155-mashq.
Uyga vazifa. «Men yoqtirgan adib» mavzusida matn
tuzing. Unda o‘tgan zamon sifatdoshlaridan foydalaning.
1-t o p s h i r i q . Quyida berilgan sifatdoshlarni tarkibiy qismlarga
ajrating. Sifatdosh shakli qaysi zamonni ifodalashini ayting.
Yurayotgan (mashina), boradigan (joy), o‘qiydigan (ki-
tob), kuylayotgan (bola).
2-t o p s h i r i q . Qaysi vaqtda -(a)yotgan, -ydigan, -adigan shakl-
lari qo‘llanilishini aniqlashga harakat qiling.
3-t o p s h i r i q . Yuqoridagi sifatdoshlarning bo‘lishsiz shaklini
yasang.
BILIB OLING.
Hozirgi zamon sifatdoshi fe’l asosla-
riga -(a)yotgan qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi.
Kelasi zamon sifatdoshi fe’l asoslariga -ydigan,
-adigan, -(a)r qo‘shimchalarini qo‘shish bilan yasaladi.
156-mashq.
Gaplarni ko‘chiring. Sifatdoshlarni topib, yasalishini
tushuntiring.
1. Endigina ko‘tarilib kelayotgan oy sarg‘ish nurlar sochib,
tun qo‘ynida mudrayotgan pastqam uylarning tomlarini, daraxt-
larning yalang‘och novdalarini yoritib turardi. (Õ. Òo‘xtaboyev)
2. Chuqur ariqdan toyimni sug‘orib chiqayotganimda bir to‘da
Do'stlaringiz bilan baham: |