2-t o ð s h i r i q . Berilgan so‘zlarni atoqli va turdosh otlarga ajrating.
Har ikki guruhdagi otlar bildirgan shaxs va o‘rin-joy ma’nosining bir-
biridan farqini ayting.
Jo‘ravoy, tog‘a, xola, Salim, tikanzor, ko‘mirxona, Ter-
miz, Nukus, Zomin.
ESDA TUTING.
Bir turdagi shaxs, narsa, o‘rin-joy,
faoliyat-jarayon nomlarini bildiruvchi otlar turdosh otlar
sanaladi.
300-mashq.
Matnni ko‘ñhiring. Òurdosh otlarni aniqlab, ularga
tavsif bering.
Nurali baxshi bu tomonlarda juda mashhur edi. Òog‘liklarning
biron to‘yi, ma’rakasi, gað-gashtagi usiz o‘tmaydi. Nurali bax-
shi biron sabab bilan qatnasha olmagan to‘ydan odamlar: «Bu
to‘y to‘y bo‘lmadi», deb qaytishar edi.
Nurali baxshi etagi tizzadan yuqori olañha to‘n kiygan,
boshida ko‘k salla, og‘zi to‘la tilla tish. Chað qo‘lida ushlab
kelayotgan do‘mbirasining qoshiga har xil tumorlar, munñhoq-
lar, iðak ðoðuklar taqilgan. (Said Ahmad)
Do'stlaringiz bilan baham: |