ligini bildiradi.
Yubormoq, tashlamoq, qo‘ymoq ko‘makchi fe’llari
harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi.
Chiqmoq ko‘makchi fe’li harakatning to‘la yakun-
langanini bildiradi.
179-mashq.
O‘. Umarbekovning «Hayot qo‘shig‘i» hikoyasidan
olingan quyidagi gaplarni o‘qing. Ketmoq fe’lining ishlatilish o‘rinlariga
va ma’nolariga diqqat qiling.
1. O‘yin-kulgu, askiya yarim kechagacha cho‘zilib ketdi.
2. Mo‘ysafid gullarni shiyponga qo‘yib, mehmonlar bilan
ko‘risha ketdi. 3. Bu nima degan gap o‘zi, juda jim bo‘lib
ketdingiz! 4. Sahnaga ko‘zi tushdi-yu, yuragi orqasiga tortib
ketdi. 5. Do‘simboy ota uyga kirib ketganda hech nimaga tu-
shunolmay o‘tirgan Mirsaid so‘radi: — Hotamjonga nima qil-
gan? 6. Mirsodiq eshikni sekin ochdi-yu, sevinib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |