Nazorat savollari
Tasniflash nima va nima uchun ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganishda uni qo‘llash kerak?
Tasniflashning qanday turlari va usullari mavjud?
Faset nima? Ierarxiyaviy tuzilmachi?
Statistik guruhlash deganda nima tushuniladi, u qanday ahamiyatga ega?
Guruhlash qoidalari deganda nimalar tushuniladi?
Tipologik guruhlash nima? Analitik guruhlash-chi, tuzilmaviy guruhlash-chi?
Guruhlash belgisi nima va u qanday tartibda saylab olinadi?
Guruhlar soni qanday aniqlanadi, guruhlar oralig‘i-chi?
Guruhlashning ilmiy qoidalari nimalardan iborat?
Oddiy va murakkab guruhlash nima, bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli-chi?
Ko‘p o‘lchovli guruhlashning qanday usullarini bilasiz?
Birlamchi va ikkilamchi guruhlash nima?
Ikkilamchi guruhlashning qanday usullarini bilasiz?
Guruhlash usulining statistik mazmuni va ahamiyatini kuchaytirish uchun uni qanday yo‘llar bilan takomillashtirish mumkin?
Tasniflash va guruhlash hodisa va jarayonlarni o‘rganish uchun statistik
to‘plamlarni tuzish, ularni chegaralash va statistik axborotlarni yaratishning muhim
qurolidir. Bu usul yordamida statistik kuzatish natijasida to‘plangan besanoq, tarqoq,
tasodifiyot girdobida o‘ralib qolgan, hom boshlang‘ich materiallar asosida ixcham
bir-biri bilan uzviy bog‘langan, ma’lum tartib-qoidalarga, qonuniyatga bo‘ysungan,
tuzilmaviy shakllarga ega to‘plamlar barpo etiladi.
Tasniflar hamma ilmiy va amaliy sohalarda qo‘llanadi. Kimyo, biologiya,
fizika, astronomiya va boshqa tabiiy fanlarda yaratilgan tasniflar olamshumul
kashfiyotlar hisoblanadi, masalan, Mendeleevning davriy elementlar sistemasi,
Linneyning botanika sistemasi, Charlz Darvinning o‘simliklar sistematikasi,
Ulug‘bekning astronomik jadvallari («Zij Kuragoniy») va h.k. shular jumlasidandir.
Statistikada ham ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning tasniflar tizimi
ishlab chiqilgan. Ularni EHM yordamida tuzish uchun xalqaro va milliy
tasniflagichlar yaratilgan.
Tasniflash hodisa va jarayonlarni sifat xossalariga asoslanib, o‘zaro
bog‘lanishda tartiblash bo‘lsa, guruhlash tasniflarni kundalik hayotda tuzish va
ijtimoiy-iqtisodiy tahlil jarayonida qo‘llashdir. Guruhlash ko‘proq miqdoriy
belgilarga tayanadi. Shu bilan birga u guruhlarni tuzish va chegaralash uchun
belgilarni saylab olish va hamda pirovard natijalarini talqin (tahlil qilish) qilishda
o‘rganilayotgan obyektlarning sifat mohiyatini hisobga olishni talab qiladi.
Shunday qilib, guruhlash to‘la qonli statistik usulidir.
Tasniflashning har xil turlari va usullari bo‘lganidek, guruhlashning ham turli
usullari mavjud. Tipologik, analitik va tuzilmaviy guruhlashlar, oddiy va
kombinatsion, bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli, birlamchi va ikkilamchi guruhlashlar
shular jumlasidandir.
Guruhlash usulidan amaliy ishda foydalanayotganda guruhlarni tuzish va ularni
ta’riflovchi birlamchi mutlaq va o‘rtacha ko‘rsatkichlarni hisoblash bilan odatda
chegaralaniladi. Ammo bu holda statistika uslubi ya’ni analitik statistika to‘la
qonlikda qo‘llanildi, deb bo‘lmaydi, chunki u guruhiy ko‘rsatkichlarni va ular
orasidagi bog‘lanishlarni baholashni, ishonchli ekanligini aniqlashni talab qiladi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Shuning uchun guruhlash natijalarini elastiklik va barqarorlik ko‘rsatkichlarini
hisoblash hamda dispersion tahlil bilan to‘ldirish va takomillashtirish kerak. Natijada
guruhlash statistika usuli sifatida boy mazmunga ega bo‘ladi va analitik ahamiyati
kuchayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |