Tasviriy san’at va muhandistlik grafikasi” kafedrasi 2- bosqich 205- guruh talabasi Mamasodiqova Mohlaroyimning



Download 0,87 Mb.
bet2/9
Sana26.02.2022
Hajmi0,87 Mb.
#468342
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mamasodiqova Mohlaroy Chizmachilik

Qirqim haqida umumiy tushuncha




Qirqimlar haqida umumiy tushuncha. Qirqimlar kesimlar kabi standart talablariga muvofiq bajariladi. Detalning ichki qismini aniqlash maqsadida qirqim deb ataluvchi shartli tasvirlash usuli qoilaniladi. Detalning ichki ko’rinishi murakkabroq, ya'ni bir qancha sirtlardan tashkil topgan bo’lsa, chizmani o’qishni osonlashtirish maqsadida qirqimlar tatbiq qilinadi. Qirqimlar detalning ichki va tashqi qiyofasiga qarab qo’llaniladi.
Qirqim shartli tasvir bo‘lib, unda detaining tekislik bilan kesilgan yuzasi va tekislik orqasida joylashgan, kuzatuvchiga ko'rinadigan qismlari ko‘rsatiladi. Qirqimlar oddiy va murakkab bo‘ladi. Detalning ichki qismini bitta tekislik bilan qirqib ko‘rsatish mumkin bo‘lsa, oddiy qirqim, ikkita va undan ortiq tekisliklar tatbiq qilinadigan bo’lsa, murakkab qirqim deyiladi. 3-rasmda oddiy qirqim ko'rsatilgan. Oddiy qirqimda tekislikning tasvirlovchi qirqim chizig‘i detaining gorizontal simmetriya o ‘q chizig'i orqali o ‘tib, uni teng ikkiga bo'ladi. Bunday holatda kesuvchi tekislik izi ko‘rsatilmaydi. Simmetrik detallaming chizmalarida qirqimm to iiq ko'rsatish shart bo‘lmay, ko‘rinishning yarmini qirqim yarmi bilan qo'shib tasvirlashga yo‘l qo‘yiladi (4-rasm). Detal chizmasida uning qovurg'asi bo‘ylama qirqimga tushgan bo‘lsa, u joy shartli shtrixlanmayai (5-rasml). 6-rasmdagi chizm ada murakkab qirqimni detal ko'rinishlarida tatbiq qilish ko‘rsatilgan bo‘Iib, kesuvchi tekisliklar bitta tekislik deb qaraladi. Shuning uchun qirqimda shtrixlangan yuzaga tekisliklarning singan joyini chiziqlari ko‘rsatilmaydi. 6-shakldagi murakkab qirqimda frontal tekislikka qiya joylashgan tekislik izi — kesim yuzasi fikran frontal tekislik bilan bitta tekislik hosil qilguncha aylantiriladi. Shunda A—A tekislikdagi qirqim yuzasi bitta tekislikda yotgandek tasvirlanadi. Detal simmetrik bo’lib, yarim qirqim bilan yarim ko’rinish chegarasiga uning biror qirrasi to’g’ri kelib qolsa bu qirrali joylar to’qinsimon chiziqlar bilan ajratib ko'rsatiladi.


1-2-3-4-rasmlar

5-6--rasmlar

Qirqimlar. Texnikada ishlatiladigan detallarning ichki tuzilishlari xar hil geometrik shakllaridan tashkil topgan bo'lib, chizmada ular shtrix chiziqlar bilan ko’rsatiladi. Bunday hol chizmalarni o’qishni birmuncha qiyinlashtiradi. Buyumlarni chizmalari bo’yicha mukammal tasavvur qilish va ularning ichki tuzilishlarini aniq qilib ko’rsatish uchun shartli ravishda qabul qilingan «qirqimlar usuli» qo’llanadi. Qirqimlar ham ko’rsatilgan qoidalarga muvofik bajariladi. Qirqim deb, buyumning bitta yoki bir nechta fazoviy tekisliklar bilan fikran kesilishidan xosil bo’lgan tasviriy qismiga aytiladi.


Qirqim qoidasiga ko’ra buyumning maʼlum bir joyidan fikran kesuvchi tekislik o’tkaziladi. Buyumning kuzatuvchi va kesuvchi tekislik orasidagi qismi fikran olib tashlanadi va qolgan qismining o’rnida tegishli asosiy proektsiyalar tekisliklaridan birortasiga yoki chizma maydonining bosh joyiga tasvirlanadi. Аyrim hollarda qirqimlar kerakli yozuvlar bilan ko’rsatiladi. Endi qirqimlarni xosil bo’lish belgilari bilan tanishib chiqamiz. Qirqimlardagi kesuvchi tekisliklar uzuk kesim chizigi bilan ko’rsatiladi, qirqimning bosh va oxirgi kesim chizig’iga perpendikuyar qilib qirqim tasvirining yonalishini ko’rsatuvchi strelka chiziq chiziladi.
Strelka shtrix chizikning ohiridan 2-3 mm masofada o’tkaziladi. Qirqim tekisligi bosmacha harf bilan tasvir tepasiga ikki harf orasiga chizik chiziq, masalan, d ko’rinishida ifodalanadi. Detalning qirqimga (kesimga) tushgan joyi shtrixlab ko’yiladi. Аgar qirqimdagi kesuvchi tekisliklar detalning simmetriya tekisliklari bilan ko’shilib qolsa, yuqoridagi yozuvlar ko’rsatilmaydi, a, b da detalni frontal proektsiyalar tekisligiga parallel bulgan G tekislik bilan kesilishi ko’rsatilgan. G tekislik detalni shartli ravishda А va Y qismlarga bo’ladi. Bunda kuzatuvchiga yaqin bo’lgan V qismi fikran olib tashlanadi, qolgan А qismini bosh ko’rinishga proektsiyalab, tekislikning kesishgan joyi va uning orqasidagi ko’rinib qolgan chiziqlari tasvirlanadi.



Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish