Tashqi savdo siyosatining mohiyati va ahamiyati



Download 0,86 Mb.
bet1/11
Sana07.09.2021
Hajmi0,86 Mb.
#167283
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tashqi savdo siyosati
1.FUTBOL O‘YINI HAMDA MASHQLAR TEXNIKASINI, O'z .T-11-1, O'z .T-11-1, Kirish, Kurs iwi Transport 2021, 1Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanidan test savoll, Презентация Microsoft PowerPoint, Innovatsion foliyatning tashkiliy shakillari, 1. Anketa (talabalar)Madina, Samandar gulmirzayev 1, 1503754504 66484, Mitoxondrial genom, Boysun tuman 1, 2-амалий топширик

Reja:

Kirish


  1. Tashqi savdo siyosatining mohiyati va ahamiyati

  2. O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo siyosatining o`ziga xos xususiyatlari

  3. Tashqi savdo siyosatining muvofiqlashtirish yo‘llari

  4. O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdosining holati o‘sish suratlari

  5. O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo siyosatining takomillashtirish yo‘nalishlari

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati



Kirish

Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi kunda davlatlar o‘rtasidagi xalqaro savdoning rivojlanishi, ishlab chiqarish integratsiyalashuvining kengayishi va takomillashuvi tashqi iqtisodiy faoliyatning yanada erkinlashuviga sabab bo‘lmoqda.

Bugungi bozor islohotlari munosabatlarining yangi strategiyasi asosiy yo‘nalishlaridan biri — tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishni muvofiqlashtirish hisoblanadi. Bu munosabatlar bozor munosabatlari shakllanishi sharoitida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samarasi, mamlakat ichki va tashqi iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan jihatlarni, shu jumladan, tashqi iqtisodiy muvozanatni ta’minlash, eksport va import munosabatlarda ilg‘or siljishlarni rag‘batlantirish, xorijiy kapital oqimini kuchaytirishga yo‘naltirilgan vakolatli davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan qonunchilik, ijroiya va nazorat qilish yo‘nalishidagi chora-tadbirlar tizimini yaratishni o‘z ichiga oladi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni oqilona tartibga solish davlat iqti­sodiy rivojlanish strategiyasining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Bu esa o‘z navbatida, mamlakatning o‘ziga xos ichki va tashqi sharoitlarini inobatga olgan holda, jahon bozorining salbiy o‘zgarishlaridan himoya qiluvchi, unda egallangan mavqeni saqlab qolish va kengaytirishni ta’minlovchi maqbul darajadagi protektsionizm va erkin savdo siyosati qo‘llanilishini taqozo etadi. O‘tish davri iqtisodiyotini boshidan kechirayotgan mamlakat tashqi iqti­sodiy aloqalarini kengaytirish uchun o‘zini erkin bozor girdobiga tashlab qo‘ya olmaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, bozor munosabatlarining asosiy tamoyillari amalda bo‘lishi davlat tomonidan, mamlakat iqti­sodiy havfsizligini ta’minlash va umummilliy manfaatlami himoya qilish, tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF)ni tartibga solish maqsadida amalga oshiriladi. TIFni tartibga solish bo‘yicha davlat organlarining faoliyati deyarli barcha mamlakatlarda amalga oshirila­di. Lekin bu faoliyatning ko‘lami, shakllari va usullari, aniq maqsad va vazifalari har bir mamlakatning hududiy jihatdan katta-kichikligidan, jahon xo‘jaligida tutgan o‘rni, tashqi va ichki siyosatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

O’zbekiston tashqi siyosati uchun yaqin kelajakdagi ustuvor yo’nalishlar Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan “O’zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risi”dagi farmon yuzasidan berilgan ilovada sanab o’tilgan.

Milliy qonunchilik bazasiga kiritilgan bu hujjatda O’zbekiston uchun Markaziy Osiyo asosiy ustuvor yo’nalish ekanligi yana bir bor ta’kidlanadi. Unda mintaqada davlat chegaralarini aniqlashtirish ishlari yakunlanishiga, suvdan foydalanish muammosi hal etilishiga, mintaqa xalqlari o’rtasida turli darajadagi aloqalar kengayishiga umid bildirilgan. Yaqin kelajakda Qozog’iston bilan o’zaro savdo aylanmasi 5 milliardga, Tojikiston bilan 1 milliardga, Qirg’iziston va Turkmaniston bilan 500 million dollarga ko’tarilishi kutilmoqda.

Rossiya bilan munosabatlarga ham katta urg'u berilgan. Iqtisodiy aloqalar, transport, qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti, harbiy texnik hamkorlik, mehnat muhojirlariga doir imzolangan bitim amaliyoti hamda o’zaro hamkorlik aloqalariga oid boshqa muhim yo’nalishlarga e'tibor qaratilgan.1

Eksport bojlari bozor munosabatlari tabiatiga zid deb sanaladi, xalqaro va mintaqaviy ittifoqlar va kelishuvlar ulardan xalqaro savdoda foydalanishni tavsiya etmaydi. O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan olib kirilayotgan tovarlar turlari xilma-xil va doimo o‘zgarib turadi. Yoki belgilanishiga, yoki iste’mol xususiyatlari va sifatiga ko‘ra o‘xshash tovarlar yurtimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan tayyorlanyapti. Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi savdoga asoslanadi, chunki bunday faoliyat tufayli mamlakatlar o‘z ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiyoti bilan, ichki bozorning tashqi bozor bilan o‘zaro hamkorligi uchun sifat jihatidan yangi negizlarni shakllantiradigan tub bozor o‘zgarishlarini amalga oshirish obektiv ravishda tashqi iqtisodiy omilni kuchaytirishni taqozo etmoqda.

Bularning hammasi O‘zbekistonning yangi tashqi iqtisodiy siyosatini va ro‘yobga chiqarish mexanizmini ishlab chikishni talab etdi.


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
covid vaccination
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti