnologiyalari universtitetining 1- bosqich «217-19» guruhi talabalari yig‘ilishining

3- bayonnomasi

02.11.19 Toshkent shahri

RAIS - JIYANBEKOV XURSHIDJON

KOTIBA - SH.OLIMJONOVAVA

QATNASHDILAR: 25 TALABA

KUN TARTIBI

1. Qishki imtihon sessiyasiga tayyorgarlik va talabalar oldida turgan asosiy vazifalar. Guruh yetakchisi J.Anvardinov axboroti.

2. Konstitutsiya bayramiga tayyorgarlikning borishi to‘g‘risida B.Sharobiddinov axboroti.

1. ESHITILDI: J.Anvardinov qishki imtihon sessiyasiga tayyorgarlik va talabalar oldida turgan galdagi vazifalar to‘g‘risida axborot berdi.

SO‘ZGA CHIQDILAR: A.Yuldashev, M.A’zamov, D.Rustamova.

QAROR QILINDI:

1) qishki imtihon sessiyasi haqidagi J.Anvardinov axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin;

2) talabalaming galdagi vazifalari belgilab berilsin.

2. ESHITILDI: B.Sharobiddinov Konstitutsiya bayramiga tayyorgarlikning borishi to‘g‘risida axborot berdi.

SO‘ZGA CHIQDILAR: J.Saidqulov J.Qayumov, O.Madaminov

QAROR QILINDI:

1) J.Saidqulov Konstitutsiya bayramiga tayyorgarlikning borishi haqidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin;

2) Konstitutsiya bayramiga tayyorgarlik kuchaytirilsin.

Rais ______ JIYANBEKOV XURSHIDJON

Kotib ______ SH.OLIMJONOVAVA



REZYUME

Jasurbek  Anvardinov

Toshkent.sh, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko'chasi 47-uy.

Tel: +998900155707;  sattorovjasur2@gmail.uz

Qisqacha mazmun: 2 yillik tajribaga ega loyiha tuzish va boshqarish mutaxassisi. Ingliz va rus tillarini bilaman.

Ma’lumot:

2019-       Bakalavr, Web-dasturchi. Toshkent axborot texnologiylari universiteti, Amir Temur ko’chasi.www.tuit.uz

 Ish tajribasi:

25.02.2017 – 10.05.2019  Loyiha mutaxassisi, “Yoshlarda ish ko'nikmalarini rivojlantirish loyihasi”. NNT “Faol yoshlar”, Andijon sh., O’zbekiston ko'chasi 1-uy. Tel: 252-01-01

·         Yoshlar uchun 5-kunlik treninglarni tashkil qilganman: trening rejasini tuzish; trenerlarni jalb qilish; joy va kerakli jihozlarini tayyorlash; ishtirokchilarni taklif qilish; trening paytida barcha ishlarni koordinatsiya qilish; trening hisobotini yozish.

·         BMT va “Yoshlar ittifoqi” bilan hamkorlikda o'tkazilgan “Yoshlarni ish bilan ta’minlash muammolari” mavzusi bo'yicha izlanishlarni olib borishda va yakuniy hisobotini yozishda ko'maklashganman.

·         Loyihaning chorak hisobotlarini yozish, loyiha bo'yicha prezentatsiyalar berish.

·         Farg'ona, Namangan va Andijon viloyatlarida mahalliy tadbirlarni tashkil qilishda yordam berish: tarqatma materiallarni tayyorlash; treninglar uchun o'quv zallarini tayyorlash;

·         Tadbirlar va yangi loyihalar uchun yoshlarning ijtimoiy ehtiyojlari to'g'risida axborot yig'ish va kichik izlanishlar olib borish;

·         Uchrashuvlarning hisobotini yozib borish.

 Xorijiy tillar: Ingliz va rus tillarida yozish, o'qish va muloqot qila olish.

 Kompyuter dasturlari: Windows 7; Microsoft Office 2008 (Power Point, Word, Excel); Internet;C++



 Qo'shimcha kurslar: 2016, Toshkent menejment markazi tomonidan tashkil qilingan 4-haftalik “Marketingni o’rganish” ni muvaffaqiyatli tamomlaganman.

 Yutuqlar: 2018-yil “Matematika”fanidan Respublika bosqichda 3-bosqich talabalari ortasida faxriy o’rin sohibiman.
Download 12,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish