145-mashq.
Uch guruhga bo‘lining. Birinchi guruh -(i)sh, ik-
kinchi guruh -(u)v, uchinchi guruh -moq qo‘shimchalari yordamida
harakat nomlari yasasin va ular ishtirokida gaplar tuzib, ko‘chirsin.
Besh daqiqa ichida eng ko‘p gap tuzgan guruh g‘olib sanaladi.
146-mashq.
Harakat nomlariga qavs ichidagi qo‘shimchalardan
mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring, harakat nomlarini izohlang.
1. Jo‘yakda cho‘zilib, soya-salqinda dam olish... (-ni, -ning,
-ga) nima yetsin? (S. Barnoyev) 2. Aql odamga o‘ylash... (haqida,
uchun, to‘g‘risida) berilgan. (O‘. Hoshimov) 3. Nasiba ertalab
barvaqt kelish sharti bilan dugonasiga ketish... (-dan, -ga, -ni)
ijozat berdi. (O. Yoqubov) 4. Uning bu boqishi.... (-ida, -ining,
-iga) Sobirning bilag‘onligiga qoyil bo‘lish... (-ga, -dan, -qa)
tashqari ajablanish ham bor edi. (Hakim Nazir)
1. Harakat nomi qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
2. Harakat nomlariga egalik va kelishik qo‘shimchalari qay
tarzda qo‘shiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |