4
3-mashq.
Quyida berilgan so‘zlarni ikki guruhga ajratib yozing.
Birinchi guruhga o‘zbek tiliga qarindosh bo‘lgan,
ikkinchi guruhga esa
qarindosh bo‘lmagan tillarni joylashtiring.
Rus, ingliz, qozoq, fransuz, tojik, qirg‘iz, uyg‘ur, qoraqal-
poq, xitoy, tatar, hind, arab, koreys, ukrain.
4-mashq.
Maqollarni ko‘chiring. Ularda ilgari surilgan g‘oya to‘g‘risida
so‘zlab bering.
1. Ovqatni
tuz mazali qiladi, odamni — so‘z. 2. Til — aql
o‘lchovi. 3. Yaxshi so‘z — yurakka malham, yomon so‘z — yurakka
g‘am. 4. Tilingda bo‘lsa boling, kulib turar iqboling.
Do'stlaringiz bilan baham: