219-mashq. Agar bog‘lovchisi bilan boshlanuvchi gaplarni davom
ettiring. Xulosalab, og‘zaki matn tuzing.
1. Agar adolatli inson bo‘lib qolishni istasangiz, ...
2. Agar sizni birov alday boshlasa, ...
3. Agar haqiqat sirini ochishni istasangiz, ...
4. Agar boshqalar gapingizni eshitishni xohlamay qolgan ekan, …
|
220-mashq
|
5
|
13.04.2020
|
Tinish belgilarining ishlatilishi
|
Yozuv madaniyatini takomillashtirish va savodxonlikni ta’minlashda tinish belgilari alohida ahamiyatga ega. Siz bilasizki, tinish belgilari va ularni yozma nutqda to’g‘ri qo‘llash yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgatuvchi tilshunoslik bo‘limi punktuatsiya deb nomlanadi. Tinish belgilari tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini minlashda benihoya zaruriy vositadir.
222-mashq. O‘. Hoshimovning kitob haqidagi fikrlarini o‘qing,
gaplarda tinish belgilarining ishlatilish o‘rinlarini izohlang. O‘zingiz
qanday kitoblarni o‘qigansiz? Ko‘p kitob o‘qish inson nutqiga qanday ta’sir qiladi?
Deylik, konsertga tushdingiz. Sozanda soz chalyapti, xonanda
qo‘shiq aytyapti. Raqqosa raqs tushyapti. Siz tomoshani ko‘zingiz
bilan ko‘rib, qulog‘ingiz bilan tinglab zavqlanasiz. Endi, tasavvur
qiling: siz kitob o‘qiyapsiz. Oq qog‘ozda qora chiziqlar – harflardan
bo‘lak hech narsa yo‘q. Rang ham, ovoz ham, raqqosaning harakatlari ham... Ammo asarni o‘qishga kirishishingiz bilan ko‘z oldingizda rangin manzaralar paydo bo‘ladi. Qulog‘ingiz ostida ajib ohanglar jaranglay boshlaydi. Kitobdagi odamlarning qismatiga sherik bo‘lib, o‘zingiz bilmagan holda beixtiyor larzaga tushasiz... Hech shubhasiz, badiiy adabiyot –dunyodagi sakkizinchi mo’jiza.
|
225-mashq
|
6
|
16.04.2020
|
Nuqta va vergulning ishlatilishi
|
Nuqta o‘zbek tilida, odatda, his-hayajonsiz aytilgan darak, buyruq gaplar, atov gaplardan so‘ng qo‘yiladi.
Vergul uyushiq bo‘laklar, undalmalar, kirish so‘z va birikmalar,
ajratilgan bo‘laklar, tasdiq, ta’kid, inkor va shu kabi ma’nolarni
bildiruvchi ha, yo‘q, rahmat, xo‘sh, qani, xayr, ofarin, salom kabi
so‘zlardan keyin qo‘yiladi. Qo‘shma gaplarni tashkil qilgan sodda
gaplar orasida, ko‘chirma gap bilan muallif gapini ajratishda ham
vergul qo‘llanadi.
228-mashq. Hikmatli so‘zlarni ko‘chiring, nuqta va vergulning
ishlatilish o‘rinlarini izohlang.
1. Haqiqiy inson hamisha ilm va hunar olishga intiladi. Ilm bir daraxt bo‘lsa, odob uning mevasidir. Odobsiz olim mevasiz daraxtdir. (Muhammad Zehniy) 2. Xalq dengizdir, xalq to‘lqindir,
xalq kuchdir... (Cho‘lpon) 3. Ilm ham, ijod ham bahs bilan tirik.
Ma’rifat izlagan inson xato qilishdan cho‘chimaydi. Ma’rifatli inson birovning xatosidan kulmaydi.
|
229-mashq
|
7
|
20.04.2020
|
Undov belgisi va
so‘roqning ishlatilishi
|
So‘roq belgisi so‘roq gaplarning oxiriga qo‘yiladi. Shuningdek, gap yoki matn ichidagi birorta so‘z yoki jumla mujmal, noaniq, tushunarsiz bo‘lsa, undan so‘ng qavs ichiga so‘roq belgisi qo‘yilishi mumkin.
Undov belgisi kuchli his-hayajon bilan aytilgan gaplardan so‘ng
qo‘yiladi. Buyurish, yalinish, istak, xohish va shu kabi ma’nolarni
ifodalovchi gaplarning oxirida ham ishlatiladi. Shuningdek, so‘z
boshida kelib, kuchli his-hayajon bilan aytilgan undalmalar, ha, yo‘q, xo‘p, uzr, mayli, xayr, salom kabi so‘z-gaplar hayajon bilan
aytilganda ham undov belgisidan foydalaniladi. Aytilishi lozim bo‘lgan fikr o‘ta kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ketma-ket uchtagacha undov belgisi qo‘yilishi mumkin.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |