Italiyada yovvoyi hayvonlar, asosan, togʻlarda uchraydi. Alp va Apennin togʻlarida serna, yovvoyi mushuk, togʻ va oʻrmon suvsari, sassiqkoʻzan, qoʻngʻir ayiq, quyon, tiyin yashaydi. Qushlarning 400 ga yaqin turi, sudraluvchilar bor. Ovlanadigan baliq turi koʻp. Italiyada noyob oʻsimlik, hayvon va geologik obʼyektlarni saqlash uchun qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Milliy bogʻlari: Stelvio, Granparadizo, Abrutsso, Kalabriya, Chircheo va b. – jami maydon 200 ming ga.
Iqlimi Oʻrta dengizga xos subtropik, Padan tekisligida moʻʼtadilroq. Alp toglari shimolidan keladigan so-vuq shamolni toʻsib turadi. Yozi issiq va quruq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi togʻ etaklari va tekisliklarda 20–28°, baʼzan issiq shamol esganda 40–45° ga koʻtariladi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Alp togʻlari etaklari va Padan tekisligida 0°, Apennin yarim orol va orollarda 1 – 12°. Sharqiy Alp va Shimoliy Apennin toglari Italiyaning eng seryogʻin (yiliga 3000 mm) joylaridir. Mamlakat ich-karisida yiliga 600–800 mm, Sitsiliya va Sardiniya orollarida 500 mm yogʻin yogʻadi. Alp togʻlarining Italiya hududidagi qismida 800 dan ortik, muzlik bor.
Tasviriy san’ati
Italiya hududidagi eng qad. yodgorliklar paleolit va neolit davrlariga mansub (Apuliyadagi qoya rasmlari, Liguriya va Emiliyadagi ayollar haykalchalari). Jez davrida (mil. av. 2ming yillikning 2-yarmi) badiiy sopol buyumlar yasaldi. Mil. av. 8– 2-asrlardan etrusklar yodgorliklari maʼlum. Mil. av. 8–6-asrlardan Italiya Kds. Yunon, mil. av. 5-asrdan mil. 5-asrgacha Kdd. Rim madaniyati va sanʼatini shakllantirish markazlaridan biriga aylandi. Oʻrta asrlarda diniy afsonalar asosidagi asarlar paydo boʻldi. Venetsiya va Sitsiliyada Vizantiya sanʼatiga yaqin mozaika rasmlari yaratildi. 12-asr oxiridan boshlab diniy dastgoh rassomligi va diniy ruxdagi manzarali haykaltaroshlik tarqaldi. 13–14-asrlarda Florensiya, Piza, Siyena va b. shaharlar sanʼatida realistik tamoyillar rivoj topa boshladi. 15-asrdan Uygʻonish davri realistik sanʼati taraqqiy etdi. Rassomlar tabiatga, insonga koʻproq murojaat qila boshladilar: Rassom va haykaltaroshlar anatomiya va optikani ilmiy asosda oʻrganib, ajoyib sanʼat namunalarini yaratdilar (Leonardoda Vinchi, Mikelanjelo, Rafael, Jorjone, Titsian va boshqalar). 15–16asrlarda moyboʻyoq rassomligi, gravyura, amaliy bezak (mebel, keramika, zargarlik), teatr dekoratsiyasi sanʼati yuksak pogʻonaga koʻtarildi. 16-asr oxiri va 18-asrda serhasham va dabdabali barokko uslubi (haykal-tarosh L. Bernini, rassomlardan Pyetroda Kortona, L. Jordano) qaror topdi. 16-asr oxirlarida paydo boʻlgan akademizm (aka-uka Kar-rachchi) va manyerizm (haykaltarosh B. Chellini va rassomlar F. Parmijani-no,.A. Bronzino) sanʼati hukmronlik qildi. 18-asr Venetsiya rassomligida (J. B. Tyepolo, A. Kanaletto, F. Gvardi) hayotiy kuzatishlar kuchliligi bilan koʻzga tashlanadigan mazmundor asarlar yaratildi. 18-asr 2-yarmida klassitsizm (A. Ka-nova) va romantizm (F. Ayes, D. Mo-relli) vujudga keldi, keyinchalik maishiy janr va manzara rassomligi rivojlandi. Haykaltarosh V. Vela, rassomlardan J. Fattori, T. Sinorini, S. Lega, J. Segantini va b. mehnatkash xalq hayoti, ozodlik uchun kurash mavzularida ijod qildilar. Ikkinchi jahon urushidan keyin syurrealizm, abstrakt sanʼat avj olib ketdi. Lekin didsizlik va formalizmning bu ashaddiy namunalariga qarshi kurashda realistik sanʼat namoyandalarining ijodi kamol topdi. Haykaltaroshlardan F. Mes-sini, J. Mansu, rassom R. Guttuzo, G. Mukki, K. Levi, K. Meloni va ularning izdoshlari italyan xalqining real his-tuygʻularini, mehnatini, hayotini ifodalovchi asarlar yaratdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |