asosdan anglashilgan harakatning bosqichlari (bosh-
lanishi, davom etishi, tugallanishi) va tarzi (tezligi,
imkoniyati)ni bildiruvchi boshlamoq, olmoq, yubormoq,
turmoq, chiqmoq singari fe’llar ko‘makchi fe’llar
hisoblanadi.
ESDA SAQLANG.
Ko‘makchi fe’lni qabul qiluvchi
ravishdosh yetakchi fe’l hisoblanadi. Ko‘makchi fe’l faqat
yetakchi fe’l bilan birgalikda qo‘llanadi. Ana shu xususi-
yati bilan mustaqil qo‘llanuvchi olmoq (xatni olmoq),
tugatmoq (o‘qishni tugatmoq), turmoq (o‘rnidan turmoq),
tashlamoq (qog‘oz tashlamoq) fe’llaridan farq qiladi.
KO‘MAKCHI FE’LLAR
70
174-mashq.
Matnni o‘qing. Ko‘makchi fe’llarni topib, ular bildirgan
ma’nolarni aniqlang. Ko‘makchi fe’llar ishtirokida yangi so‘z
qo‘shilmalarini hosil qiling.
Chor atrofi baland devor bilan o‘ralgan tor joyda uning
aqli yetmaydigan ajoyibotlar to‘lib-toshib yotibdi. Eng qizig‘i,
devor boshida o‘qtin-o‘qtin ko‘rinish beradigan babaq xo‘roz.
U o‘ziga hayratomuz tikilib turgan Oqbo‘yinga boshini u yon-
bu yon burib qarab qo‘yadi-da, qanotlarini tap-tap qoqqa-
nicha, birdan qichqirib qoladiki, sho‘rlik Oqto‘sh qochaman
deb umbaloq oshib tushadi.
Gohida shu ish ustiga uy egasining o‘rtancha o‘g‘li Rasul
kelib qoladi... Rasul uni yerdan ko‘tarib bag‘riga bosadi, silab-
siypaydi. (N. Norqobilov)
175-mashq.
Gaplar tarkibidagi fe’llarni ikki guruhga bo‘lib
ko‘chiring. Birinchi guruhga mustaqil fe’llarni, ikkinchi guruhga
ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalarini kiriting.
1. Men bu yerga qalamcha suqqanimda, «Nimaga boshqalar
bosh qo‘shmaydi?» deb o‘ylamaganman. Ekkim kelgan, ekkan-
man. (N. Norqobilov) 2. Ertasi kun bo‘yi Esonboyni xavotir
aralash kutdim. Daragi bo‘lmadi. Ishdan kelgach, nari-beri
tamaddi qilib, uyiga o‘tib bordim. (X. Sultonov) 3. Savri xola
indamadi. Bitta-bitta qadam bosib, uyi tomon yurib ketdi.
(O‘. Umarbekov) 4. Qo‘qonga nonushta mahalida kirib keldik.
(Abdulla Qahhor)
176-mashq.
Quyidagi fe’llar ishtirokida ko‘makchi fe’lli so‘z
qo‘shilmalari tuzing, ular ishtirokida gaplar hosil qiling va yozing.
Ko‘rmoq, solmoq, qaramoq, qo‘ymoq, kelmoq,
yubormoq, tashlamoq.
177-mashq.
Qo‘ymoq, qirqmoq, gapirmoq, yemoq, ichmoq, chop-
moq, yozmoq fe’llarini yetakchi fe’l qilib, ularga har xil ko‘makchi
fe’llarni qo‘shib ko‘ring, so‘z ma’nosining o‘zgarishiga diqqat qiling.
N a m u n a : qo‘yib yubormoq, qo‘yib qo‘ymoq, qo‘yib turmoq.
1. Ko‘makchi fe’llar deb nimaga aytiladi?
2. Qanday fe’llar yetakchi fe’l sanaladi?
3. Ko‘makchi fe’l qanday shakldagi yetakchi fe’llarga
qo‘shiladi?
71
Do'stlaringiz bilan baham: |