1. O`qituvchilar jadvalini hosil qilish
Demak, jadval hosil qilishni boshlaymiz.Buning uchun asosiy oynadan Справочники bo`limi ustida sichqoncha o`ng tugmasini bosamiz, Добавить buyrug`ini tanlaymiz. Quyidagi oyna hosil bo`ladi(2.1.3-rasm):
2.1.3-rasm O`qituvchilar jadvalini hosil qilish
Rasmda ko`rsatilgani kabi birinchi menyudan yaratilgan jadvalga nom beramiz. Подсистемы bo`limidan yaratilgan jadvalni dasturiy ta`minot ishga tushganda hosil bo`ladigan asosiy menyularga bog`lashda foydalanadi(2.1.4-rasm).
2.1.4-rasm. O`qituvchilar jadvalini podsistemaga bo`glash
Иерархия bo`limida jadvalga kiritilayotgan ma`lumotlar shakli qanday tartibda bo`lishi belgilab qo`yiladi. Ierarxiyalar sonini ham nazorati ushibu bo`lim orqali amalga oshiriladi(2.1.5-rasm).
2.1.5-rasm O`qituvchilar jadvalini ierarxiyasini o`zgartirish
2.1.6-rasm. O`qituvchilar jadvalini dannisi
Данные menyusi orqali asosiy ishlar amalga oshiriladi. Ya`ni, jadval to`ldirilishi kerak bo`lgan maydonlar nomi alohida ajratib yoziladi(2.1.6-rasm). Agar ma`lumot yozilishi kerak bo`lgan maydon asosiy oynada aks etishi lozim bo`lsa, Реквизиты bo`limidagi tugmasini bosib yangi hosil qilamiz va nomlaymiz. Agar asosiy oynada aks etishi lozim bo`lmasa, Табличныечасти bo`limidan tugmasini chertamiz. Yangi jadvalosti qism paydo bo`ladi, uni nomlaymiz va aktiv holatga o`tgan tugmani chertamiz.
Bu tugmacha bizga yangi yaratgan jadvalosti qismga bo`limchalar yaratish imkoniyatini beradi.
Формы menyusi orqali yartilgan jadvalimizni formasini hosil qilamiz. Формы menyusi aktiv holatga o`tganda quyidagi oyna hosil bo`ladi(2.1.7-rasm):
2.1.7-rasm. Spravochnikka forma hosil qilish
Jadval ФормаЭлемента sini hosil qilish uchun Элемента qatori to`g`risidagi tugmachasini chertamiz. Ushbu oyna hosil bo`ladi(2.1.8-rasm):
2.1.8-rasm. Spravochnik formasining turlari
tugmasini bosish orqali jadval formasi hosil bo`ladi va hosil bo`lgan forma asosiy oynaga ochiladi.
2.2-§ 1C dasturlash tilida Ma’muriyat xodimlari jadvalini hosil qilish
Документы menyusi orqali yaratilgan jadvallarga tayanib ishlaydigan hujjatlarni yaratamiz. Buning uchun Документы menyusi ustida kursorning o`ng tugmasini chertamiz. tugmasini bosamiz(2.2.1-rasm).
2.2.1-rasm. Yangi справочники hosil qilish
Quyidagi oyna hosil bo`ladi(2.2.2-rasm):
2.2.2-rasm. Yaratilayotgan yangi справочники
Ushbu oynaning birinchi bo`limidan yaratilgan formaga nom beriladi. Подсистемы bo`limi orqali dastur ishga tushganida ko`rinadigan asosiy menyulardan biriga formani bog`lab qo`yamiz. Bu esa foydalanuvchi uchun ancha qulay hisoblanadi(2.2.3-rasm).
2.2.3-rasm. Мамурият ходимлар справочники ni potsistemaga bo`g`lash
Данные bo`limi yordamida esa hujjatda aks etuvchi ustun va qatorlar hosil qilinadi va ularga nom beriladi. Forma yaratishda ham xuddi jadvallarni yaratishda bo`lgani kabi Реквизиты hamda Табличные части bo`limlari mavjuddir. Ushbu bo`limlar orqali ham xuddi jadvallarda yaratganimiz kabi kerakli ustun va qatorlarni yaratib, nomlab qo`yishimiz kerak bo`ladi(2.2.4-rasm).
2.2.4-rasm. Мамурият ходимлар справочники danniysini hosil qilish
Navbatdagi munyuda ya’ni Формы menyusida biz yaratilgan Мамурият ходимлар справочники danniysining formalarini hosil qilamiz:
2.2.6-rasm. Мамурият ходимлар справочники formasini hosil qilish
2.2.6-rasmda Формы menyusi aks ettirilgan. Ushbu menyudan foydalanib yaratilgan hujjatning ФормаCправочники si tayyorlanadi. ФормаCправочники bo`limi hujjatni asosiy dastur ishga tushganda qanday holatda aks etishini ko`rsatadi. Demak, ushbu bo`lim orqali biz tayyorlanayotgan hujjatimizga kiritiladigan asosiy o`zgarishlarni amalga oshirishimiz mumkin. Shuning uchun ФормаCправочники bo`limiga alohida e`tibor qaratish ayni muddaodir.
Bundan tashqari dokumentlarimiz bilan chambarchas ravishda ish olib boradigan yana bir narsa esdan chiqarmagan holda, quyidagi bo`limni ham ish jarayoni bilan tanishib o`tishimiz joizdir. Bu bo`lim Перечисления bo`limi hisoblanadi.Bu bo`lim asosan menyular hosil qilish uchun hizmat qiladi. Hozir biz Перечисления ning qanday hosil qilinishi va ishlash pirinsipilarini ko`rib chiqamiz. Buning uchun Конфигурация menyular bo`limidan Перечисления ustida kursorning o`ng tugmasini bosamiz va bo`limi ustida kursorni chertamiz. Hamda quyidagi oyna hosil bo`ladi(2.2.7-rasm).
2.2.7-rasm. Yangi Перечисления hosil qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |