3. TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA 5-7- SINF O’QUVCHILARIGA
INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANIB DARS O’TISH
Sinf: 5-sinf
Mavzu: Xotiradan natyumort chizish
Maqsad: Ta’limiy: O’quvchilarga natyumort chizish bosqichlari haqida tushuncha berish , tasvirlashda yordamchi chiziqlardan foydalanish ga o’rgatish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarda badiiy- estetik didni o’stirish, ular natyumortni chizishda yorug’-soya, kompanovka talablari asosida ishlashni ongiga singdirish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning natyumort ishlash malakasini rivojlantirish.
Tasviriy faoliyat turi: Naturadan qarab tasvir ishlash.
Dars metodi: Og’zaki bayon, klaster metodi, amaliy ish bajarish.
Dars shakli: Suhbat, amaliy mashg’ulot, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi:
O’qituvchi uchun: Rassom ishlaridan namunalar, slaydlar, tarqatmalar, o’quv plakati.
O’quvchi uchun: Qog’oz, qalamlar, akvarel bo’yoq, A4 format.
Darsning borishi
Tashkiliy qism – 3 daqiqa
Otilgan mazuni so’rash - 5 daqiqa
Yangi mavzu bayoni – 10 daqiqa
Amaliy jarayon – 20 daqiqa
Guruhlarda ishlash – 15 daqiqa
Taqdimot – 5 daqiqa
Mustahkamlash – 5 daqiqa
Vazifa – 2 daqiqa
O’quvchilarning uy ishlari tekshiriladi, 5 balli tizimda baholanadi, yaxshi bajarga o’quvchilar ishlari namoyish etiladi, kamchilik qilgan o’quvchilarga ko’rsatmalar beriladi. O’quvchilar guruhlarga bo’linadi.
1-guruh “ Grafika”
2-guruh “ Peyzaj”
3-guruh “ Natyumort”
4-guruh “ Kampozatsiya”
O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savol-javob o’tkaziladi.
1.Natyumort qanday janr?
-Naryumort janrida jonsiz buyumlar tasvirlanadi.
2.Natyumort janr sifatida qachon payda bo’lgan?
-Natyumort janr sifatida 16-17- asrlarda Gollandiyada paydo bo’lgan.
3.Natyumort janrida ijod etgan rassomlarni ayting va uning qaysi kartinalarini bilasiz?
- R. Ahmedov, L. Salimjonova, G’. Abdurahmonova, A. Ikromjonov.
4.Natyumort dastlab qaysi janrlarda aks etgan?
- Natyumort dastlab portret, peyzaj kabi janrlarda aks etgan.
Guruhlar uchun berilgan javoblar tinglanib, rag’batlantiriladi. Javoblari o’qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
O’tilgan mavzu umumlashtiriladi, yangi mavzu sinf taxtasiga yozib qo’yiladi.
O’quvchilarning diqqati jamlanib, yangi mavzu bayon etiladi. Avvalgi darslarimiz orqali sizlarda birmuncha natyumort chizish qonunlari haqid tushunchalar hosil bo’ldi. O’quvchilarga kompanovka, yorug’-soya, hajm, ranglar haqida eslatib o’tiladi. Slaydlar orqali rassomlar z. Inog’omov, L. Salimjonovalarning ntyumortlari namoyish etiladi. O’quvchilar bilan ulardagi kompazitsiya, ranglar, buyumlarning o’zaro bog’liqligi haqida suhbatlashiladi. Natyumort chizish bosqichlari o’quv plakati orqali tushuntirib beriladi. Natyumort chizish uchun qog’ozning o’rtasiga qog’oz ko’lamiga naturadagi buyumlar o’rnini yordamchi chiziqlar bilan belgilab olamiz.
1- navbatda natyumortdagi barcha buyumlarning umumiy balandligi va eni olinadi.
2- bosqichda esa buyumlarning shakli va o’lchamlari aniqlab olinadi.
3- bosqichda kontur chiziqda natyumortdagi barcha buyumlar chizib chiqiladi, yordamchi chiziqlar o’chiriladi va yorug’ va soyalari belgilab qo’yiladi.
4- bosqich bo’yashga o’tiladi. Bo’yash texnikasi haqida savol-javob orqali tushunch berib boriladi.
Amaliy jarayon.
Har bir guruhga xayolan chizish uchun topshiriqlar yozilgan tarqatmalar beriladi.
1-guruh
Mevalardan tuzilgan natyumort chizing.
2-guruh
Ko’za va olma.
3-guruh
Choynak van ok.
4-guruh
Sabzavotlardan tuzilgan natyumort chizish.
Guruhlarning ishlash jarayoni kuzatib boriladi. Ularning jamoa bo’lib ishlashlari ta’kidlab boriladi, o’quvchilarning xato kamchiliklari tog’irlab boriladi. Chizishda qiynalgan o’quvchilarga amaliy yordam beriladi.
Guruhlarning taqdimoti tinglanadi. Ishlari 5 ballik tizimda baholanadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun tes beriladi.
1.Natyumort so’zi qanday ma’noni anglatadi?
A) go’zal buyumlar
B) mevalardan tuzulgan rasm
C) jonli tabiat
D) jonsiz tabiat
2.Natyumort chizishda qog’oz ko’lamida birinchi nima chiziladi?
A) yorug’-soya olinadi
B) natyumort foni
C) buyumlarning balandligi va eni
D) yordamchi chiziqlar olinadi
3. “Baqlajonlar” asari muallifini ko’rsating?
A) O’. Tansiqboyev
B) L. Salimjonova
C) R. Ahmedov
D) Ufimtsev
4. Natyumort orqasi nima deyiladi?
A) drapirovka
B) fon
C) mato
D) bezak
5. Blesk nima?
A) yaltirash
B) shu’la
C) yorug’
D) soya
JAVOBLAR.
1 D, 2 C, 3 D, 4 B, 5 A.
Guruhlarning bajargan testi javoblari tekshiriladi, rag’batlantiriladi, g’olib guruhlar aniqlanadi. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi. Uyga vazifa beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |