Tramvaylar va alohida ajratilgan bo‘lakda harakatlanayotgan bosh qa belgilangan yo‘nalishli transport vositalarining harakatini tartibga soluvchi svetoforlar
Tramvaylarning, shuningdek, belgilangan yo‘nalish li boshqa transport vositalarining harakatlanishini, ular uchun ajratilgan maxsus bo‘lakda tartibga solish uchun "T" harfi ko‘rinishida joylashgan to‘rtta doirasimon oq rangli ishorali svetoforlar qo‘llanilishi mumkin.
Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning o‘zida yonganda, transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisining chapga, o‘ngdagisining o‘ng tomonga burilishiga, o‘rtadagisiga esa, to‘g‘riga yurishga ruxsat beriladi. Agar yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.
Temir yo‘l kesishmalarida o‘rnatilgan doirasimon oq rangli miltillovchi ishora transport vositalarining kesishma orqali harakatlanishiga ruxsat beradi. Temir yo‘l kesishmasi oldida o‘rnatilgan ushbu svetoforning oq miltillovchi ishorasi mohiyati jihatdan oddiy svetoforning yashil ishorasi bilan teng.
Ko‘rinish chegarasida yaqinlashib kelayotgan poyezd, lokomotiv, drezina bo‘lmasa, o‘chirilgan miltillovchi oq va qizil ishoralarda ham harakatlanishga ruxsat beriladi.
Svetoforning yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishoralariga bo‘ysunmaslik, EKOIHning ikki baravari miqdorida jarima belgilanishiga olib keladi.
Tramvay, piyoda va relssiz transport vositalari uchun tartibga soluvchi ishoralarining ahamiyati
Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma’nolarni bildiradi:
qo‘llari yon tomonga uzatilgan yoki tushirilganda, chap va o‘ng yon tomonidan tramvayning to‘g‘riga, relssiz transport vositalarining to‘g‘riga va o‘ngga harakatlanishiga, piyodalarga qatnov qismini kesib o‘tishga ruxsat beriladi. Oldi va orqa tomonidan barcha transport vositalari hamda piyodalarning ham harakatlanishi taqiqlanadi;
o‘ng qo‘li oldinga uzatilganda, chap yonidan tramvayning chapga, relssiz transport vositalarining barcha yo‘nalishlarda, oldi tomonidan esa, barcha transport vositalarining faqat o‘ngga harakatlanishiga ruxsat beriladi. Orqa tomonidan va o‘ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonidan qatnov qismini kesib o‘tishga ruxsat etiladi;
qo‘lini yuqoriga ko‘targanida, transport vositalari va piyodalarning barcha yo‘nalishlarda harakatlanishi taqiqlanadi. Lekin keskin tormoz bermasdan to‘xtashga ulgura olmaydigan transport vositalarining haydovchilariga harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi.
Tartibga soluvchi haydovchi va piyodalarga tushunarli bo‘lgan boshqa ishoralarni ham berishi mumkin. Ishoralar yaxshi ko‘rinishi uchun tartibga soluvchi jezl yoki yorug‘lik qaytaradigan qizil rangli moslamalarni qo‘llashi mumkin.
Yo‘l harakati qatnashchilarining e’tiborini jalb etish uchun hushtak bilan qo‘shimcha ishora berilishi mumkin.
Sariq ishora yonganda yoki tartibga soluvchining qo‘li yuqoriga ko‘tarilganda, yuqorida sanab o‘tilgan joylarda keskin tormoz bermasdan to‘xtashga ulgura olmaydigan transport vositalarini harakatni davom ettirishiga ruxsat etiladi.
Ushbu ishoralar berilganda, qatnov qismida bo‘lgan piyodalar uni bo‘shatishlari, agar buning iloji bo‘lmasa, qarama-qarshi yo‘nalishlardagi
transport oqimlarini ajratuvchi chiziqda to‘xtashlari kerak.
Temir yo‘l kesishmalarida svetoforning miltillovchi qizil ishorasi bilan bir vaqtda, piyodalarning kesishma orqali harakatlanishi taqiqlanganligi to‘g‘risida, qo‘shimcha axborot sifatida tovushli ishora ham berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |