Tasviriy san’at va qo‘l mehnatiga 0 ‘qitish maxsus



Download 7,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/79
Sana26.11.2022
Hajmi7,47 Mb.
#873162
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79
Bog'liq
tasviriy sant va qol mehnatiga oqitish maxsus metodikasi

Modellashtirish ta’limi
Ayrim maktab hududlarida, butun maktab hududiga xizmat 
ko‘rsatishi uchun, moslashuv san’ati mutaxassislarini yollashadi. 
Ular maxsus ta’lim o‘qituvchilari va san’at mutaxassislarining
51


imkoniyat darajasi cheklangan talabalami o‘qitish mahoratlarini 
oshirish uchun, ular bilan birga ishlaydilar. 0 ‘qitish metodlaridan 
biri o‘qitish modeli hisoblanadi. Moslashuv san’at mutaxassisi 
sinfda, o‘qituvchilar kuzatib turishlari uchun namuna sifatida sinf 
bilan ishlaydi. Moslashuv san’ati mutaxassisi badiiy faoliyat va 
darsni yetkazib berish modellari usullari bilan ta’minlaydi. Bunday 
strategiya san’at o‘qituvchilari yoki maxsus ta’lim o‘qituvchilarini 
alohida talabalar bilan ishlashga imkon beradi. Maxsus ta’lim va 
san’at o‘qituvchi!ari talabalarga ko‘proq sinovlar berish bilan birga, 
ular bilan ishlash imkoniga ega bo‘ladi. Ular butun guruh talablariga 
emas, balki talabalaming yakka tartibdagi talablariga e’tiborlarini 
qaratishi mumkin.
Ta’limning boshqa usuli ta’limning hammuallifi hisoblanadi. 
Birgalikdagi ta’limda, san’at o‘qituvchisi faoliyat olib boradi
moslashuv san’ati o‘qituvchisi esa san’at o‘qituvchisidan namuna 
oladi. Moslashuv san’ati o‘qituvchisi alohida talabalami o‘qitishda, 
san’at o‘qituvchisi bilan keyinchalik strategiyani aniqlab olish 
maqsadida, san’at o‘qituvchisining o‘quv rejalarini qo‘llab turadi. 
Moslashuv san’ati mutaxassisi soddalashtirilgan asboblar zamriyati 
va ular bilan ishlashda qay biri samaradorligini belgilashda, rasm 
chizish, kesish kabi ko‘nikmalar bilan ishlashi mumkin. San’at 
o‘qituvchisi va maxsus ta’lim o‘qituvchisining dars rejasi haqidagi 
ma’lumoti moslashuv san’ati mutaxassisiga ko‘rsatilgan yana bir 
yordami hisoblanadi. Bu rejalar talabalar uchun sinfda soddalash- 
tirilishi mumkin va o‘z ichiga moslashuv texnikasini, moslashuv 
asboblarini yoki ushbu faoliyat uchun moslashuv muhitini olishi 
yoki shu singari vazifalarda umumiy foydalanilishi mumkin.
Ayrim maktab hududlari yoki birlashgan maktab hududlari, 
moslashuv san’ati mutaxassisini hududdagi ko‘pgina kichik maktab- 
lar hududi yoki maktablari bilan bog‘lanib turavchi shaxs yoki 
maslahatchi sifatida yollashadi.3
Rasm chizish, loydan buyumlar yasash va applikatsiya-bu 
tasviriy faoliyat turlari bo‘lib, ulaming asosiy vazifasi-tevarak atrof- 
ni obrazli aks ettirish hisoblanadi. Masalan: yozuvchining she’ri va 
rassomning asari. Tasviriy faoliyat maktab yoshidagi bolalami har
Jj. A. Rubin Bolalar ait terapiyasi 2012. (285-betdan mazmun mohiyati olindi).
52


tomonlama tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Tasviriy faoliyat 
bolalarni ongli tomondan tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi. 
Birorta predmetni chizish yoki yasash uchun albatta u bilan oldin- 
dan tanishish yoki kuzatib chiqish, uni shakli, katta-kichikligini
qismlarning joylanishi, rangini bilish kerak bo‘ladi. Bu jarayonida 
ko‘rish, sezish, qo‘l harakatlari ishtirok etmay qolmaydi. Bolalar 
predmet va hodisalami kuzatish va ko‘rib chiqish jarayonida bolalar 
predmetni katta-kichik guruhlarga bo‘lish, uni shaklini o‘zgartirish, 
rangini turli-tumanligi bilan tasvirlaydilar. Shuningdek, tasviriy 
faoliyat jarayonida bolalar turli xil material (qog‘oz, mel, bo‘yoqlar) 
bilan ulaming o‘ziga xos xususiyatlari, ular bilan ishlash texnikasi 
bilan tanishadilar, bu esa bolalarni aqlan o‘sishiga sabab boMadi. 
Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda fikr yuritish operatsiyalari 
(tahlil, sintez, taqqoslash umumlashtirish) ni rivojlanishga imkon 
beradi, bu o‘z navbatida bolalarni oqilona o'sishiga olib keladi. Bu 
jarayonda bolalaming nutqi rivojlanadi. Sensor tarbiyani amalga 
oshirishda tasviriy faoliyatining ahamiyati katta. Chunki bolalar 
predmetlar bilan uzviy bog‘lanadilar, ulaming o‘ziga xos sifatlari, 
shakli, rangi, katta-kichikligi bilan tanishadilar, ulami farqini, 
o‘xshashligini aniqlaydilar, bu esa boialami sensor tarbiyalashga, 
ko‘rgazmali, obrazli fikr yuritishga imkon beradi. Tasviriy faoliyat 
boialami axloqiy tarbiyalaydi. Chunki, bolalar o‘z ishlarida bizning 
hayotimizda, jamiyatda bo‘layotgan voqea-hodisalami aks ettira- 
dilar, ulardan mamnun bo‘ladilar, hayajonlanadilar.
Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari- 
boshlagan ishini oxiriga yetkazish, oldiga maqsad qo‘yib, o‘shani 
bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklami yengish, o‘rtoqlariga 
yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Jamoa ishini yaratish 
jarayonida bolalarga bir-biriga yordam, kelishib ishlash kabi sifatlari 
tarbiyalanadi. Bolalar, ishni baholash jarayonida, boialami o‘rtoq- 
larining ishga nisbatan real munosabatda bo‘lish to‘g‘ri baholash, 
o‘z ishidan va o‘rtoqlarining ishidan xursand bo‘lish kabi axloqiy 
sifatlar tarbiyalanadi. Tasviriy faoliyat-bu boialami o‘z oldiga 
qo‘ygan maqsadlarini bajarishda tinmay mehnat qilishga undovchi 
faoliyat hisoblanadi. Bolalarda mehnat ko‘nikmalarini o‘stirish, 
tarbiyalash kerak, faqat navbatchilik orqali ba’zi bolalarda emas, 
balki, har bir bolada. Tasviriy faoliyat bolalarga estetik tarbiya
53


berishning asosiy, vositasi hisoblanadi. Har bir predmetning katta- 
kichikligini, rangini, shaklini, fazoda joylashishini ajratish.
Bu estetik sezgini boMaklari hisoblanadi. Bolalarda estetik 
sezgining rivojlanishi-bu rangi, ritmi, proporsiyani chuqurroq sezish 
bilan bog‘liqdir. Bolalar rangni, shaklni, uning xilma-xilligini sezsa, 
yoki aks etsa u shunchalik ranglar aralashmasining xilma-xilligidan 
zavq oladi, bahramand boiadi. Bolalarda estetik sezgining 
rivojlanishi, ularda predmetga va uning ba’zi sifatlariga nisbatan 
estetik baho berishga o‘rganadilar. Ularda tasviriy san’at asarlarini 
tushunishga, ularga nisbatan his-tuyg‘uni, munosabatni tarbiyalaydi. 
Tasviriy faoliyat bolalarda badiiy ijodiy o‘stirishda muhim rol 
egallaydi. Bolaning badiiy ijodiy o‘sishi-bu obrazli fikr yuritish, 
estetik idrok etishni va obraz yaratishda zarur bo‘lgan malaka, 
ko‘nikmalami egallash hisoblanadi. Masalan: tabiatga yoki istirohat 
bog‘iga sayr, kuz faslida ekskursiya uyushtirish. Tarbiyachi 
bolalami predmet yoki tevarak-atrofhi kuzatiishda kelib chiquvchi 
estetik xis-tuyg‘u orqali, tevarak-atrofga, kishilar mehnatiga to‘g‘ri 
baho berish, vatanga nisbatan muhabbat kabi sifatlami tarbiyalash 
mumkin. Bolalami o‘z ishini yana ham chiroyli va yaxshi bajarish, 
boshqalarga yoqadigan, ular ko‘rganda quvonadigan qilib yaratish- 
bu badiiy, axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Maktabga bolalami tayyorlashda tasviriy faoliyat katta 
ahamiyat kasb etadi. rasm, loy, qurish materiallari bo‘yicha bilim, 
malakalarini egallash maktabda tasviriy faoliyat darslari va mehnat 
darslarini muvaffaqiyatli egallashlariga asos bo‘ladi. Ulami o‘quv 
faoliyatiga tayyorlaydi: pedagogni tinglashga, uning ko‘rsatmalarini 
bajarishga o‘rgatadi. Oldiga qo‘yilgan vazifani hal etishda uning 
asosiy va muhim hal etish yo‘llarini izlab topish bu o‘quv faoli- 
yatning asosiy sababchilaridan biridir. Tasviriy faoliyat jarayonida 
o‘z ishini nazorat qilib borish, maktabda vazifalami bajarishda ham 
rol o‘ynaydi. Shuningdek bola tasviriy faoliyat jarayonida 
psixologik jihatdan ham tayyorlanib boradi. Maktabda: qiziqishga 
xohish, yangiliklami bilishga intilish, maqsad sari intilish, tartibli 
holda shug‘ullanish va shu kabilar. Shunday qilib, tasviriy faoliyat 
jarayonida olgan malakalar bolalami maktab hayotiga tezda kirishib 
ketishiga asos boMadi.
54


0 ‘z navbatida boshqa ta’lim-tarbiyaviy ish bo‘lishlarining 
vazifalari bilan chambarchas bog‘liq. Tasviriy faoliyat mashg‘u- 
lotlarini o‘tishda tarbiyachi bolalaming boshqa faoliyatlarida olgan 
bilimlarga tayanadi.
Bolalar tasvirlamoqchi bo‘lgan predmet haqida tasawurga ega 
bo‘lsalar, rasm, loy, applikatsiya ishlarida samarali natijalarga 
erishish mumkin.

Download 7,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish