96-mashq.
Gapni ko‘chiring. Undagi mazmun haqida fikrlashing.
Fe’llarni topib, izohlang.
Kishi aslini bilmoqni istasang, uning fe’l-atvoriga nazar
sol, ma’lum bo‘ladi-qoladi. (Yusub Xos Hojib)
1. Fe’l deb nimaga aytiladi?
2. Fe’llar qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
3. Harakat va holatni bildiruvchi fe’llarga misollar kelti-
ring.
97-mashq.
Uyga vazifa. Uy hayvonlarining harakatlarini ifo-
dalovchi fe’llarga misollar toping va ular ishtirokida gaplar tuzing.
1-topshiriq. Daraxtlarning yaproqlari oltinday sarg‘aydi gapidagi
fe’lning harakat yoki holatga oid ekanligini aniqlang. Uni bo‘yamoq
fe’liga solishtiring.
2-topshiriq. Silkinmoq, qimirlamoq, to‘planmoq fe’llarining ha-
rakat yoki holatni ifodalashini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |