Zanjirsimonlar turkumi vakillarida gavda to‘lig‘icha bo‘g‘imlashgan. Ularning yetilgan bo‘g‘imlardagi bachadoni yopiq holda tuzilgan, embrional taraqqiyoti bachadonda kechadi, tuxumda paydo bo‘lgan lichinka – onkosfera oraliq xo‘jayinlari iste’mol qilmaguncha tuxumdan tashqariga chiqmaydi. ikki xo‘jayin ishtirokida rivojlanadi, oraliq xo‘jayini organizmida pufaksimon lichinka paydo bo‘ladi.
Zanjirsimonlar turkumining tipik vakili qoramol tasmasimon chuvalchangi hisoblanadi. Qoramol tasmasimon chuvalchangi voyaga yetgan davrida odam ingichka ichagida parazitlik qiladi. Gavdasining uzunligi 8-10 mеtrga еtadi. Gavdasi to’g’nog’ich boshchasi kattaligidagi juda kichik boshcha, kalta bo’yin, kеng va uzun bo’g’imli tanaga bo’lingan. Boshida to’garak shaklli to’rtta so’rg’ichi bo’ladi. So’rg’ichlar yordamida parazit o’z xo’jayini ichagi dеvoriga yopishib oladi. Odamlar asosan xom, chala pishirilgan yoki chala qovurilgan finnali mol go‘shtini iste’mol qilganda, bu parazitni o‘zlariga yuqtiradi. Odam organizmiga tushgan sistiserkning po‘sti oshqozon shirasi hamda o‘t suyuqligi ta’sirida eriydi va undan chiqqan lichinka so‘rg‘ichlari yordamida ichak devoriga yopishib rivojlana boshlaydi hamda 2-3 oydan keyin jinsiy voyaga yetadi. Oxirgi yetilgan harakatchan bo‘g‘imlar bittadan uzilib tashqariga chiqadi. Qoramol tasmasimon chuvalchangi odam organizmida 18-20 yil va undan ham ortiqroq yashashi mumkin va har yili 600 mln. gacha, umri davomida esa 1 mlrd. gacha tuxum qo‘yadi.
So‘rg‘ichlari o‘rtasida rudiment ko‘rinishdagi xartumi bo‘lib, unda xitinli ilmoqchalar bo‘lmaydi. Shuning uchun ham qoramol tasmasimoni qurollanmagan tasmasimon deyiladi.
Jinsiy organlari sistemasi taxminan 200-bo‘g‘imdan paydo bo‘la-boshlaydi. Germafrodit bo‘g‘imlarida avval erkaklik, so‘ngra urg‘ochilik jinsiy a’zolari yetiladi. Urug‘donlar soni har bir proglottidda 1000 ga yaqin, bir dona tuxumdoni esa ikki bo‘lakli. Gavdasining oxiridagi yetuk bo‘g‘imlarda bachadon shoxlangan va asosiy bachadon o‘qidan yon tomonlariga 18-35 tadan o‘simtalar o‘sib chiqadi. Gavdasining boshchasidan kеyingi, bo’g’imlarga bo’linmagan qismi bo’yincha dеyiladi. Bo’yinchadan kеyingi uzun tana qismi 1000 ga yaqin bo’g’imlardan iborat. O’sish davrida bo’yin doim yangi bo’g’im hosil qilib turadi. Eski bo’g’imlar esa tananing orqa tomoniga qarab surilavеradi. Tanasi qalin kutikula bilan qoplangan. Kutikula parazitni xo’jayini ichagida ishlab chiqariladigan hazm shirasi ta'siridan himoya qiladi. Qoramol tasmasimon chuvalchangining hazm qilish organlari rivojlanmagan. Parazit xo’jayini ichagi bo’shlig’ida so’riladigan oziqni tanasining yuzasi orqali so’rib oladi.
Qoramol tasmasimon chuvalchangining odam ichagidagi rivojlanish siklini rus olimlari J.K. Shtrom va F.F. Tolizin tomonidan chuqur o‘rganilgan. Bu olimlar o‘z hayotlarini xavf ostida qoldirib, qoramol tasmasimoni tuxumini yutib, uning rivojlanishini va organizmga ko‘rsatadigan ta’sirini o‘zlarida tajriba o‘tkazib sinab ko‘rishgan. Ularning olib borgan tajribalariga ko‘ra xo‘jayin ichagidan har kuni parazitning 10-11 ta yetilgan bo‘g‘imlari alohida-alohida tashqariga chiqadi. Bitta bo‘g‘imda 145-175 mingtagacha tuxum bo‘ladi. Qoramol tasmasimonining yetuk proglottidalari odam ekskrementi orqali tashqi muhitga chiqib, turli mexanik va fizik ta’sirlar natijasida yorilib, ichida 6 ilmoqli lichinkasi (onkosfera) bor tuxum atrof-muhitga tarqaladi. Voyaga yetgan parazit bir kecha-kunduzda odam organizmidan tashqi muhitga 300 mingdan 5 mln. tagacha tuxum chiqaradi.
Qoramollar yem-xashak, suv va ba’zan odamning najasini iste’mol qilishi orqali parazit tuxumini o‘ziga yuqtiradi. Mollar oshqozonida shiralar ta’sirida parazit tuxumining po‘sti erib ketadi va undan chiqqan lichinka-onkosfera ilmoqchalari yordamida me’da yoki ichak devorlarini teshib qon tomiriga o‘tadi. U qon bilan organizmga tarqaladi va skelet muskullari, yurak, ko‘z, bosh miya va boshqa organlarda o‘rnashib rivojlanadi. Ma’lum vaqtdan, ya’ni 4-6 oydan keyin no‘xat kattaligidagi pufaksimon shaklga aylanadi. Bu davr finna, u keltiradigan kasallik esa finnoz deyiladi.
Umuman, qoramol tasmasimonining jinsiy voyaga yetgan davri teniarinxus (Taentarynchus saginatus), keltirib chiqaradigan kasalligi esa teniarinxoz deyiladi. Lichinkalik davrida (Cysticercus bovis) hosil qiladigan kasallik esa sistiserkoz deb ataladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, teniarinxoz bilan asosan odamlar, sistiserkoz bilan esa qoramollar kasallanadi.
Teniarinxoz yer yuzida keng tarqalgan. Ayniqsa, Afrika, Janubiy Amerika, Avstraliya va Osiyoning ayrim mamlakatlarida odamlar bu kasallik biian ko‘proq kasallanadi. MDHda teniarinxoz Kavkaz ortida, O‘rta Osiyo respublikalarida, Qozog‘istonda, Rossiyaning shimoliy viloyatlarida ko‘proq uchraydi. O‘zbekistonda bu kasallik, asosan Xorazm viloyati aholisi o‘rtasida tez-tez uchrab turadi (13%). Buning asosiy sababi mahalliy aholi o‘rtasida milliy taom mol go‘shti qiymasidan tayyorlangan «ijjan»ning (piyoz va garmdori qo‘shilgan xom qiyma mol go‘shtining) keng iste’mol qilinishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |