3.Dekorativ va haykaltaroshlik kompozitsiyalarini ishlash metodikasi.
Dekorativ kompozitsiya mashg‘ulotlarida illyustrativ rasm ishlashga alohida e’tibor beriladi va u ertak, hikoya, masal, she’r kabi badiiy asarlar asosida amalga oshiriladi. Bunday mashg‘uIotlaming muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uni to‘g‘ri tashkil etishga bogiiq. Buning uchun avvalo bolalar yoshiga mos, qiziqarli, tarbiyaviy ahamiyatga ega boigan adabiy asar tanlash lozim. Qolaversa, asar mazmunini toüq bolalar ongiga yetkazish, undagi eng qiziqarli joylami topish, asar bilan bogiiq yoki unga yaqin illyustratsiyalami bolalarga namoyish etish, ulami g‘oya, mazmun, kompozitsiya, rang jihatidan tahlil qilish kerak boiadi. Illyustrativ rasm ishlash mashg'ulotlarida o‘qituvchi o‘z e’tiborini bolalar rasmlarini ijodiy xarakterda boiishiga, asardagi personajlami obrazli, o‘zlariga xos xarakterli holatda tasvirlanishiga, ularni va tevarak-atrofdagi boshqa tasviriy detallami o‘zaro aloqadorlikda tasvirlashlariga qaratishi lozim. Shuningdek, ular kompozitsiya qoidalariga rioya qilish, obraz va voqealarga mos ranglar tanlash, rasmda old va orqa ko‘rinishlami e’tibordan qochirmasliklari lozim. Imkoni boricha yaqindagi obraz va narsalami yiriqroq, uzoqdagilami kichikroq qilib tasvirlash lozimligini bolalar ongiga yetkazish va uni o‘z rasmlariga tatbiq qilishlariga yordam berish muhim. Illyustrativ rasm ishlash mashg‘ulotlarlning yana bir muhim xususiyati bolalarda fantaziya, obrazli tasavvurlarni o‘stirishga qaratilganligidir. Bu sifatlarni rivojlantirishga 3-4- sinflarda ko'proq e’tibor beriladi. Illyustrativ rasm ishlash, asosan ertak, hikoya, masal kabi adabiy asarlar bilan bogiiq boiganligi sababli bolalar asardagi hayvonlami odamlar qiyofasida tasvirlashlariga mxsat etiladi. Ular kiyimlar kiygan, odamlar yashay digan uy larda yashayotgan, ular o‘zaro gaplashayotgan va mehnat qilayotgan hollarda tasvirlanishi mumkin. Bu o‘z o'rinda bolalami hayajonlantiradi, ijodiy ishlarini faollashtiradi. Ma’lumki, illyustrativ rasm ishlash mashg‘ulotlari odam, hayvon, qush va boshqa murakkab tuzilishdagi nai-salami tasvirlashga bogiiq. Ularni o‘ziga o‘xsliatib savodli tasvirlash bolalarga maium qiyinchiliklarni tug‘diradi. Shuni hisobga olib bu materiallarga doir ko‘rgazmali qurollami (odam, hayvon, qush tasvirlangan) namoyish etish kerak boiadi. illyustrativ rasm ishlash mavzusiga doir dars ishlanmasi beriladi. Ertaklarga illyustratsiya kompozitsiyasini ishlash. (ür to‘qmoq). Haykaltaroshlik kompozitsiyasi mashg‘ulotIariga boshlangich sinflarda alohida o‘rin ajartilgan. Ularga hayotiy mavzularda, shuningdek, ertak, hikoya, masal mavzulari asos qilib olinadi. Shuningdek, haykaltaroshlik kompozitsiyasi mashg‘ulotlari uchun loydan yasalgan o‘zbek xalq o‘yinchoqlari an’analari asosida mazmunli haykalchalar ishlash mavzulari ham beriladi. Bunday mavzular qatoriga «Tuya va boialoq», «Ikki echki», «Poyga» kabilarni kiritish mumkin. Mazmunli haykalchalar bolalar uchun qiyinlik qilganligi uchun topshiriqlar jamoa boiib bajariladi, bunda kompozitsiyada ishtirok etuvchilar, shuningdek, ijodiy guruhlar soni va har bir o‘quvchining vazifasi belgilanadi. Masalan, «Tuyalar karvoni» mavzusida haykaltaroshlikdan kompozitsiya ishlanadigan boisa, mavzuga doir karvonboshi, 5-6 tuya (yuklari bilan) haykalchalarini ishlash kerak boiadi. Ulaming har birini bittadan o‘quvchiga topshiriladi. Ishlar tayyor boigach, awaldan kelishib olingan kompozitsiya loyihasi bo‘yicha haykalchalar joy-joyiga qo‘yiladi. Bunda karvonning eng oldida ot minib oigan karvonboshi, oxirida yuklangan 5-6 tuya ketma-ket qo‘yiladi va kompozitsiya tayyor boiadi. Haykaltaroshlik kompozitsiyasi mashg'ulotlarida o'qituvchi o‘z e’tiborini quyidagi jihatlarga qaratishi lozim. Bolalar kuchi va qiziqishiga mos mazmun va kompozitsiyani topislis kompozitsiyada ishtirok etuvchi detallami aniqlash, kompozitsiyadagi detallar o‘rtasidagi aloqadorlikka bolalar e’tiborini qaratish, kompozitsiya detallarini to‘g‘ri tasvirlash talab etiladi. Vazifani talablar darajasida bajarilishi uchun o‘qituvchi mavzuga doir illyustrativ materiallami namoyish va tahlil etishi muhim. Shu bilan birga vazifani bajarishga qiynalayotgan o‘quvchilar yoki guruhlarga amaliy yordam ko‘rsatiladi. Haykaltaroshlik kompozitsiyasiga doir dars ishlanma keltiriladi. Darsning mavzusi. «Tuyalar karvoni» mavzusida haykal ishlash. Darsning vazifalari: 0 ‘quvchilarni loydan haykal ishlash malakalarini o‘stirish. Badiiy fikr doirasini kengaytirish. Shakl, o‘lcham, mutanosiblik orqali estetik tarbiyalash. Jamoa tarbiyasini amalga oshirish. Bolalarni badiiy fikrlashga o‘rgatish, ulami ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish. Darsning jihozlanishi. Haykaltaroshlik darslari uchun kerak bo‘ladigan o‘quv qurollar, badiiy ashyolar, dai's mavzusiga aloqador boMgan san’at asarlarining reproduksiyalari. 0 ‘yinchoq tuyalar. Katta 0‘lchamdagi tuya rasmi. Darsning mazmuni. Darsda avvalo o‘qituvchi sahro zonalarining tabiati va iqlimi, hayvon va qushlari haqida to‘xtaladi. 0 ‘quvchilarga buni choMda o‘suvchi o‘simliklardan - saksovul, tikan, sahro jonivorlaridan tuya, echki, ilon kabilar haqida atroflicha so‘zlab beradi va ulaming rasmlarini ko‘rsatadi. Tuyalarning hayoti haqida alohida to'xtaladi. Tuyani sahroning kemasi deb ham ataydilar. Tuyalar juda chidamli hayvon bo‘lib, bir oygacha suv ichmasdan va ovqatlanmasdan yura oladi. Bunday paytlarda ular o‘z o‘rkachlaridagi yog'laridan foydalanadilar. Tuyalar haqida gap borganda, o‘qituvchi bolalar e’tiborini ulaming tuzilishi, shakli, o‘lchamlari, o‘lcham nisbatlariga qaratadi. Buning uchun u katta o‘lchamdagi odam, eshak, tuya tasvirini, shu mavzudagi suratlarning reproduksiyalarini ko‘rsatadi. Ana shu xildagi tushuntirishlardan so‘ng o‘qituvchi tuyalar shaklini loydan ishlashni amaliy tarzda bajarib ko‘rsatadi. Tuya shakli alohida loy bo‘laklaridan ishlanadi. Buning uchun tuyaning tanasi, orqa va old oyoqlari hamda bosh qismlari uchun loy bo‘laklaridan tayyorlab olinadi. Ularga kerakli ko‘rinishlar berilgach, o‘z o‘rinlariga yopishtirib chiqiladi. Odatda tuyalarning o‘rkachlari bitta yoki ikkita bo‘lishi mumkin. 0 ‘quvchilar o‘z xohishlariga ko‘ra ulami bir yoki ikki o‘rkachli qilib ishlaydilar. Tuyaning sirtidagi mayda detallar steklar yoki barmoqlar bilan silliqlab chiqiladi. Bolalar «Tuyalar karvoni» kompozitsiyasini ishlashlari uchun sinfda alohida 3-4 ijodiy guruh tashkil etiladi va ularga guruh boshlig'i tayinlanadi. Bu boshliqlar guruh ishi uchun javob beradilar. Guruh a’2X)lari o‘rtasida vazifalar taqsimlanadi. Har bir kompozitsiya uchun bir karvonboshi, ot, it, 5-10 tagacha yuklar ortilgan tuyalar, tuya ustida o‘tirib ketadigan 2-3 ta odam haykallarini yasash kerak bo‘ladi. Ulaming haykalini yasash guruh a’zolari orasida boiishib olinadi. Har bir bolaga bittadan haykalni yasash tavsiya etiladi. Har bir o‘quvchi o‘z vazifasini bajarib boiganidan so‘ng, har bir guruh a’zosi kompozitsiya ustida ishlaydi. Kompozitsiya uchun taxminan 30-40 sm kattalikdagi fanercha kerak bo‘ladi. Faneming ustiga har bir figura quyidagi tartibda joylashtirib chiqiladi. Karvonning eng oldida it, so'ngra ot mingan karvonboshi, tuyalar tasvirlanadilar. Tuyalaming ba’zilarida odamlar o‘tirib oigan bo‘lishlari mumkin. Karvonboshi kompozitsiyada otni yetaklab ketayotgan holda tasvirlanishi liam mumkin. Mazkur mavzu ikki darsga mo‘jallangan boiib, birinchi darsning ko‘proq qismi o‘qituvchining karvon haqida suhbati, shuningdek, it, tuya, odamlarning shakli, oichami, tuzilishi haqida boiadi. Shu bilan birga topshiriq mazmuni, guruh a’zolarining o‘z vazifalarini belgilab olishlari va kompozitsiya mazmunining o‘zaro kelishib olishlari haqida boiadi. Ikkinchi dars toialigicha o‘quvchilaming mustaqil ishlariga bagishlanadi. Ish yakuni ikkinchi dars oxirida amalga oshiriladi. Bunda ijodiy gurahlar tomonidan tayyorlangan ishlar muhokama etilib, yaxshi ko'rsatkichga erishgan bolalar rag‘batlantiriladi. Dars sinfda bajai'ilgan haykallardan eng xarakterlilarini koi'gazmaga ajratish va tahlil qilish bilan yakunlanadi. Uyga «Tuya va boialoq» mavzusida haykal ishlash vazifa qilib topshiriladi.
Xulosa
Kurs ishini bajarish mobaynida ushbu vazifalar bajardim va quyidagi xulosalarga keldim: Ba'zi tasviriy san'at amaliyotchilarining fikricha, tasviriy san’at faoliyatdagi ilmiy asoslar talabaning ijodiy yo'nalishiga to'sqinlik qilar va salbiy ta'sir ko'rsatar emish. Ularning ta'kidlashicha, agar talaba tasvirlashning ilmiy jihatlari asosida ma'lum vazifani bajarsa, tasvir ham bir xil darajada bo'lar ekan. Ushbu tushuncha noto'g'ri ekanligini quyidagi misolda ko'rsatib o'taylik. Talabalar natyurmort qalamtasvirini boshlang'ich bosqichidan to oxirigacha pedagog nazoratida, uning bevosita ko'rsatmalari orqali bajarsalar ham, vazifa tugal holatga kelganda har bir ish chizish uslubi va emotsional jihatlari bilan bir–biridan keskin farq qiladi.
Ko'p yillik kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, qalamtasvir mashg'ulotlarini o'tishda ayrim pedagoglar qalamtasvirning ilmiy asoslariga, perspektiva qonunlariga, plastik anatomiya va yorug` soyalar nazariyasiga yetarli e'tibor bermaydilar.
Oqibatda talabalar ushbu qonun qoidalardan bexabar qoladilar va amaliy vazifalar puxta bajarilmaydi.Oliy o'quv yurti o'qituvchisining asosiy vazifasi talabalarga mutaxassislik fanlari: rangtasvir, haykaltaroshlik, xalq amaliy san'ati va ayniqsa, qalamtasvir borasida amaliy hamda nazariy bilim berib, umumta'lim maktablari uchun yuqori malakali mutaxassis o'qituvchilar tayyorlashdir.
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan xulosa shuki,talabalarga boshlang'ich kurslardan boshlab qalamtasvir rangtasvir, kompozitsiya, haykaltaroshlik kabi mutaxassislik fanlarining asosi bo'lgan boshlang'ich o'quv qalamtasviri mashg'ulotlari ham amaliy, ham ilmiy–nazariy jihatdan yaxshi o'qitilishi shart.
O'tmish tarixdan aniq ma'lumki, qadimda buyuk rassomlar tasvirlashning ilmiy asoslarini qo'llash natijasida, katta yutuqlarga erishganlar. Florensiya maktabi rassomlari, tasviriy san'atni ilm qatoriga qo`yganlar va natijada, bu yerdan buyuk tasviriy san'at ustalari yetishib chiqqan.
Buyumlarni o'ziga qarab tasvirlash – tasviriy faoliyatning alifbosidir. Bu umumta'lim maktabi boshlang'ich sinflari o'quvchilaridan tortib, to oliy o'quv yurtlari talabalarigacha dasturilamal bo'lishi kerak. Yoshlar narsani o'ziga qarab chizish davomida tabiatdagi voqea–hodisalar, shakllarning konstruktiv tuzilishlarini tasvirlash qonun–qoidalarini o'rganadilar. Bularni talabalarga o'qitishda didaktiv prinsiplarning asosiysi hisoblangan– ilmiylik prinsipi yetakchi o`rin egallashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |