Belgining me’yordan biroz oz yoki
ko‘p ekanligini qiyosan ifodalaydigan sifat shakli qiyosiy
daraja shakli deyiladi. Qiyosiy daraja shakli -roq
qo‘shimchasi yordamida yasaladi.
379-mashq.
Gaðlarni o‘qing. Qiyosiy darajadagi sifatlarni aniqlang
va izohlang.
1. Bo‘yi mendan kattarog‘-u, o‘zi sað-sariq. (O‘. Hoshimov)
2. Aftidan, ovozim ham hozirgidan jarangdorroq edi, shekilli,
ko‘ðgina yig‘inlarda she’r o‘qish menga toðshirilar edi. (Òurob
Òo‘la) 3. Bilmadim... oqshommi go‘zalroq, tongmi?!. Bir-biridan
go‘zal, bir-biridan fusunkor. (Oybek) 4. Òilimiz dag‘alroq, lekin
juda boy, rangli, ohori to‘kilmagan ertak, doston va qo‘shiq
ko‘ð. (Mirtemir) 5. Uning nazarida bundan suyumliroq, bundan
ham zavqliroq va shavqliroq ish yo‘q edi. (N. Fozilov)
Do'stlaringiz bilan baham: |